Ma’ruza №1 1-Mavzu: “Informatikaning nazariy asoslari” faniga kirish. Mavzu rejasi
Download 286.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi avlod
- Uchinchi avlod
- To’rtinchi avdod
- Adabiyotlar
Birinchi avlod – EHMlarning elementlar bazasi asosan elektron lampalardan
tashkil etilgan. Bunday mashinalarning paydo bo’lishi 50-yillarga to’g’ri keladi. Bu avlod mashinalariga misol qilib, BESM-1, Minsk-1, Ural-1, Ural-2, M-1, M-2, Strela mashinalarini keltirish mumkin. Ularning operatsiya bajarish tezligi sekundiga 2-3 ming operatsiyani tashkil qilib, operativ xotira hajmi 4 Kbayt bo’lgan. Ikkinchi avlod mashinalarining elementlar bazasi sifatida tranzistorlar xizmat qilgan. YArim o’tkazgichlarning ishlatilishi EHMlarning operativ xotira hajmi va ish bajarish tezligini sezilarli darajada oshirdi. EHMlarning og’irligi, ulchami va elektr manbaiga extiyoji kamaydi. EHMning nporramma ta’minoti rivojlanishi hisobidan ularning qo’llanilish doirasi kengaydi. Ikkinchi avlod mashinalariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Ural-14, Ural-16, Minsk-22, BESM-b, BESM-3, BESM-4, M-222, MIR-2, Nairi va boshqalar. Ularning ish bajarish tezligi sekundiga 30 ming operatsiya, operativ xotira hajmi 8 Kb, l6 Kb va 32 Kb ni tashkil etardi. Uchinchi avlod EHMlari elementlar bazasi mikro elektronikaga asoslangan bo’lib, ular integral sxemalarning qo’llanilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi avlod mashinalariga ES tipidagn ES-1010, ES-1020, ES-1030, ES-1040, ES-1050, ES- 1066, Elektronika 60, SM-3, SM-4 va boshqa tipdagi mashinalarni misol qilib olish mumkin. Ularning operatsiya bajarish tezligi 500 mingdan 1 mln. operatsiyagacha bordi. Operativ xotira hajmi esa 64 Kb dan 1204 Kb etdi. To’rtinchi avdod mashinalarining elementlar bazasi katta integral sxemalarga asoslangan bo’lib, qurilma sifatida kremniy plastiklaridan foydalanildi. Bu avlod mashinalariga Elbrus tipidagi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. Uning operatsiya bajarish tezligi sekundiga 5 millionni tashkil etib, 64 Mbaytgacha operativ xotira hajmiga ega bo’ldi. Mikroprotsessorlarning paydo bo’lishi hisoblash texnikasi rivojlanish tarixida revolyutsion bosqich bo’ldi. Mikroprotsessor-lar asosida kompyuter davri boshlandi. Beshinchi avlod mashinalari elementlar bazasi ulkan katta integral sxemaga asoslangan bo’lib, sun’iy intelekt asosida ishlaydi. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish tovush va tasvirlar orqali amalga oshiriladi. Insoniyat o’z tarixi davomida 5 ta axborot revolyutsiyasini boshidan kechirgan: 1. Nutq paydo bo’lganda; 2. Yozuv kashf etilganda; 3. Kitob nashr qilish boshlanganda; 4. Telegraf va telefon kashf etilganda; 5. Kompyuterlar ixtiro qilinganda. Har bir revolyutsiya jarayonida yangi axborot texnologiyalari paydo bo’lib, ular saqlanuvchi va uzatiluvchi axborot hajmini ortishiga xizmat ko’rsatgan. XXI asrga kelib axborotning tarqalish tezligi va xajmi chegaralab bo’lmas darajada oshib ketdi. Shuningdek inson mehnatining ko’proq qismi moddiy ne’matlar ishlab chiqishga emas , balki axborotni qayta ishlashga qaratildi. Axborot qiymati foydali qazilmalar va boshqa moddiy ne’matlar qiymatidan oshib, jamiyat industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’ta boshladi. Hozirda jamiyatning barcha sohalarida axborot - zaruriy va qimmat baho hom-ashyo sifatida ishlatilmoqda. Axborotlarni qayta ishlash texnika va texnologiyalarini yaratuvchi fan – “Informatika” fani vujudga keldi. “Informatika” so`zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. "Informatika" ("Informatique") atamasi frantsuzcha "Information" (informatsiya) va "Automatique" (avtomatika) so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, fanga 20 asrning 60 yillarida Frantsiyada kiritilgan. Osha inglizcha so’zlashuvchi davlatlarda “Computer Science” atamasi ishlatilgan edi. Hozirda bu ikki atama bir biriga sinonim tarzda ishlatiladi. Informatika - bu ma`lumotlarning umumiy hossalarini, strukturasini, ma`lumotlarni hosil qilish , saqlash, qidirish , qayta ifodalash, uzatish va inson faoliyatining har xil sohalarida qo`llashning usullarini, qonuniyatlarini va vositalarini o`rganuvchi texnik fan hisolanadi. 1978 yili Halqaro ilmiy kongress tomonidan "Informatika" tushinchasi ostida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlari (komp'yuterlar va ularning texnik-dasturiy ta`minoti) ni ishlab chiqish, yaratish, foydalanish va moddiy-texnik xizmat ko`rsatish, shu bilan birga inson faoliyatining barcha sohalarini komp'yuterlashtirishning tashkiliy, tijoriy, adminstrativ va sotsial-siyosiy aspektlari kabilarni tushinish kerakligi rasman e`lon qilindi. Umumiy qilib aytganda “Informatika” fani - bu: ma`lumotlarni qayta ishlashning texnik qurilmalarini; ma`lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, uzatish va undan foydalanishning usul va uslublarini; ma`lumotlarni bir formadan boshqa formaga o`tkazish usul va uslublarini; ma`lumotlarni strukturasini va hossalarini o`rganuvchi va ularni tizimlashtiruvchi komplekslashgan ilmiy-texnik fan hisoblanadi. Shunday qilib, “Informatika” – bu fan sifatida o`zining rivojlanish yo`lida komp'yuter texnikasiga tayanuvchi, qo`llanish sohasi juda keng bo`lgan ilmiy- texnik fan qisoblanadi. Informatika fanining predmeti bo`lib quyidagilar xizmat qiladi: hisoblash texnikasi vositalarining apparat ta`minoti; hisoblash tehnikasi vositalarining dasturiy ta`minoti; apparat va dasturiy ta`minotni o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasi; insonni bilan apparat va dasturiy ta`minotni o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasi. Informatika fanida o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasini “interfeys” deb atalish qabul qilingan. SHunga ko`ra komp'yuterning turli texnik qismlari orasidagi o`zaro ta`sirlashuvni amalga oshiruvchi vosita - apparat interfeysi , dasturlar orasidagi ta`sirlashuvni amalga oshiruvchi vosita esa - dasturiy interfeys, foydalanuvchi bilan apparat va dasturiy ta’minot orasidagi ta`sirlashish vositasi - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Informatika fanining asosiy masalasi - bu hisoblash texnikasining apparat va dasturiy ta`minoti bilan ishlashni usul va uslublarini tizimlashtirishdan iborat. Tizimlashtirishdan asosiy maqsad shundaki, berilganlar bilan ishlashning eng samarali texnologiyalarini ajratish, qo`llash va ularni rivojlantirish, hamda yangi ilmiy texnologik izlanishlar olib borishning usullarini yaratishdir [1, 9 p]. Informatika – ilmiy-texnik fan bo’lishi bilan birga, amaliy fan hamdir. Shuning uchun uning yutuqlari avval amalda tekshirib ko’riladi. Agar tekshiruvda samaradorlikni oshirish kriteriysiga javob bersa amaliyotga tadbiq etiladi. Hozirgi davrda informatikaning asosiy masalasi tarkibiga quyidagi masalalar kiritilgan: 1. Hisoblash tizimlarining arxitekturasi - bunda berilganlarni avtomatik tarzda qayta ishlovchi tizimlar yaratishning usul va uslublari. 2. Hisoblash tizimlarining interfeysi - bunda apparat va dasturiy ta`minotni boshqarishning usul va uslublarini yaratish masalalari qaraladi; 3. Dasturlash - bunda har xil masalalarni echishga qaratilagn amaliy dasturlar ishlab chiqarish masalalari qaraladi ; 4. Berilganlarni qayta ifodalash - bunda berilganlarni strukturasini o`zgartirish va moslashtirish masalalari qaraladi; 5. Ma`lumotlarni qimoyalash - bunda berilganlarni har xil ichki va tashqi ta`sirlardan himoyalashning usul va uslublari ishlab chiqish va ularni umumlashtirish masalalari qaraladi. 6. Avtomatlashtirish - bunda dasturiy va apparat qismlarni o`zaro ta`sirlashuvini inson ishtirokisiz amalga oshirish masalalari qaraladi. 7. Standartlashtirish - bunda berilganlarni qar xil hisoblash texnikalarining dasturiy va apparat ta`minotiga mosliklarini yaratish masalalari qaraladi. 8. Informatika fanining asosiy yo`nalishlari esa quyidagilardan iborat: 1. Hisoblash mashinalari va ularning dasturiy ta`minotini yaratish; 2. Ma`lumotlar nazariyasi. Bu yo`nalishda asosan ma`lumotlarni saqlash, qayta ifodalash, uzatish va qabul qilishning usul va vositalari o`rganiladi; 3. Sun`iy intellekt (aql). Bu yo`nalishda ma`lum bir aql zakovat bilan echiladigan masalalarni (masalan bemorni kasalini aniqlash va uni davolash masalasi, mantiqiy xulosa, o`qitish, nutqni tushinish va unga ko`ra ish bajarish, komp'yuter o`yinlar va hakazo) komp'yuterda echish masalalari , ularning texnik va dasturiy ta`minotlari o`rganiladi; 4. Tizimli tahlil. Bu yo`nalishda loyixalashtirilayotgan tizim tahlil qilinadi va uni qayerlarda ishlatish, qanday talablarga javob berishi aniqlanadi; 5. Komp'yuter grafikasi, animatsiya, multimedia vositalari; 6. Kommunikatsiya vositalari, shu bilan birga butun dunyodagi insonyatni yagona axborot jamiyatiga birlashtiruvchi - global komp'yuter tarmoqi ; 7. Xar hil sohalarga, masalan fan, ta`lim, meditsina, savdo, qishloq xo`jaligi va boshqa turdagi xo`jalik va jamiyat ish yuritish faoliyatiga tegishli ishlarni bajaruvchi amaliy va tizimli dasturlar yaratish. Odatda informatikani ikkita katta tarmoqdan tashkil topgan deyiladi: 1. Texnik vositalar; 2. Dasturiy vositalar. Texnik vositalar, ya`ni komp'yuterniy apparat qurilmalari inglizchada "Hardware" so`zi bilan ifodalanadi va u aslida "qattiq buyum" ma`nosini anglatadi. Dasturiy vosatalarni esa inglizchada "Software" so`zi bilan ifodalanadi va uning asl ma`nosi "yumshoq buyum" degani. Fanda "Software" so`zi ostida komp'yuterlarning dasturiy ta`minoti tushiniladi. Dasturiy ta`minot - bu komp'yuterda ishlatiladigan barcha dasturlar to`plamidir. Informatikaning bu ikki umum qabul qilingan tarmog’i qatoriga yana bir tarmoqni, ya`ni "algoritmik vositalar" nomli tarmoqni qo`shishni Rossiyalik akademik Anatoliy Alekseyevich Dorodnitsin taklif qiladi va uni inglizchasiga "Brainware" (brain - intellekt , aql ma`nosini bildiradi) deb atash qabul qilinadi. Bu masalarlarni echishning algoritmlarini ishlab chiqish va uni qurishning usul va uslublarini o`rganadigan muqim tarmoq qisoblanadi. Algoritm - bu berilgan masalani to`g’ri echimga olib keladigan, ma`lum qoida asosida berilgan amallarning chekli ketma-ketligidir. Algoritm masalani echish uchun avvaldan berilgan aniq va tushinarli ko`rsatma bo`lib, chekli amallar ketma ketligidan tashkil topadi. Masalalarni algoritmini tuzib olmasdan turib ularga dastur tuzish mumkin emas. Jamiyat rivojida informatika fanining o`rni aloqida muqimdir. U bilan ma`lumotlarni to`plash, uzatish va qayta ishlash revolyutsiyasining boshlanishi bog’langan. Bu revolyutsiya ortidan esa modda va energiya egallash revolyutsiyasi amalga oshirildi. Bu o`z navbatida jamityat moddiy va manaviy ne`matlarini yaratishda katta imkoniyatlarni ochib berdi. Kompyuter texnikasi ishlab chiqishning o`sishi, informatsion tarmoqlarning rivojlanishi va yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi fan, ishlab chiqarish, ta`lim, meditsina va boshqa shunga o`xshash bir qancha sohalarning rivojlanishida birlamchi omil bo`lib hizmat qildi va qilmoqda. Adabiyotlar: 1. Б.Стариченко. Теоретические основы информатики. Москва. 2003 г. 2. Г.И.Шездюков. Экономическая информатика и вычеслительная техника. Т.:, “Ўқитувчи”. 1996 г. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova.F.M. Informatika. Kasb–hunar kollejlari uchun darslik T.:, 2002 y. Download 286.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling