Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi. Darsning maqsadi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1548200
1   2   3   4   5   6   7
13.3-rasm. Almashuvchi 
punktlarning joylashuvi: 
1 – yer yuzasida;
2 –syezdlarni gorizont bilan 
tutashgan joyida;
3 – bog‘lovchi bermalarda; 
4– ishchi pog‘onalarda. 


Ag‘darmalardagi yо‘l tarmoqlari ag‘darma hosil qilish texnologiyasiga 
bog‘liq bо‘ladi. Ekskavatorlik ag‘darma hosil qilishda yо‘l tarmoqlanish sxemasi 
zaboynikiga о‘xshash bо‘ladi. Temir yо‘l transporti tezligi karyerda domiy temir 
yо‘llarda 35-40 km/s, zaboyda va almashinuvda 15-20 km/s. 
Kon massasini konveyer transporti bilan tashish. 
 
Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri 
ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer 
metall formalardan tuzilgan bо‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali 
konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki 
ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karyerlardi 
yumshoq, maydalangan (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim 
qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qо‘llanilmoqda. Ularning ish 
prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari tо‘ldirilib baraban 
yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga 
nagruzkani kamaytirish uchun qо‘shimcha tortish a’zolari, pо‘lat arqon, zanjir, 
telejkalar qо‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi 
idish vazifasini о‘taydi. 
Karyerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mо‘ljaliga qarab 
zaboydagi, tо‘plovchi, yuk kо‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bо‘linadi. 
Zaboy konveyerlari pog‘ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon 
massasini ekskavatordan tо‘plovchi konveyrgacha tashishga mо‘ljallangan. 
karyerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer 
seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, qadamlovchi 
mexanizmlar yordamida suriladi. 
Tо‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karyerning yon qismida joylashgan 
bо‘lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk kо‘taruvchi konveyerga 
tashishga mо‘ljallangan. Tо‘plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan о‘z 
о‘qiga parallel yо‘nalishda gusenitsali yoki rels yо‘lli izlarda harakatlanadi. 
Yuk kо‘taruvchi konveyerlar ishchi bо‘lmagan yoki vaqtinchalik ishchi 
bо‘lmagan karyer qismida (transheyalarda yoki yer osti qiya lahimlarida) joylashgan 
bо‘lib, karyer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mо‘ljallangan. Yuk 
kо‘taruvchi konveyer yukni tо‘plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º 
burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karyer borti bо‘ylab 
yer yuzasiga kо‘taradi. Yuk kо‘taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va 
konstruksiyaga ega bо‘lib bir yerda muqim о‘rnatilishga mо‘ljallangan. Kon 
massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan 
yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz kо‘tarish uchun lenta yuzasi qovurg‘alarga 
bо‘linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli tо‘r ishlatiladi. 
Ular materialni pastga surilib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi. 


Magistral konveyrlar karyer yuzasida joylashgan bо‘lib, qoplama jinslarni 
ag‘darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga 
mо‘ljallangan. 
Ag‘darma konveyrlar ag‘darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab 
ular zaboy konveyerlariga о‘xshab ketadi. Ular ag‘darma fronti deyiladi. Tuzilishi 
bо‘yicha qayta yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks 
hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a’zo vazifasini о‘taydi, ekskavatordan zaboy 
konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan tо‘plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga, 
shuning uchun u о‘zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi yurish 
mexanizmiga ega bо‘lib, qabul qiluvchi va konveyer sо‘ngida tо‘kuvchi qismlari 
bо‘lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. Yassi tekislikda qabul 
qiluvchi moslama va tо‘kuvchi qismlari 60º gacha burchakka burilishi mumkin. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling