Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Temir yo‘l transportida noavtonom tortuvchi harakat tarkiblari
Download 0.62 Mb.
|
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7
6.3. Temir yo‘l transportida noavtonom tortuvchi harakat tarkiblari
Elektrli harakat tarkibi elektrovozlar va motorli vagonlardan iborat. Tok turiga qarab o‘zgarmas tokli va o‘zgaruvchan tokli, hamda ikki xil tokda ishlaydigan elektrovozlar va elektr poyezdlar farqlanadi. 6.3-rasm. MTUlar bo’yicha lokomotivlar taqsimoti. Elektrovozlar va motorli vagonlar mexanik qismlar, elektr asbob-uskunalari va pnevmatik tizimlardan tuzilgan bo‘ladi. Ularning mexanik qismi kuzov va aravachalardan tashkil topadi. Elektr uskunalari tortish elektrodvigatellari, yordamchi elektr mashinalari, dvigatel va yordamchi mashinalarni boshqaruv apparatlari, o‘zgaruvchan tokli elektr harakat tarkibida ulardan tashqari transformatorlar va elektr o‘zgartirgichlaridan iborat bo‘ladi. Elektrovoz kuzovi elektr apparatlari, har xil uskunalar va mashinistning boshqaruv xonasini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Aksariyat mashinist xonasi issiqlik va shovqindan muhofazalanib, elektrovozning ikki tomonida joylashtiriladi. Mashinist xonasida boshqaruv apparatlari, nazorat-o‘lchov asboblari va tormoz kranlari bo‘ladi. Kuzovning o‘rta qismidagi yuqori kuchlanishli kamerada elektr apparatlari o‘rnatiladi. Yordamchi mashinalar motor -kompressor, motor-ventilyator, boshqaruv toki generatorlari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Elektrovoz aravachasi rama, g‘ildirak juftlari, buksalar, ressor osmalari va tormoz uskunalaridan iborat. Aravachalarga tortish dvigatellari mahkamlanadi. Aravacha ramasi murakkab metall konstruksiya bo‘lib, ikki bo‘ylama yon to‘sinlar va ularni ulovchi ko‘ndalang to‘sinlardan iborat bo‘ladi. Rama kuzovdan va elektrovoz uskunalaridan vertikal kuchlarni va yuklanishni qabul qilib ressorli osmalar orqali g‘ildirak juftlariga uzatadi. Aravacha ramasi tormozlash kuchlanishlarini ham qabul qilgani uchun etarlicha mustahkam bo‘lishi kerak. G‘ildirak juftlari elektrovoz massasini va tortish dvigatellaridan beriladigan aylantiruvchi kuchlarni qabul qiladi. Bundan tashqari, g‘ildirak juftlari yo‘lning notekisliklari va relslarning ulanish joylaridagi urilishlarni, amortizatsiya uskunalarisiz yumshatmasdan qabul qiladi va o‘z navbatida harakatli g‘ildiraklarning o‘zi relsga qattiq kuch bilan ta’sir etadi. Shuning uchun ham g‘ildirak juftlarining ishlanish sifatiga va texnik holatini nazorat qilishga alohida e’tibor beriladi. G‘ildirak juftlari alohida elementlardan tuziladi: ular –o‘q, ikki g‘ildirak va ikki tishli g‘ildiraklardan iborat bo‘ladi. G‘ildirak juftlarining o‘qi rolik podshipnikli buksalar o‘rnatiladigan bo‘g‘izlar bilan tugaydi. Ressorli osmalar aravacha ramasi va buksalar o‘rtasida oraliq zveno bo‘lib, g‘ildiraklar yo‘l notekisligini o‘tgan vaqtida bo‘ladigan turtki va urilishlarni yumshatishga va yuklanishlarni g‘ildiraklar orasida bir tekis taqsimlashga xizmat qiladi. Ressorli osmalarning asosiy elementlari varaqalangan ressorlar, prujinalar, ayrimlarida pnevmoressorlar, balansirlar (muvozanatlashtirgichlar), har xil konstruksiyali amortizatorlar va boshqa bog‘lovchi elementlardan iborat bo‘ladi. Zamonaviy elektrovozlarda yakka tartibli uzatmalar qo‘llanadi. Bunday uzatmalarda tortish dvigatellarini o‘rnatishning ikki usuli farqlanadi: tayanchli-o‘qli va ramali osmalar. Tayanchli – o‘qli osmalarda tortish dvigatelining tayanchi bir tomondan g‘ildirak juftlari o‘qiga ikki motorli – o‘qli podshipniklar yordamida, ikkinchi tomondan esa aravacha ramasining ko‘ndalang to‘siniga prujinalar orqali osib qo‘yiladi. Tortish kuchlari tishli g‘ildiraklar orqali uzatiladi. Konstruksion tezligi 130 km/soatdan yuqori bo‘lgan lokomotivlarda tortish dvigatellari ramali osmalar bilan aravacha ramasiga yumshatuvchi prujinalar bilan mahkamlanadi. Bunday o‘rnatish dinamik kuchlar ta’sirini kamaytirish va tortish dvigatellari nazoratini engillashtirish imkonini beradi. Shu qatorda, ramali osishda tortish kuchlarini dvigatel o‘qidan g‘ildirak juftlariga uzatish murakkablashadi, chunki g‘ildirak juftlari aravacha ramasiga nisbatan harakat vaqtida surilib turadi3. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling