Ma’ruza 1 kirish


Download 0.91 Mb.
bet17/39
Sana15.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1482309
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Ma’ruza 1 kirish kirish. E

Eksperimental metod
Qurilmani energiya balanslarini uni eksperimental (sinov) o‘tkazish asosida aniqroq olish mumkin. Qurilmani sinash jarayonida laboratoriya asboblari yordamida keltirilgan quvvatni va energiya oqimlarini hamma asosiy parametrlarini o‘lchanadi. Bunda tadqiqot qilinayotgan qurilmani yuklamasi berilgan qiymatda doimiy ushlab turiladi. Bunday sinovlar yuklamani bir necha qiymatlarida amalga oshiriladi. Natijada tadqikot qurilmasining turli yuklamalariga ta’luqli energiya balanslariga ega bo‘lamiz. Issiqlik energetik qurilmalarinini quvvatini kerakli aniqlikda o‘lchash ko‘pincha sinovlarni uzoqroq muddat oralig‘ida o‘tkazishni talab qiladi. CHunki tadqiqot qilinuvchi obe’ktni xolati turg‘un bo‘lishi kerak. SHuning uchun kerakli eksperimental nuqtalarni aniqlash kamdan kam hollarda amalga oshadi.
Eksperiment usulida energiya balansini olishda natijalarni to‘g‘riligiga erishish uchun eksperiment o‘tkazishning ma’lum qoidalariga amal qilish zarur. Xususan, sinov to‘lik bo‘lib, faqat asosiy qurilmani emas, balki qo‘shimcha mexanizmlarini ham qamrab olishi kerak.
Ekperiment o‘tkazilgandan keyin keltirilgan quvvat yoki yo‘qotishlar tavsiflari tadqiqot natijalariga ko‘ra olingan nuqtalar tekislanadi. YA’ni kesik chiziqlar emas, monoton egri chiziqlar orqali quriladi. Tavsiflarni nisbiy ko‘rsatgichlari olingan nuqtalar orqali quriladi.
Energiya balansini olishni eksperimental usuli aniqroq usul xisoblanadi. Lekin bu usulni qo‘llashda kerakli o‘lchov asboblari va ular bilan muomila qiluvchi persanalni talab qiladi. Bundan tashqari sinov vaqtida qurilmani ishdan to‘xtatib turish, kerakli tayyorgalik ishlarini olib borishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun bu metodni amaliy qo‘llash imkoniyatlari cheklangan.
Analitik – hisob metodi
Analitik-hisob metodidan foydalanishda energiya sarfi va yo‘qotishlarini foydali tashkil etuvchilari hamma yo‘nalish bo‘yicha fizika - kimyoviy va emperik bog‘lanishlar orqali aniqlanadi. Lekin nazorat va natijalarni aniqroq olish maqsadida yo‘qotishlarni alohida elementlarini energetik audit asboblari yordamida o‘lchash orkali aniqlanadi (masalan, shu yo‘l bilan qurilmani salt yurish yo‘qotishlarini o‘lchashni amalga oshirish mumkin).
Analitik – hisob usuli har qanday ishlab chiqarish qurilmasi va texnologik parametrlarni har kanday qiymati uchun agregatlarni energiya balansini olishga yordam beradi. Bu esa solishtirma energiya sarfini analiz qilish va normallashtirishda juda foydali. Bunda energetik tavsiflarni tekislamasdan aniq qurish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, energiya balansini olishni bu usuli texnik va tashkiliy nuqtai nazardan eksperimental usuliga nisbatan osonroq. Bu usulni qo‘llashni kamchiligi konkret qurilmani turi va uni rejimiga kerakli fizik – kimyoviy yoki emperik bog‘lanishlarni bizni qiziqtirgan parametrlari yo‘qligi yoki mos kelmasligi sabab bo‘ladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling