Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Lokomotivlarning aylanma uchastkalari
Download 0.62 Mb.
|
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3 Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari
4.2. Lokomotivlarning aylanma uchastkalari
Lokomotivlarning aylanish uchastkalari- lokomotivlarning ishi aylanish punktlaridagi stansiya bilan chegaralangan temir yo’l tarmog’ining bir qismidir. Shu turdagi barcha lokomotivlarning ishi, poyezdlar bilan qo’shilishi (yoki ajratib olinishi) va jo’natilishi (yoki ajratib olinishi) faqat bir-biriga qarama-qarshi keluvchi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, lokomotivlarning uchastkadan uchastkaga tasodifan ustun kelishi davomida ta’mirlash ishlari, texnik xizmat ko’rsatish, TO-3 yoki TO-4 yoki sozlash bo’yicha ishlar ham amalga oshiriladi. Lokomotivlarning aylanish sxemasining mos kelishida va uchastkalarning turi bo’yicha tarmoqlanishida lokomotivlarning bir-biri bilan kelish va ketish vaqtlari ko’zda tutiladi. Lokomotivlarning aylanish sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: qisqa aylanish uchastkasi, uzaytirilgan va tarmoqlangan uchastkalarga bo’linadi. Lokomotivlarning qisqa aylanish uchastkalari – lokomotiv brigadalarining ishi, ushbu uchastka ishiga mos kelishi kuzatiladiga temir yo’l liniyasining qismi. Poyezd lokomotivlari qisqa uchastkalardagi lokomotivlardan foydalanish ko’rsatkichi bo’yicha bir yoki bir necha uchastkalarga xizmat qiladi. II kategoriya lokomotiv brigadalarining ish uchastkalarida oborot punktida almashtirish bilan yurishlar qatnovini mustahkamlab qo’llash mumkin. Shuningdek, lokomotivlarni reyslar bo’yicha jo’natilishi, yetib borishi, kelishi brigadaning ishlashi dam olishi ta’minlangan. 4.3 Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari ularning ish unumdorligiga bog’liq. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining mehnat sharoiti va dam olishi, keng o’rinda brigadalarini boshqarish sxemasidan joy olgan. Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari quyidagicha: Yelkali (oddiy)- ular birgina ro’yxatdan o’tgan punktda xizmat ko’rsatiladigan lokomotiv brigadalarining ish uchastkasi. Qoplanadigan usulda lokomotiv brigadalarining yo’lda yurishi bir oyda 20-30 soat ni tashkil etsa, uyda dam olishi esa ishlagan soatining 2%-4% ga teng deb belgilangan . Mashinistlarning va ular yordamchilarining ish unumdorligining qisqarishi, yo’lovchilar bilan borib kelishi hisobidan ham yo’qotilishi mumkin. Harakat turlari bo’yicha lokomotiv brigadalari quyidagicha farqlanadi: Bo’lingan – lokomotiv brigadalarining qaysidir turida (yuk yoki yo’lovchi) poyezdda birga kuzatib boradi. Aralash – mashinistlarning va ularning yordamchilari kelishuvi bilan birga yo’lovchi va yuk poyezdlarining bittasida kuzatib boradi. Mashinistlar guruhi yuk poyezdlari va yo’lovchi tashish harakat huquqiga ega bo’lishi kerak. Bo’lingan xizmat ko’rsatishning o’rniga aralashgan xizmatni qo’llash (agar ushbu uchastka sharoitlariga to’g’ri kelsa) brigadalarning belgilangan joyda bo’lishini 20-30% ga kamaytiradi va mashinistlar va yordamchilarini ish samaradorligini 5-7% ga oshiradi. Texnik xizmat ko’rsatish uchun uskunalar maxsus belgilangan punktlar (stansiyalarda to’planadi)da va maxsus lokomotiv depolarida tashkil etiladi. Ulardan: ta’mirlash deposi, ekspulalatsion depo va boshqalar. Bazaviy ta’mirlash deposi o’rtacha lokomotivlarni ta’mirini ta’minlaydi. Bazaviy ta’mirlash deposi lokomotivga xizmat ko’rsatadigan bir yoki undan ko’p uchaskalarda kiritilgan. Bazaviy ta’mirlash depo korxonasi joriy remont turlarini bajarish uchun tayinlangan va lokomotiv parklarining texnik xizmatlari uchun ham xizmat qiladi. Bazaviy ekspulatatsion deposiga bir yoki bir necha uchastka xizmatini bajarayotgan lokomotiv brigadalari guruhlari yozilgan. Bazaviy ekspulatatsion depo korxonasi, lokomativ brigadalarining smena va dam olishini tashkillashtirish uchun tayinlangan. Bazaviy ekspulatatsion depo korxonasida lokomativ brigadalari ishlash uchun guvohnoma olmaydi. Lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish (PTOL) punktlarida TO-2 (texnik ko’rik) yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Yurish qismlari, tormozlash sistemalari , yuk tortish dvigatellari, yordamchi agregatlar, transformatorlar, elektr apparatlarini tekshirish va sozlash ishlari qulay tarzda olib boriladi. Lokomotiv ekipirovkasi- navbatdagi safarga lokomotivni tayyorlash, ya’ni navbatdagi tekshirish ekipirovkasigacha lokomotivni yoqilg’i taminoti ( barcha elektrovozlardan tashqari ) moylovchi moylar, qumlar, suv, tozalash materiallari bilan ta’minlash ishlari kiradi. Lokomotivlar ekipirovkasi maxsus jihozlashgan yo’llarda yoki yopiq ekipirovkali binolarda amalga oshiriladi. Lokomotiv ekipirovkalari texnik ko’rik TO-2 bilan mujassamlashtirilgan. Lokomotiv brigadasining smena punktlari ularning almashinishlari uchun oldindan tayinlanadi va joylashtiriladi. Lokomotiv brigadasining ro’yxatga olish punktlari esa qoidadagidek ularning aholi joyi yaqinligi bo’yicha joylashtiriladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling