Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Lokomotiv parkining tasniflanishi
Download 0.62 Mb.
|
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7
3.2. Lokomotiv parkining tasniflanishi.
Harakat turlari va bajariladigan ishlari tavsifiga ko‘ra lokomotiv parki quyidagi guruhlarga ajratiladi: yo‘lovchi, yuk, uzatib o‘tkazish va olib chiqish, xo‘jalik, itarib harakatlantiruvchi, maxsus manevrli va boshqa ishlarda bandlarga. Manevr lokomotivlari poezdlarni shakllantirish va ajratib tashlash, yo‘llarga vagonlarni uzatish va yo‘ldan olib chiqish, yuklash va yuk tushirish uchun qo‘llanadi. Uzatib o‘tkazish va olib chiqish lokomotivlari poezdlarni yoki vagonlar guruhlarini yaqin joylashgan saralash yoki boshqa stansiyalar orasida uzelning bitta stansiyasidan ikkinchisiga o‘tkazish bilan band bo‘ladi. Xo‘jalik ishida band bo‘lgan lokomotivlar davlat tashish ishlari rejasiga kirmaydigan temir yo‘lning o‘zini extiyojini qondirish uchun zarur yuklarni (yo‘lni joriy soz holatda saqlash uchun zarur bo‘lgan rels, shpala, ballast, shag‘al, qum, hamda suv, qor, axlat) tashiydi. Boshqa ishlarda band lokomotivlar qatoriga yong‘in va yordamchi poezdlarga xizmat ko‘rsatuvchi lokomotivlar kiradi. Qo‘shimcha ishlarni bajaruvchi, itarib turuvchi yoki ish kutib turgan yakka o‘zi yoki qo‘sh tortuvda harakatlanuvchi lokomotivlar qanday turdagi ish bajaradigan bo‘lsa, aynan shu turga mansub bo‘ladi. Lokomotiv parkini harakat va ish turiga ko‘ra lokomotivlarning umumiy soniga nisbatan foizda taqribiy bo‘linishi jadval.1 ko‘rsatilgan. “O‘TY”AJ lokomotivlar ekspluatatsiyasi Boshqarmasi tomonidan barcha lokomotivlar balansda turgan va deponing inventar parkini tashkil etadigan depolar bo‘yicha taqsimlanadi. Lokomotivlarni yo‘l va depolar bo‘yicha son jihatdan taqsimlanishi barcha qo‘shimcha ishlar turi va belgilangan vazn (massa)ga ega poezdlarni olib yurishni ta’daqlanishi asosida yillik yuk aylanishi va yo‘lovchi aylanishi hajmiga ko‘ra aniqlanadi. Jadval 3.1
“O‘TY”AJ lokomotivlar ekspluatatsiyasi Boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan lokomotivlarni qisman yo‘l bo‘ylab joyini o‘zgartirish amalga oshiriladi, bu odatda tashish ishlari hajdaqi o‘zgarishi, poezdlar harakati tezligini va belgilangan massasini o‘zgartirish, temir yo‘llarni elektrifikatsiyalash, yangi temir yo‘l yo‘nalishlarni qurilishi va h.k. bilan bog‘liq bo‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling