Ma’ruza 1 kirish
Sanoat korxonasida energiya tejashning asosiy tamoyillari
Download 0.91 Mb.
|
Ma’ruza 1 kirish kirish. E
1.8. Sanoat korxonasida energiya tejashning asosiy tamoyillariAsosiy tamoyillar quyidagi tadbirlarni o‘tkazishga asoslanadi: 1. Energetik auditni o‘tkazish. Samarali ishlash uchun qaerda, qancha va nima uchun energiya sarf bo‘lyapti kabilarni bilish zarur, bu savollar bo‘yicha etarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Ushbu barcha ma’lumotlarni to‘plash jarayonida sanoat korxonasida energetik auditni o‘tkazish birinchi qadam bo‘ladi. 2. Energiya tejamkorlik bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish. Energiya tejamkorlik siyosatini o‘tkazishdan oldin har bir muayyan korxona uchun energiya tejamkorlik bo‘yicha individual tadbirlar ishlab chiqish zarur. Sanoat korxonalarining energiya bo‘limlarining amaliy ish faoliyatida energetik resurslarni samarali ishlatishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan tadbirlarni joriy qilish va yangi texnika tadbiq qilish maqsadga muofiq. 3. Energiya tejamining qiymatini baholash. Energiya tejamkorlikni boshqarish jarayoni, umuman olganda, mahsulot energiya ishlatish xajmi ko‘rsatkichlarini boshqarishga olib keladi. Mahsulot energiya ishlatish xajmiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarning aksariyati chuqur izlanishlarni, ular orasidagi bog‘lanishlarni, ularning optimallashtirishning yo‘llarini aniqlashni talab qiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanayotgan energiyaning absolyut va solishtirma qiymatini baholash zarur. 4. Energiya tejamkorlikni boshqarishning tashkiliy strukturasini ishlab chiqish. Energiya tejamkorlik mexanizimining tadbiq qilish korxonadagi energiya tejash strukturasini ko‘rib chiqishni talab qiladi. Ishlab chiqarishning boshqarishning bozor konsepsiyasi korxonaning general direktoridan keyin energetika sohasi bo‘yicha mutaxassisni bosh shaxslardan biri sifatida tan olishni talab qiladi. 5.Moddiy rag‘batlantirishning asosini ishlab chiqish. Har bir tomonning texnik, huquqiy, iqtisodiy, sotsial va boshqa aspektlari bilan bog‘liq bo‘lgan manfaatlarini ko‘zda tutgan personal bilan korxona raxbariyati o‘rtasida energiya tejamkorlik jarayoniga taalluqli o‘zaro munosabat. Asosiy tadbirlarni quyidagi sxema bo‘yicha guruxlarga ajratish mumkin:
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling