Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi. Darsning maqsadi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1548200
1   2   3   4   5   6   7
Nazorat savollari: 
1. Karyerdagi avtomobil yо‘llari foydalanish sharoiti bо‘yicha qanday turlarga 
bо‘linadi? 


2. Avtotransportni zaboyda yuklashga qо‘yishning qanday turlari mavjud? 
 
 
 
 
TEMIR YO‘L VA KONVEYER TRANSPORTLARINING KON-
TEXNOLOGIK QO‘LLANILISH SOXALARI. 
 
Darsning maqsadi – Ochiq kon ishlarida konveyer va temir yul trasnportining 
qо‘llanilishi haqida tushunchaga ega bо‘lish. 
Reja: 
1. Kon massasini temir yо‘l transporti bilan tashish. 
2. Kon massasini konveyer transporti bilan tashish. 
3. Kombinatsiyalashgan transport. 
 
Kon massasini temir yо‘l transporti yordamida tashish. 
Temir yо‘l transporti har qanday ob-havo sharoitida о‘zining ishonchliligi
yuqori unumdorligi va ishlatishda foydaliligi sababli karyerlarda tarqalgan transport 
turidir. Uning asosiy kо‘rsatkichi yuk aylanmasi bо‘lib tonna yoki kub metrdagi yuk 
miqdorini vaqt birligi ichida tashilishiga aytiladi. Karyer yuk aylanmasi keraksiz 
jinslarni, foydali qazilma va materiallar yuk aylanmasi yig‘indisidan iborat. 
 
13.1-rasm. Karyerda temir yо‘l transportining ish jarayoni. 
Temir yо‘l tarnsporti tashish masofasi 4 km va undan yuqori, yillik yuk 
aylanish hajmi esa 25 mln.t va undan yuqori bо‘lgan karyerlarda keng qо‘llaniladi. 
Temir yо‘l transportining vositasi rels yо‘llari va harakatganuvchi sostavlardan 
iboratdir.


 
13.2 – rasm. Temir yо‘l kurilishi sxemasi. 
1 – yer katlami, 2 – ballast, 3 – shpal, 4 – koleya eni, 5 – relss, 6 – podkladka. 
 
Temir yо‘llar ish bajarish turiga qarab vaqtinchalik va doimiy yо‘llarga 
bо‘linadi. Vaqtinchalik yо‘llar karyer ishchi maydonchalaridagi va ag‘larmalardagi 
yо‘llar, doimiy yо‘llarga esa transheyadagi yо‘llar, transport bermalardagi yо‘llar va 
karyer yuzasidagi yо‘llar kiradi. Vaqtinchalik yо‘l ish fronti surilishi bilan karyerda 
va ag‘darmalarda vaqti–vaqti bilan surilib turadi. Temir yо‘l quyi va yuqorigi 
qurilmalardan iborat. Quyi qurilma – suv chiqaruvchi va sun’iy inshoatlarlardan 
iborat yer qoplamasidan iborat. 
Temir yо‘lning yuqori qurilmasi – ballast, shpal va mustahkamlangan 
relslardan iborat. Ballast – yer qoplamasiga harakatlanuvchi sostavning bosimini bir 
xilda taqsimlanishi uchun xizmat qiladi. Ballast uchun 20-79 mm kattalikdagi 
sheben qо‘llaniladi. Ayrim hollarda galka va graviy ham qо‘llaniladi. Ballast 
qatlami qalinligi vaqtinchalik yо‘llar uchun 15-20 sm ni, doimiy yо‘llar uchun 25-
40 sm ni tashkil etadi. Ballast sarfi 600-1200 m
3
dan iborat. Shpallar – ularga 
relslarni mustahkamlash va bosimni harakatlanuvchi sostavdan ballastga uzatish 
uchun xizmat qiladi. Yog‘och, temirbeton va metall shpallar qо‘llaniladi. Shpalning 
standart bо‘yicha о‘lchami 270 sm ni tashkil etadi. Shpallarni xizmat qilish 
muddatini uzaytirish maqsadida antiseptik bilan tо‘yintiriladi. Relslar – 
harakatlanuvchi sostavning g‘ildiragini yо‘nalishi va bosimni shpalga uzatish uchun 
xizmat qiladi. Relsning standart bо‘yicha uzunligi 12,5-25 m bо‘ladi. 
Karyerlarda harakatlanuvchi sostav vagon va lokomotivlardan iboratdir. 
Foydali qazilmalarni tashish uchun yuk kо‘tarish quvati 60-90 t bо‘lgan gandola 
tipidagi vagonlar va yuk kо‘tarish quvvati 60 t bо‘lgan xopper tipidagi vagonlar keng 
qо‘llaniladi. Qoplovchi tog‘ jinslarini tashish uchun vagon dumpkarlar qо‘laniladi.
Karyerlarda lokomotivlar sifatida elektrovoz, teplovoz va tortuvchi agregatlar 
qо‘llaniladi. Elektrovozlarning qulayliklari – foydali ish koeffitsiyenti yuqori (14-
16%), 4% gacha bulgan kо‘tarilish balandliklarini о‘tish qobiliyatiga egalik, ishga 
doimiy tayyorgarlik va og‘ir iqlim sharoitlarida ham ishonchli xizmat kо‘rsatishidir. 
Teplovoz lokomotivlar ichki yonuv dvigateli bilan jixozlangan. Foydali ish 
koeffitsiyenti 24-26% ga teng. Teplovozlarning kamchiligi ularni remont qilishning 
qiyinligidir. Tortuvchi agregatlar – boshqaruvchi elektrovoz, dizelli seksiya ya’ni, 
avtonom ta’minlash seksiyasi va bir nechta motorli dumpkarlardan iboratdir 


Karyerlarda temir yо‘llarning uzunligi bir necha о‘nlab kilometrgacha, ba’zan 
yuzlab kilometrgacha yetadi.Temir yо‘l uzunligi bо‘yicha uchastkalarga bо‘linadi 
va peregonlarni ajratuvchi punktlar bо‘linmalar deyiladi. Ularga stansiyalar, 
razyezdlar va postlar kiradi. Stansiyalar poyezdlarni joylashtirishga, sostav 
tо‘plashga, texnik xizmati, tekshirish va bir yо‘llik joylarda poyezdni kutish uchun 
xizmat qiladi. Razyezdlar bir yо‘llik joylarda faqat oldindan kelayotgan poyezdni 
kutishga xizmat qiladi (asosan yuk poyezdni kutishi kerak). Stansiya va razyezdlar 
maxsus yо‘l tarmoqlariga ega bо‘lib, yuk aylanmasi va ayrim kerakli maqsadlarga 
mо‘ljallangan. Postlar yо‘l tarmoqlanishiga ega emas. Ular poyezdni tо‘xtatishga 
mо‘ljallangan bо‘lib, agarda keyingi peregongacha yо‘lda poyezd bо‘lsa postda 
kutiladi. Karyerdagi yо‘l tarmoqlanishi karyer yо‘lini temir yо‘llar vazirligiga, 
ombor yо‘llariga, karyer montaj maydonchasiga, harakatdagi sostavni ta’mirlash 
deposiga va boshqalarga ulangan bо‘ladi.
 
Kon massasi bо‘yicha karyer unumdorligiga qarab, karyerdagi doimiy temir 
yо‘llar bir yо‘lli yoki ikki yо‘lli bо‘lishi mumkin. Bir yо‘llik trassada yuklangan va 
bо‘sh poyezdlar razyezdlarda almashinadi. Temir yо‘l transportini unumdorligini 
oshirish uchun peregon uzunligi kamaytiriladi, unda temir yо‘l transportini 
ekspluatatsiyasi qoidalariga kо‘ra faqat bir sostav bо‘lishi kerak. Ikki yо‘llik trassa 
yukli va yuksiz poyezdlarni alohida yо‘llarda harakatini ta’minlaydi. Tezlikni 
oshirish uchun bunda peregonlar uzunligi oshiriladi. 
Zaboylardagi va ag‘darmalardagi yо‘l tarmoqlari qazuvchi yuklovchi va 
ag‘darma hosil qiluvchi mashinalarning minimal turib qolishlarini va temir yо‘l 
transportining о‘zini ham zaboyda yukli va yuksiz sostavlarini almashtirishda 
minimal vaqtini sarflashini kо‘zlab qurilishi kerak. Bir yо‘llida sostavlar almashishi 
gorizonti ishchi zonasidan tashqarida olib borilishi kerak. Ayni paytda almashish 
uchun yuksiz sostav yukli sostavni almashish punktida kutib turadi. Ekskavatorning 
kutish vaqti bunda yukli sostavni almashish punktigacha kelgan vaqti bilan yuksiz 
sostavni yuklash joyigacha olib borish vaqtlari yig‘indisiga teng. Kutish vaqtini 
kamaytirish uchun almashish yо‘lini gorizont ishchi zonasiga joylashtiriladi, bunda 
bu yо‘lni siljitish qiyinlashadi. Agar bir gorizontda ikki yoki undan ortiq ekskavator 
ishlasa ikki yо‘lli almashish joylari har bir ekskavator uchun qо‘llaniladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling