Ma’ruza № Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi


Reaksiyalarni amalga oshirish shart - sharoitlari


Download 26.54 Kb.
bet2/8
Sana08.11.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1756790
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma’ruza № Mavzu Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. S-fayllar.org

Reaksiyalarni amalga oshirish shart - sharoitlari.
Biror analitik reaksiyani o‘tkazishda shu reaksiyaga sharoit yaratilishi zarur, aks holda reaksiya natijasi shubhali bo‘lib qolishi mumkin.
Reaksiyalarni amalga oshirishning eng muhim shart-sharoitlaridan biri shu reaksiyalar uchun zarur muhit bo‘lib, uni kerak bo‘lgan taqdirda kislota yoki ishqor qo‘shib vujudga keltirish lozim.
Ikkinchi bir muhim sharoit eritmaning haroratidir. haroratning ko‘tarilishi bilan eruvchanligi ortib ketadigan cho‘kmalarni issiq holdagi eritmalardan hosil qilish yaramaydi, bunday reaksiyalarni “sovuqda”, ya’ni uy haroratida, ba’zan esa eritmani sovutib turib o‘tkazish kerak. Ba’zi reaksiyalar esa faqat qizdirilgandagina boradi.
Reaksiya borishining muhim shart - sharoitlaridan yana biri, eritmada topiladigan ionning konsentratsiyasi etarli darajada katta bo‘lishidir; uning konsentratsiyasi juda oz bo‘lsa, reaksiya chiqmay qoladi. Bordi-yu, moda juda qiyin eriydigan bo‘lsa, topiladigan ionning konsentratsiyasi nihoyatda oz bo‘lgan taqdirda ham u cho‘kmaga tushadi, bunday reaksiyalar SEZILUVCHAN reaksiyalar deb ataladi.
Reaksiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog‘langan ikkita ko‘rsatkich - topilish minimum va suyultirish chegarasi bilan xarakterlanadi. Topilish minimumi (t) modda yoki ionning reaksiyaga muayyan shart - sharoitlarda o‘tkazilganida topilishi mumkin bo‘lgan eng kam miqdoridir. Bu miqdor juda kichik bo‘lganidan uni odatda mikrogrammlar bilan (mkg) belgilanadi:
1 mkg q 0,000001 g q 10 -6 g.
Topilish minimumi reaksiyaning seziluvchanligini to‘liq ifoda eta olmaydi, chunki, eritmada tegishli modda yoki ionning faqat absolyut miqdorigina emas, balki, konsentratsiyasi ham ahamiyatga ega. SHuning uchun odatda moddaning (ionning) hali shu reaksiya yordamida topilishi mumkin bo‘lgan eng kam konsentratsiyasini ifodalovchi suyultirish CHEGARASI ham ko‘rsatiladi. U ba’zan MINIMAL konsentratsiya deb ham ataladi. U 1 : S bilan ifodalanadi, bunda S - erituvchining topiladigan modda yoki ionning 1 og‘irlik qismiga to‘g‘ri keladigan og‘irlik miqdori.
Reaksiyalarning seziluvchanligi bilan birga ularning O‘ZIGA XOSligi ham juda katta ahamiyatga ega.
Bir ion boshqa ionlar bilan aralashganda ham uni tajriba sharoitida topishga imkon beradigan reaksiya o‘sha ion uchun xos (spetsifik) reaksiya deyiladi. Masalan: ishqor ta’sirida qizdirilganda hidi va boshqa xossalardan ammiak ajralib chiqayotganligini osongina bilinadigan NH4 ionini topish reaksiyasi ana shundaydir.

Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling