Ma’ruza 1 “Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatish asoslari” faniga kirish Ma’ruza rejasi


Download 0.62 Mb.
bet4/23
Sana13.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1770962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Фойдаланиш ва таъмирлаш маъруза 1-7

2.2.Lokomotivlarni boshqarish
Lokomotiv xo‘jaligi temir yo‘llarda tashish ishlarini tortish vositalari bilan ta’minlash va ularni texnik talablari bo‘yicha saqlash ishlarini olib boradi. Bu xo‘jalikning asosiy qurilma va inshootlari lokomotiv depolari, lokomotivlarning ayrim uzellarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslpashtirilgan ustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari, lokomotivlarni ekipirovka qilish (moddiy ta’minlash) va brigadalarni almashtirish punktlari va zahiradagi lokomotivlar bazalari kiradi.
Ekipirovka lokomotivni yoqilg‘i, suv, qum, moylash va artish materiallari bilan ta’minlab, ishlashga tayyorlash jarayonlarini o‘z ichigi oladi.
Lokomotiv deposi lokomotiv xo‘jaligidagi asosiy ishlab chiqarish birligi bo‘lib, ular uchastka, saralash va yirik yo‘lovchi stansiyalarida quriladi. YUk va yo‘lovchi poezdlari uchun biriktirilgan lokomotivlar parki bo‘lgan, lokomotiv binolari, ustaxonalar va boshqa ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari bo‘lgan, lokomotivlarni joriy ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekipirovka qurilmalari bilan jihozlangan depolar asosiy depo deb ataladi.
Ta’mirlash ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish va ishlab - chiqarish kuchlaridan unumli foydalanish maqsadida temir yo‘llarda ta’mirlash bazalari – ta’mirlash va lokomotivlar turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan depolar ham bunyod etiladi. Masalan, lokomotivlarni ko‘tarma (pod’yomochno‘y) ta’mirlash o‘ta yirik va tegishlicha jihozlangan depoda bajarilib, boshqa depolar ushbu turdagi ta’mirlash ishlaridan ozod etilishi mumkin. Bunday katta ta’mirlash bazalari o‘zining biriktirilgan lokomotiv parkiga ega bo‘lmasliklari ham mumkin.
Lokomotiv tortish turi bo‘yicha depolar quyidagicha bo‘linadi: teplovoz, elektrovoz, motorvagon, dizel, parovoz va aralash depolar. Katta temir yo‘l uzellarida yuk va yo‘lovchi lokomotivlarini ta’mirlovchi alohida depolar qurilishi mumkin.
qaytish punktlarida lokomotivlar poezdlarni orqaga olib qaytish uchun kutib turadi. Bu vaqt mobaynida ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi va lokomotivlar ekipirovka qilinadi.
Brigadalarni almashtirish punktlari asosan uchastka stansiyalarida olib boriladi va ushbu punktlar brigadalarning meyoriy beto‘xtov ishlash vaqtini hisobga olib joylashtiriladi.
Ekipirovka punktlari depo maydonida joylashtiriladi. Ayrim hollarda ekipirovka qurilmalari poezdlarni qabul – jo‘natish yo‘llarida joylashib, lokomotivlarni joyida poezddan ajralmagan holda ta’minlash imkonini beradi.
Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari lokomotiv depolarida, lokomotivlarni ortga qaytarish va ekipirovka qilish punktlarida joylashadi.
Lokomotiv depolari, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari, ustaxonalar, ekipirovka va boshqa inshootlarning joylashuvi va jihozlanishi lokomotivlardan unumli foydalanish, belgilangan miqdorda poezdlarning yurishini ta’minlash, lokomotivlardan unumli va sifatli foydalanish, lokomotivlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish va mehnat unumdorligini ta’minlashi kerak. Barcha lokomotivlar temir yo‘l yoki depo balansiga qo‘yilib inventar parkini tashkil etadi. Bu lokomotivlar ishlatiladigan va ishlatilmaydigan parklarga bo‘linadi.
Ishlatiladigan park ishlayotgan (harakatdagi), ekipirovkada turgan, texnik xizmat ko‘rsatilayotgan, qabul qilish va topshirish jarayonida bo‘lgan va poezdga qo‘shishni kutayotgan lokomotivlardan iborat bo‘ladi. Ishlatilmaydigan park esa ta’mirlash jarayonida zahirada turgan, hamda sovuq (o‘chirilgan) holda tashish jarayonida bo‘lgan lokomotivlardan tashkil topadi.
Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish- bu liniyadagi lokomotivlardan foydalanish va xizmat qilishi, shuningdek, ta'mirlash va safarga tayyorgarlik tizimi bilan bog'liq bo'lgan chora-tadbirlar majmuidir. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish poyezdlar harakatini tashkil etishda asosiy qism sifatida qaraladi. Poyezdlar harakati lokomotivlarning aylanish hududlarida estafeta ko'rinishida amalga oshiriladi. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tizimi lokomotiv guruhlarini boshqarish ishlari, texnik-texnologiya xizmatlari va depodagi lokomotivlarni tamirlash ishlarini, shuningdek ma'lum darajada yangi lokomotivlarni loyihalash uchun konstruktiv yechimlarni belgilab beradi va mashinistlar va ularning yordamchilari uchun belgilangan ish rejimini va dam olishni ta'minlashda hal qilishda katta rol o'ynaydi. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tizimi depo ishlariga, stansiyalarning texnologik jarayonlariga, vagonlarga xizmat ko'rsatish punktlariga, shuningdek, poyezdlarni harakat grafiklariga va poyezdlar tuzish rejalariga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Temir yo’lning operatsion ishlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya ishlarini boshqarish, ekspluatatsiya uslublarini optimallashtirish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:

  • temir yo'l tarmoqlarida tortish turlari va lokomotivlar seriyalarini aniqlash, shuningdek, poyezd sostavlarining massasini aniqlash;

  • ularning xizmat ko’rsatish sxemalarini tanlash va lokomotivlarning aylanish hududlari va lokomotiv brigadalari ishini taqsimlash;

  • lokomotiv ishlarini tashkil etish;

  • lokomotiv parkini kundalik, oylik va yillik rejalarga me’yorlash;

  • brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko'rsatishni tashkil qilish;

  • operativ rejalashtirish va lokomotivlarning va lokomotiv brigadalarini ishini tartibga solish (ya'ni lokomotivlarni ekspluatatsiyasini operativ boshqarish);

  • poezdlar boshqaruvining ratsional usullarini tanlash;

  • lokomotivlardan foydalanish ko'rsatkichlari tizimini takomillashtirish.

Mamlakatimiz va chet el zavodlari tomonidan juda ko'p har xil turdagi lokomotivlar temir yo'l uchun ishlab chiqarilmoqda. Ilgari ko'pincha yangi parovozlar, teplovozlarni loyihalashtirish ayrim temir yo'llar uchun avvalgi turdagi lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tajribasini hisobga olmagan holda tashkil etilgan edi. Ko'pgina hollarda, bu lokomotivlarning asosiy ish o'lchamlariga yaqinroq bo'lgan, lekin ushbu vaqtda ikkita yoki bir nechta uzellarning va lokomotivlarning o'zaro almashinuvi hisobga olinmagan, ularning turlari qoniqarsiz tuzilishga ega bo'lgan. Albatta, lokomotivlarni foydalanishga tarqatilishida esa ma’lum bir chegaraga bo'lgan.
Mahalliy temir yo'l transportini rivojlantirish jarayonida lokomotivlarni boshqarish tizimi yaxshilandi. Shu bilan birga brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko’rsatish usullarida, lokomotivlarning aylanish hududlari uzunliklarida, yuk ko'chma sostavlar tamirlash texnologiyasida va shuningdek lokomotivlardan foydalanish (ekspluatatsiya) usullarida bir qancha o'zgarish sodir bo'lgan. Masalan, 1927-1930 yillarda bug' kuchi bilan tortishga ega bo'lgan smenali yurishlarni ommaviy qo'llanilishi yuzaga kelgan. Lekin, lokomotiv parkini texnik ta'minotiga e'tibor zaiflashib borgan va natijada, avval qo'llanilgan yurishga qaytilgan. 1956-yil boshlaridan paravozlarni elektrovoz va teplovozlarga almashtirish ishlari boshlandi. Yangi shakldagi lokomotivlar esa lokomotivlar eksplutatsiya uslublarini, ularning xizmat ko’rsatuvchi smenali lokomotiv brigadalari va 1000 km gacha bo’lgan masofada lokomotivlarning vagonlardan ajralmay yurishini ta’minlab berdi. Shu bilan birga lokomotivlarning joriy ta’mirlanishi va texnik xizmat ko’rsatish ham o’zgardi. Shu jumladan, og’ir vazndagi poyezdlarning yurish masofasi va harakat tezligi ham ortdi. Ularning tortish yelkalari ya’ni yurish masofasi 100-120 km bo’lgan edi. Shundan so’ng uchastkalardagi harakatlar uzaytirildi va keng tarmoqlarga bo’lindi, 600-800 km masofalarga birlashtirildi. Uchastka va saralash stansiyalarida befoyda turib qolishi vaqti qisqardi, o’rtacha kunlik bosib o’tilgan masofasi oshishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining mehnat unumdorligi ancha oshirildi. Lokomotiv brigadalarining dam olishi va ish sharoitlari ancha yaxshilandi. Ya’ni yo’lda yuradigan ishchilarning shart-sharoitlari yaxshilab tuzib berildi. Aynan ularning ish grafiklarini keng ma’noda qo’llanilishi ta’minlab berildi. Lokomotiv brigadalarining tezkor ko’nikish imkoniyatlari o’zgaruvchan jarayon shartlariga ancha moslashdi.
Lokomotiv parki – temir yo’lda ekspluatatsiya qilinadigan lokomotivlarning yig’ilish joyi.
Elektrovoz, teplovoz, gazoturbovoz, paravozlar va motovozlar temir yo’lda iqtisodiy tomonlama, yo’lovchi va yuk, eksport va uzatishni tashkil qilishiga qarab, lokomotivlar parkida guruhlarga bo’linadi, amalda ish tabiatiga qarab surish ishlari maxsus ishchi lokomotivlar bilan bajariladi. Uzatuvchi va olib chiquvchi lokomotivlar uzelning bir stansiyasi (Saralash stansiyalari yoki uchastka stansiyalari ) dan boshqa stansiyasiga vagon guruhlarini uzatib berish amallarini bajaradi. Xo’jalik ishlari bilan band bo’lgan lokomotivlar – xo’jalik lokomotivlari, temir yo’l uchun zarur bo’lgan yuklarni tashiydi (rels, shpallar, sheben va hokazo). Maxsus ish uchun foydalaniladigan lokomotivlar o’zlari bajarayotgan ishlarning turiga tegishlidir. Poyezdlarni tuzish va tarqatish, vagonlarni yuklash va tushirish yo’llariga olib kirib berish amallarini manyovr lokomotivlari bajaradi. Boshqa turdagi ish bilan bog’liq bo’lgan lokomotivlarga o’t o’chirish, tiklash, tiklash va qor tozalovchi va boshqa lokomotivlar kiradi
Lokomotivlarning inventar parki- bu ayrim temir yo’llarga ajralgan va yo’l balansida ko’rsatilgan lokomotivlar yo’llarining inventarizatsiyasini tashkillashtiradi.
Depoga qo’yilgan va balansda ko’rsatilgan lokomotivlar inventarizatsiya zaxirasini tashkil qiladi.
Lokomotiv parklarini inventarizatsiya qilish fizik konstruktiv birliklarda (masalan: elektr relsli qismlar uchastkalarda dizel poyezdlarda) hisoblab chiqiladi.
Lokomotiv parklari guruhlarga bo’linadi:

  • (temir yo’l) depo tasarrufida bo’lgan;

  • depo tasarufida bo’lmagan;

  • zaxira va ijaradagilar.

Lokomotivlar parki ( temir yo’lning) tasarrufida ishlaydigan (barcha turdagi ishlarda va transportirovkalarda, texnik operatsiyalarda, texnik xizmat ko’rsatishda va aylanma stansiyalarda ishlash uchun kutish bilan band bo’lgan lokomotivlar ulanishiga va boshqa ishlarda) va ekpulatatsiya qilinmayotgan (nosoz bo’lgan lokomotivlar, ta’mirlashning har-xil turi bilan band bo’lgan, ta’mirlanishini kutayotgan va inventar parkidan chetlashtirilgan, undan tashqari tamirlangan lokomotivlar, temir yo’lning zaxirasida bo’lgan va boshqatdan jihozlanishi va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan, ta’mirlash oralig’ida bo’lgan, statsionar qurilmalar sifatida ishlatilayotgan va boshqalar) lokomotiv va harakat birliklari mavjud. Bu ma’lumotlar maxsus xujjatda belgilanadi. Lokomotivlar hisobi muayyan miqdorda har doim Aksiyadorlik Jamiyati va yo’l zaxiralarida saqlanadi. Zaxira lomomotivlari lokomotiv hajmini va harakatini oshirish bilan birga, omborxona operatsiyalari uchun zarur sifatda ishlatiladi. Zaxiradagi lokomotivlarni yig’ib va ularga xizmat ko’rsatatish uchun maxsus baza yaratilgan. Zaxira lokomotivlari asosiy depo va boshqa punktlarga taqsimlanadi, va maxsus yo’llarga qo’yiladi.
Lokomotiv parki hisoblash soatlari (6:00 va 18:00) jismoniy birliklarda va o’rtacha kun yoki 10 yilga, shuningdek lokomotiv kundaligi hisobidan olinadi.
Muhim buxgalteriya hujjatlar orasida asosiysi bu depo navbatchisi tomonidan mashinist va uning yordamchisining yo’nalish bo’yicha hisobga olinishi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling