Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Download 0.62 Mb.
|
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza 6 Poezdlarni xarakatini boshqarish Ma’ruza rejasi
- Kalit so‘zlar
- Avtonom Noavtonom
Nazorat savollvri:
1. YUklar tashishni rejalashtirishlarni aytib o‘ting? 2. Ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash turlari 3. YUk va tijorat ishlarini qanday tashkil etiladi? 4. Temir yo‘llarda tashishni tashkil qilish qanday olib boriladi? Ma’ruza 6 Poezdlarni xarakatini boshqarish Ma’ruza rejasi 6.1. Temir yo‘l transportida tortuvchi harakat tarkiblarining rivojlanishi. 6.2. Temir yo‘l transportida avtonom tortuvchi harakat tarkiblari. 6.3. Temir yo‘l transportida noavtonom tortuvchi harakat tarkiblari. Kalit so‘zlar: Avtonom harakat tarkibi, noavtonom harakat tarkibi, yakka uzatmali, o‘zaro sharnirli,bir fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrovozlar,elektr uzatishli teplovozlar TE, gidro uzatishlilari GE. 6.1. Temir yo‘l transportida tortuvchi harakat tarkiblarining rivojlanishi Poezdlarning harakatlanishini nazorat qilish uchun qabul qilingan tizim poezdlarning har ikki yo'nalishda ishlashiga imkon beradi, shuningdek, poezdlarni tezroq poezdlarni bosib o'tishga imkon beradi, shu bilan poezdlarning to'liq xavfsizligini ta'minlaydi. 6.1.rasm1 Temir yo‘llarda poyezdlar harakati tortuvchi harakat tarkibi yordamida amalga oshiriladi. Ular lokomotivlar va motorvagonli harakat tarkibidan iborat bo‘lib, keyingisi motorli va tirkama vagonlardan tuziladi (6.1-rasm). 6.1-jadval Temir yo‘l transportida tortuvchi harakat tarkiblarining turlari
Lokomotiv va motorli vagonlarda birlamchi manbadan olingan elektr energiyasi poyezdni harakatlantiruvchi mexanik energiyaga (tortuvchi kuchga) aylantiriladi. Dastlab, lokomotivlarda yoqilg‘i yonishida hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasi mexanik tortuvchi energiyaga bug‘ qozoni va bug‘ mashinasi yordamida aylantirilar edi. Bunday lokomotivlarni parovoz deb atadilar. Parovozlar temir yo‘l tarixida uzoq yillar (100 yildan ortiq) asosiy tortuvchi kuch sifatida xizmat qildi. Keyinchalik bug‘ mashinalari o‘rniga takomillashgan issiqlik dvigatellari - dizellar va gaz turbinalari kirib keldi. Porshenli ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan lokomotivlar teplovoz, gaz turbinali mashina bilan jihozlangan lokomotivlar gazoturbovoz deb ataladi. Parovozlar, teplovozlar va gazoturbovozlar avtonom lokomotivlar bo‘lib, ularning harakati uchun mexanik energiya manbai lokomotivning o‘zida joylashadi va bunday lokomotivlarning har biri mustaqil harakatlana oladi. Transport texnikasining keyingi taraqqiyoti avtonom bo‘lmagan lokomotiv va motorli vagonlarning yaratilishiga olib keldi. Avtonom lokomotivlardan farqli o‘laroq bunday noavtonom lokomotivlarda boshlang‘ich energiya tashqi manbalardan beriladi. Lokomotiv yoki motorli vagonda ushbu elektr energiya poyezdni harakatlantiruvchi mexanik energiyaga aylantiriladi. Noavtonom harakat tarkibi elektr ta’minotini umumiy energiya tizimidan tortish nimstansiyalari va temir yo‘l ustidan o‘tkazilgan kontakt tarmoqlari orqali oladi. Elektrli tortishda lokomotiv quvvati birlamchi dvigatel bo‘yicha amalda chegaralanmaydi va shu sababli, elektrovozlar avtonom lokomotivlarga nisbatan o‘ta quvvatli bo‘lishi mumkin. Noavtonom lokomotivlar tomonidan sarflanadigan energiya elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Elektrli tortishda issiqlik elektr stansiyalari energiyasidan foydalanadigan lokomotivlar-ning foydali ish koeffitsienti (F.I.K) 25-26% tashkil etadi. Agar elektr ta’minotida gidroelektr stansiyalarining ulushini qo‘shib hisoblansa, u holda F.I.K. 32% gacha ko‘tariladi. Issiqlik dvigatellarining turi va ishlash darajasiga qarab avtonom lokomotivlarning F.I.K. teplovozlarda 29-31% ni, parovozlarda esa 5-7% tashkil etadi. Dizel tejamkorligini oshirish va ishlatishni yaxshilash hisobiga teplovozlarning F.I.K. bir muncha oshirilishi mumkin. Elektrovozlarning tortish elektr dvigatellari etakchi ko‘tarilish qiyaliklarida nominaldan ortiq bo‘lgan yuklamali rejimda harakatlanish imkonini beradi. Faqat bunda elektr dvigatellari chulg‘amlarining qizishi yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshib ketmasligi kerak. Motorli vagonlarning elektr dvigatellari odatda tezlanish vaqtida nominal rejimdan yuqori toklarda ishlaydi. Elektrovozlar tormozlanish vaqtida poyezd harakati energiyasining bir qismini kontakt tarmoqlariga qaytarishi (rekuperativ tormozlanish) mumkin. Elektrovozlarda texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash xarajatlari avtonom lokomotivlarga nisbatan arzon. Elektrlashtirilgan yo‘llarning tashish qobiliyati elektrlashtirilmagan yo‘llarga nisbatan ancha yuqori, elektrovozlarning xizmat muddati katta. Ularni ta’mirlash teplovozlarga nisbatan ancha soda va ekologiyaga ta’siri kam. Temir yo‘llarni elektrli tortishga o‘tkazish juda katta boshlang‘ich kapital mablag‘larni talab etadi. Ammo ushbu ortiqcha xarajatlar harakat miqdori ko‘p bo‘lgan temir yo‘llarda qisqa muddatlarda o‘zini oqlaydi. Shular sababli ham O‘zbekiston temir yo‘llarining istiqbolli rivojlanishida elektrli tortishga o‘tish eng dolzarb yo‘nalishlardan biri etib qabul qilingan. Elektrlashtirilgan liniyalarda yuradigan motorovagon harakat tarkibi elektr poyezdi tarkibiga qo‘shiladigan elektr vagonlaridan iborat bo‘ladi. Elektrlashtirilmagan temir yo‘llarda dizel-poyezdlar qo‘llanadi. Lokomotivlardan farqli ravishda motorli vagonlar tortishga va yo‘lovchilarni olib yurishga mo‘ljallanadi. Poyezdni harakatlantiruvchi tortish kuchi dvigateldan g‘ildirak juftlariga aylanish momentini uzatish vaqtida g‘ildiraklarning rels bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Elektrovoz va teplovozlarda tortuvchi elektr dvigatellarining qo‘llanishi yakka va guruhli uzatmalarni qo‘llash imkonini beradi. Yakka uzatmada har bir harakatlanuvchi g‘ildirak jufti o‘zining tortish dvigateli bilan tishli bog‘lanadi. Guruhli uzatmada esa bir qattiq ramada joylashgan g‘ildirak juftlari o‘zaro oraliq tishli uzatmalar yordamida bog‘lanadi. Bunday lokomotivlarda kuzov massasi harakatlanuvchi g‘ildirak juftlariga tayanchlar, ayrim hollarda ikkilamchi oraliq ressorlari, aravacha ramasi, birlamchi ressorlar va buksalar orqali uzatiladi. Agar g‘ildirak juftlarining soni oltitadan oshmasa, bunday lokomotivlar bir kuzovli qilib ishlanadi va ularni bir seksiyali lokomotiv deb ataladi. G‘ildirak juftlari ko‘p bo‘lganda, lokomotiv kuzovi juda uzayib og‘irlashib ketadi, uning konstruksiyaviy tuzilishi murakkablashib burilish joylaridan o‘tishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunday lokomotivlarni ikki, ayrimlarini alohida uch kuzovli qilib o‘zaro avtoulagich (avtossep) yoki maxsus sharnirli biriktirgichlar yordamida ulaydilar. Bunday lokomotivlarni 2 yoki 3 seksiyali lokomotivlar deb ataydilar. Hozirda 4 seksiyali lokomotivlar ham ishlab chiqilgan. Seksiyali lokomotivlarning ayrimlari poyezdni alohida seksiya bilan mustaqil tortish qobiliyatiga ega. Harakat tarkibida g‘ildirak juftlarining joylashuvi, elektr dvigatellaridan g‘ildirak juftlariga uzatma turi va tortish kuchlarini uzatish usulini lokomotivning o‘qli tavsifi bilan ifodalash qabul qilingan bo‘lib, unda raqamlar bilan g‘ildiraklar juftlari soni ko‘rsatiladi. O‘qli tavsif ifodasida «-» belgisi ikki arava o‘zaro birikmasiz bo‘lib, ularning sharnirli (oshiq-moshiqli) bog‘lanishi yo‘qligini va harakatlanuvchi g‘ildiraklardan tortish kuchi lokomotiv avtoulagichiga aravacha orqali uzatilishini ko‘rsatadi. Agar harakatlantiruvchi g‘ildirak juftlari yakka uzatmali -yetakchi bo‘lsa, u holda o‘qlar sonini ko‘rsatuvchi raqamlar ostiga «0» indeksi qo‘yiladi. Masalan, o‘qli xarakteristkasi bo‘lgan elektrovozning harakatlantiruvchi g‘ildiraklari yakka uzatmali, uch o‘qli, o‘zaro sharnirli bog‘langan ikki aravachadan iborat. O‘qli teplovoz ikki seksiyali bo‘lib, uning har bir uch o‘qli aravachalari o‘zaro bog‘lanmagan, etakchi g‘ildirak juftlari yakka uzatmali va har bir seksiyasi mustaqil harakatlanish imkoniyatiga ega. Agar seksiyalar alohida yuraolmaydigan bo‘lsa, u holda ushbu o‘qli harakteristika ko‘rinishida bo‘lar edi. Har xil konstruksiyali lokomotiv va motor vagonli harakat vositalarini alohida harf yoki harflar birikmasi bilan belgilash qabul qilingan. Harakat tarkibining rusumi deb ataluvchi ushbu belgilarga qo‘shimcha kichik indekslar qo‘yiladi. Raqamlar g‘ildirak o‘qlari soni, elektr toki turi, ayrimlari esa g‘ildirak juftlarining relsga bosimi haqida ham ma’lumot beradi. Bir fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrovozlarning rusumlari: to‘rt o‘qlilari uchun VL40 dan VL59, olti o‘qlilari VL60 dan VL79, sakkiz o‘qlilari VL80 dan VL99 gacha belgilanadi. O‘zgarmas tok elektrovozlari: olti o‘qlilari VL19 dan VL39 gacha, sakkiz o‘qlilari VL8 dan VL18 gacha belgilanadi. 6.1-jadvalda temir yo‘l hamkorlik tashkiloti (OSJD)ga a’zo davlatlar temir yo‘llarining lokomotiv parklari haqida ma’lumot keltirilgan. 6.1-rasmda Temir yo‘l vazirligi (MPS) va “Rossiya temir yo‘llari” OAJ tomonidan 1970-2015 yillarda sotib olingan lokomotivlar haqida ma’lumot ko`rsatilgan. 4.1-jadvalda Koreya davlatining dizel dvigatelli lokomotiv parki haqida ma’lumot keltirilgan2. Chexoslovakiyada ishlangan va MDH davlatlarida qo‘llanadigan yo‘lovchi poyezdi elektrovozlari CHS rusumida yuritiladi. Masalan: elektrovoz CHS 200 soatiga 200 km tezlikda harakatlanadi. Modernizatsiya qilingan zamonaviy elektrovozlar VL22M, kremniyli tok to‘g‘rilagichi bo‘lgan elektrovozlar VL60K, rekuperativ tormozli VL80 elektrovozi VL80T bilan belgilanadi. O‘zbekiston temir yo‘llarida zamonaviy rusumli elektrovozlar ishlatilmoqda. Uzatgichlar teplovozni joyidan siljitishni ta’minlaydi va dizel quvvatini har xil tezliklarda ham to‘liq ishlatishga imkon beradi. Uzatgichlar –elektrli, mexanik va gidravlik bo‘lishi mumkin. 6.1-jadval Temir yo‘l hamkorlik tashkiloti (OSJD)ga a’zo davlatlar temir yo‘llarining lokomotiv parklari haqida ma’lumot (2015 yil holatiga)
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling