Ma'ruza №1 kimyo fanining asosiy tushuncha va qonunlari


Download 272.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi272.16 Kb.
#1017408
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MA\'RUZA № 1 Kimyo fanining asosiy tushunchalari va qonunlari



MA'RUZA № 1 
KIMYO FANINING ASOSIY TUSHUNCHA VA QONUNLARI 
R E J A : 
1. Kimyo fanining mazmuni. 
2. Kimyo fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi. 
3. Kimyo fanining vazifalari va ahamiyati. 
4. Kimyo fanining asosiy tushuncha va qonunlari. 
Tayanch so‘z va iboralar 
Atom - molekulyar talimot, moddalar massasini saqlanish qonuni, tarkibning 
doimiylik qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, avagadro qonuni, Avagadro soni
kimyoviy ekvivalent, ekvivalentlar qonuni. 
 
Kimyo fanining mazmuni. Kimyo fani - tabiatni o‘rganuvchi fanlardan biridir. 
Kimyo fani tabiatni bir - butunligini, jismlar va hodisalar orasida bog‘liqlik, u 
materiyadan iborat ekanligini o‘rganuvchi fandir. Materiyaning harakat formalari 
har xildir. Jismlarning qizishi va sovishi, nur sochish, elektr toki, kimyoviy 
o‘zgarishlarning hammasi materiya harakatining turli formalaridir. Materiya hech 
qachon yo‘qolmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi, u faqat bir turdan ikkinchi turga 
o‘tib turadi. 
Ta’rif: Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini, ularning 
o‘zgarishlarini hamda moddalarning o‘zgarishida sodir bo‘ladigan hodisalarni 
o‘rganadigan fandir. 
Kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri, moddalarni o‘rganib, shu 
moddalardan xalq xo‘jaligida foydalanish sohalarini oldindan aytib berish bo‘lsa, 
ikkinchisi xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan yangi moddalarni yaratishdan iborat. 
Kimyoviy toza modda ayni sharoitda o’zgarmas fizik xossalarga ega bo’ladi. 
Ta’rif: Jism nimadan tashkil topgan bo’lsa, modda deyiladi. 
Modda haqidagi dastlabki ilmiy ta’limotni 1741 yil M.V Lomonosov yaratdi 
va u “atom molekulyar ta’limot” deb ataladi. 
Uning asosiy hollari quyidagilar: 
1. Barcha moddalar molekulalardan tuzilgan. 
2.Molekulalar atomlardan tuzilgan. 
3.Molekula va atomlar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. 
4.Oddiy moddalar bir xil element atomlaridan, murakkab moddalar turli xil 
element atomlaridan tuzilgan. 
Lomonosovdan farq qilib ingliz olimi J.Dalton 
atomistik 
nazariyani 
yaratdi. Lekin u murakkab moddalar molekulalardan, oddiy moddalar faqat 
atomlardan tuzilgan deyiladi: (1803) 
Oddiy moddalar: Fe, Al, Cl
2
, S
8
, P
4
Murakkab moddalar: H
2
O, KCl, Al
2
(SO
4
)
3
7 ta oddiy modda molekulyar ko’rinishda yozilishi lozim: H
2
, N
2
, O
2
, F
2
, Cl
2
, Br
2

J
2

Lekin, Dalton 4 ta elementning nisbiy atom massasini vodorod massasiga
nisbatan aniqlaydi. 


Oddiy modda va element orasida farq mavjud. Atomar holda tuzilgan 
moddalarda ikkisi ham bir xil ma’noga ega bo’lsa, molekulyar tuzilishli 
moddalarda farq qiladi. Masalan: havoda kislorod mavjud (oddiy modda) va 
sulfat kislotada kislorod mavjud (element). 

Download 272.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling