Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi. Darsning maqsadi


 – rasm. Avtomobillarni zaboyga yuklashga kuyish sxemasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1548200
1   2   3   4   5   6   7
12.3 – rasm. Avtomobillarni zaboyga yuklashga kuyish sxemasi. 
a — s ishchi maydonchada sirtmoqli burilish; b — s zaxodka ichkarisida sirtmoqli burilish; v — zaxodka 
ichkarisida yopiq burilish; g — zaxodka ichkarisida sirtmoqli burilish va yuklashga yopiqqо‘yish; d i ye — ikki 
mashinani birdaniga zaboyda yuklashga qо‘yish. 
Keng ish maydonchalarida avtosamosval ekskavator zaboyiga sirtmoq 
shaklda burilib yuklashga qо‘yiladi. Chegaralangan ishchi maydonchada va tor 
zaxodkada va yuksiz avtosamosval harakat yо‘nalishi ekskavator zaxodkasiga 
tо‘g‘ri kelmaganda avtosamosval sirtmoqli yoki yopiq burilish yasab, agar yukli 
avtosamosval harakat yо‘nalishi ekskavator yо‘nalishiga tо‘g‘ri kelganda yopiq 
burilishdan keyin avtosamosval orqaga harakatlanib yuklashga beriladi. Har qanday 
holatda ham avtosamosvalni yuklashga qо‘yganda ekskavator chо‘michi haydovchi 
kabinasi ustidan о‘tmasligi kerak. Ekskavator burilish burchagi minimal bо‘lishi 
kerak. 
Avtotransportlarni narxi yuqori bо‘lganligi uchun avtotransportni bekorga 
kutib qolishi xuddi ekskavatornikidek minimal bо‘lishi kerak. Ularni kamaytirish 
uchun karyerlarda ikki turda avtotransport ishlari tashkillashtiriladi: ma’lum bir 
miqdordagi samosvallar smena davomida ekskavatorga biriktiriladi va 
biriktirilmagan mashinalarni har safar dispetcher kо‘rsatmasi bilan yuklashga 
qо‘yiladi. 
Avtotransportni 
ekskavatorga 
biriktirib 
ishlatish 
soddarok 
tashkillashtirish bulib yukori unumdorlikni ta’minlaydi. Agar qazib yuklovchi 
mashina. Ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar buzilmasdan ishonchli ishlasa va 
foydali qazilma bir xil tuzilishga ega bо‘lsa bu tartib о‘zini oqlaydi. 
Karyerlardagi avtotransport unumdorligi avtoyо‘l holatiga ham bog‘liq 
bо‘ladi. Karyer yо‘llariga xizmat qilish, ta’mirlash va yangilarini qurish uchun 
maxsus yо‘l xizmati bо‘ladi. Avtosamosvallarga xizmat kо‘rsatish avtoxо‘jalikning 
maxsus maydonchadagi inshootlarda bajariladi. Unda avtosamosval sistemalarini 
tekshirish va joriy ta’mirlash kо‘zda tutilgan bо‘lib, rejali va kapital ta’mir maxsus 
ustaxonalarda olib boriladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling