Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi


Download 0.62 Mb.
bet8/23
Sana13.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1770962
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7

Nazorat savollari:
1. Lokomotivni almashtirish uchastkasi nima asosida aniqlanadi?
2. Lokomotivlarning turlari?
3. Lokomotivlarni qayta ishlash xizmatiga tayyorlash nima?
5. Lokomotivning ekipirovkasi nima?
4-MA’RUZA.
Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish
Ma’ruza rejasi:
4.1. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilishning zamonaviy tizimi.
4.2. Lokomotivlarning aylanma uchastkalari.
4.3. Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari.
4.4. Lokomotivlarni tasnifi.


Kalit so‘zlar:Lokomotivlarning aylanish uchastkalari, TO-3, TO-4 texnik ko’riklar, tortish yelkalari, bazaviy ta’mirlash deposi.


4.1 Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilishning zamonaviy tizimi



4.1.rasm1
Zamonaviy dizel lokomotiv elektr lokomotivning o'ziga xos versiyasidir. Elektr lokomotivi singari, u elektr dvigatelga ega bo'lib, dvigatellarni boshqaruvchi tortish motorlari ko'rinishida va elektron boshqaruv vositalari bilan boshqariladi. Bundan tashqari, poezd uchun sovutish, yoritish, isitish, tormozlash va mehmonxona quvvatining (agar kerak bo'lsa) bir xil yordamchi tizimlari mavjud. Xuddi shu yo'nalishlarda (odatda) ishlaydi va bir xil drayvlar tomonidan boshqarilishi mumkin. Bu, asosan, o'zining ishlab chiqaruvchi stantsiyasini atrofdagi simlar yoki uchinchi temir yo'l orqali uzatuvchi stansiyaga ulanmaganligi o'rniga, uning atrofidagilar bilan taqqoslanadi. Ishlab chiqaruvchi stantsiya elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi alternatorga ulangan katta dizel dvigateldan iborat. Yoqilg'i idishi ham zarur. Ta'kidlash joizki, zamonaviy dizel lokomotiv shu kabi og'irlikdagi elektr lokomotivning taxminan 35 foizini ishlab chiqaradi.
Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish- bu liniyadagi lokomotivlardan foydalanish va xizmat qilishi, shuningdek, ta'mirlash va safarga tayyorgarlik tizimi bilan bog'liq bo'lgan chora-tadbirlar majmuidir. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish poyezdlar harakatini tashkil etishda asosiy qism sifatida qaraladi. Poyezdlar harakati lokomotivlarning aylanish hududlarida estafeta ko'rinishida amalga oshiriladi. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tizimi lokomotiv guruhlarini boshqarish ishlari, texnik-texnologiya xizmatlari va depodagi lokomotivlarni tamirlash ishlarini, shuningdek ma'lum darajada yangi lokomotivlarni loyihalash uchun konstruktiv yechimlarni belgilab beradi va mashinistlar va ularning yordamchilari uchun belgilangan ish rejimini va dam olishni ta'minlashda hal qilishda katta rol o'ynaydi. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tizimi depo ishlariga, stansiyalarning texnologik jarayonlariga, vagonlarga xizmat ko'rsatish punktlariga, shuningdek, poyezdlarni harakat grafiklariga va poyezdlar tuzish rejalariga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Temir yo’lning operatsion ishlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya ishlarini boshqarish, ekspluatatsiya uslublarini optimallashtirish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:

  • temir yo'l tarmoqlarida tortish turlari va lokomotivlar seriyalarini aniqlash, shuningdek, poyezd sostavlarining massasini aniqlash;

  • ularning xizmat ko’rsatish sxemalarini tanlash va lokomotivlarning aylanish hududlari va lokomotiv brigadalari ishini taqsimlash;

  • lokomotiv ishlarini tashkil etish;

  • lokomotiv parkini kundalik, oylik va yillik rejalarga me’yorlash;

  • brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko'rsatishni tashkil qilish;

  • operativ rejalashtirish va lokomotivlarning va lokomotiv brigadalarini ishini tartibga solish (ya'ni lokomotivlarni ekspluatatsiyasini operativ boshqarish);

  • poezdlar boshqaruvining ratsional usullarini tanlash;

  • lokomotivlardan foydalanish ko'rsatkichlari tizimini takomillashtirish.

Mamlakatimiz va chet el zavodlari tomonidan juda ko'p har xil turdagi lokomotivlar temir yo'l uchun ishlab chiqarilmoqda. Ilgari ko'pincha yangi parovozlar, teplovozlarni loyihalashtirish ayrim temir yo'llar uchun avvalgi turdagi lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tajribasini hisobga olmagan holda tashkil etilgan edi. Ko'pgina hollarda, bu lokomotivlarning asosiy ish o'lchamlariga yaqinroq bo'lgan, lekin ushbu vaqtda ikkita yoki bir nechta uzellarning va lokomotivlarning o'zaro almashinuvi hisobga olinmagan, ularning turlari qoniqarsiz tuzilishga ega bo'lgan. Albatta, lokomotivlarni foydalanishga tarqatilishida esa ma’lum bir chegaraga bo'lgan.
Mahalliy temir yo'l transportini rivojlantirish jarayonida lokomotivlarni boshqarish tizimi yaxshilandi. Shu bilan birga brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko’rsatish usullarida, lokomotivlarning aylanish hududlari uzunliklarida, yuk ko'chma sostavlar tamirlash texnologiyasida va shuningdek lokomotivlardan foydalanish (ekspluatatsiya) usullarida bir qancha o'zgarish sodir bo'lgan. Masalan, 1927-1930 yillarda bug' kuchi bilan tortishga ega bo'lgan smenali yurishlarni ommaviy qo'llanilishi yuzaga kelgan. Lekin, lokomotiv parkini texnik ta'minotiga e'tibor zaiflashib borgan va natijada, avval qo'llanilgan yurishga qaytilgan. 1956-yil boshlaridan paravozlarni elektrovoz va teplovozlarga almashtirish ishlari boshlandi. Yangi shakldagi lokomotivlar esa lokomotivlar eksplutatsiya uslublarini, ularning xizmat ko’rsatuvchi smenali lokomotiv brigadalari va 1000 km gacha bo’lgan masofada lokomotivlarning vagonlardan ajralmay yurishini ta’minlab berdi. Shu bilan birga lokomotivlarning joriy ta’mirlanishi va texnik xizmat ko’rsatish ham o’zgardi. Shu jumladan, og’ir vazndagi poyezdlarning yurish masofasi va harakat tezligi ham ortdi. Ularning tortish yelkalari ya’ni yurish masofasi 100-120 km bo’lgan edi. Shundan so’ng uchastkalardagi harakatlar uzaytirildi va keng tarmoqlarga bo’lindi, 600-800 km masofalarga birlashtirildi. Uchastka va saralash stansiyalarida befoyda turib qolishi vaqti qisqardi, o’rtacha kunlik bosib o’tilgan masofasi oshishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining mehnat unumdorligi ancha oshirildi. Lokomotiv brigadalarining dam olishi va ish sharoitlari ancha yaxshilandi. Ya’ni yo’lda yuradigan ishchilarning shart-sharoitlari yaxshilab tuzib berildi. Aynan ularning ish grafiklarini keng ma’noda qo’llanilishi ta’minlab berildi. Lokomotiv brigadalarining tezkor ko’nikish imkoniyatlari o’zgaruvchan jarayon shartlariga ancha moslashdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling