Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi. Darsning maqsadi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1548200
1   2   3   4   5   6   7
 
 
 
 
Avtomobil va konveyer transporti kombinatsiyasi esa 
Karyerlarda yer sirtidan 120-150 metr pastda joylashgan eng chuqur 
gorizontlarda qо‘llaniladi. Bunda kon massasi yuqoriga eng qisqa masofalar orqali 
chiqariladi.
Baland tog‘li hududlarda joylashgan karyerlarda, kon massasini 200-800 metr 
balandlikdan tushirish qiyin va xavfli bо‘lganda, shuningdek katta sarf xarajat talab 
etilganda, avtomobil trasnportini ruda tushirgich yoki osma kanatli yо‘llar bilan 
kombinatsiyalashgan holda qо‘llaniladi.
Nazorat savollari: 
1. Karyer yuklari va ularning ko‘rinishlari? 
2. Karyerda qo‘llaniladigan transportlar? 
3. Kombinatsiyalashgan transport turlari. 
 
 
 
 
AVTOMOBIL TRANSPORTINING KON-TEXNOLOGIK QO‘LLANILISH 
SOHALARI. 
 
Darsning maqsadi – Ochiq kon ishlaridagi avtomobil transportining 
qо‘llanilishi haqida tushunchaga ega bо‘lish. 
 
Reja: 
1. Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash. 
2. Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish. 
13.1-rasm. Kombinatsiyalashgan transport sxemasi. 
a,b – avtomobilvatemiryо‘ltransporti; v – avtmobilvakonveyertransporti; g – 
avtomobilvakanatlikо‘targich; 1 – avtosyezdlar; 2 – qaytayuklovchipunktlar; 3 – temiryо‘lsyezdlari; 
4 – drobika qurilmasi; 5 – konveyerlar; 6 – qayta yuklovchi bunker; 7 – skipli kо‘tarilma. 


Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash. 
Karyerlarda avtomobil transporti keng qо‘llaniladi. Bunga sabab uning 
avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham 
yuqori unumdorligi va temir yо‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir. 
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish 
hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng 
qо‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha 
tashish va tо‘kishdan iborat. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling