Ma’ruza 1 kirish
Tejalgan energiya qiymatini baholash
Download 0.91 Mb.
|
Ma’ruza 1 kirish kirish. E
Tejalgan energiya qiymatini baholashEnergiya tejamkorlik muammosining asosida sanoat mahsulotining energiyaxajmdorligini kamaytirish masalasi yotadi. Ushbu masalani echishning ko‘p variantligi mahsulotning energiyaxajmdorligi, ishlab chiqarishning fizik–ximik jarayonlariga ta’sir qiluvchi, elektr, ximiyaviy, issiqliq, tashkiliy va boshqa ko‘p faktorlarning funksiyasiligi tufayli yanada murakkablashadi. Bu erda, elektrotexnik va texnologik qurilmalar bilan bir qatorda xom–ashyoning, yarim xom–ashyoning va texnologik jarayonning boshqa komponentalarining miqdoriy xarakteristikalarini hisoblashda e’tiborga olish zarur. Hisoblash protsedurasi quyidagi tartibda olib boriladi. Mos matematik model bo‘yicha hisoblash va energetik xarakteristikani qurish. Energetik xarakteristikalarni hisoblash va qurish uchun vaqtni ifodalash qiymati yoki o‘rtacha davr aniqlanadi. O‘rtacha davr sifatida smena, sutka, oy qabul qilinishi mumkin. Energetik xarakteristikalar ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari orqali quriladi. Xususan, korrelyasion tenglamaning tartibi va uning xatosini aniqlash imkonini beruvchi CHebqshev usuli qo‘llanishi mumkin. Hisoblashlar natijasida elektr energiyaning absolyut va solishtirma sarfining matematik modellari olinishi mumkin: W=W0+D∙A; D=W/A; Bu erda: W, D – energiyaning absolyut va solishtirma sarfi; A– unumdorlik. W0 – elektr energiyaning doimiy sarflari qiymati W0=(P0+PH+POCB)∙T; Bu erda: P0, PH, POCB – ventilyasiya, nasos va yoritish yuklamalari qiymatlari; T – ishlash davomiyligi . Ushbu ifodalardan agregatning, texnologik liniyaning, uchastkaning, sexning har qanday ish rejimi uchun elektr energiya solishtirma sarfining differensiyalangan qiymatini aniqlash mumkin. Elektr energiya sarfi qiymatini va ob’ektning, uning unumdorligidan kelib chiqib, solishtirma energiya iste’molining matematik modellarini ishlab chiqish va ishlatish quyidagi imkoniyatlarini yaratadi: har xil ish rejimlaridagi elektroenergetik ko‘rsatkichlarni aniqlash; mahsulotdagi energiya xajmini miqdoriy baholashni amalga oshirish Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling