Ma’ruza-1 Mavzu: Immunologiya faniga kirish Reja


Zamonaviy immunologiyaning rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo’nalishlari


Download 20.98 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi20.98 Kb.
#218527
1   2   3   4
Bog'liq
1 m

3. Zamonaviy immunologiyaning rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo’nalishlari.

Keyingi 15–20 yil ichida immunologiya fani jadal taraqqiy etdi. Faoliyati bo`yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi T- va B- limfotsitlarning topilishi, immun-himoya jarayonlarida mikromuhit hujayralarining salmoqli roli borligining aniqlanishi hamda bu jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi moddalarning ochilishi immunitet to`g`risidagi tushunchalarni tubdan o`zgartirdi. SHozirgi zamon immuneologiyasi talqiniga ko'ra immunitet deganda organizmning genetik begona informatsiyani tashuvchi tirik tana va moddalardan o'zin himoya qilish xususiyati tushuniladi. Immunitet organizmni nafaat mikroblardan balki gistomansublikning atigi bitta geni bilan farq qiluvchi hujayra va to'qimalardan ham himoya qiladi. Bundan tashqari immunitetning asosiy vazifalaridan biri havfsiz va havfli o'smalarga qarshi kurash. Turli mikroorganizmlar, viruslar, ularning hayot faoliyatidagi ajratilgan mashsulotlari, o'sma hujayralari, transplantatlar, allergenlar, oqsillar, polisaxaridlar va boshqalar organizm uchun genetik begona hisoblanadi. Soʻnggi yillarda organizmning nospetsifik taʼsirlarga nisbatan biror turdagi hujayralar va mikromolekulalarga koʻsatadigan reaksiyasi ham oʻrganilmoqda. Bu soha noinfeksion Imunologiya. deb ataladi. Koʻp hujayrali har bir organizmdagi oqsillar va hujayra membranalari oʻziga xos tuzilgan. Tashqaridan kiritilgan hujayra va molekulalar organizm uchun begona bo’lib, organizmda ularni chiqarib yuborishga qaratilgan immun reaksiyalar ro’y beradi. Shuning uchun ko’chirib oʻtkazilgan organ va toʻqimalarni, eng takomillashgan jarrohlik texnikasi mavjudligiga qaramay, organizm qabul qilmaydi, chunki organ va toʻqimalar organizmga immunologik jihatdan toʻgʻri kelmaydi (toʻqimalarning bir-biriga nomutanosibligi, mos bo’lmasligi). Transplantatsion Immunologiya ana shu toʻsiqning kelib chiqish mexanizmlari va uni yengish masalalarini oʻrganadi. Noinfeksion Immunologiyaning o’smalar Immunologiyasi boʻlimi esa oʻsma antigenlarini aniqlab, xavfli oʻsmaga aylanib ketgan hujayralarni olib tashlash usullarini oʻrganadi.

Immunopatologiya — organizmga shikayast yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas, balki immun sistemasining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi. Bunda immun reaksiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga xam alohida eʼtibor beriladi.

Klinik Immunologiya — kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olish va davolash maqsadida immunologik reaksiyalardan foydalanish bilan shugʻullanadi. Nur taʼsirida organizm immun reaktivligining buzilishini oʻrganadigan radiatsion I., qon hujayralarining antigen tarkibi, qon sistemasining immunologik zararlanish sabablari va rivojlanish mexanizmini tekshiradigan immunogematologiya ham rivojlanmoqda.

Immunologiya immunoprofilaktika, immunoterapiya va immunodiagnostika metodlarini ishlab chiqadi. Tibbiyotning gematologiya, infektologiya, akusherlik, dermatologiya va h. k. sohalari hamda biol. ning biokimyo, embriologiya, genetika va antropologiya kabi sohalarida nozik tahlil (analiz)lar oʻtkazishda antigen (mikrob, virus, yot oqqsil moddalar va b.) bilan antitelolarning uzaro taʼsiri juda spetsifik boʻlishiga asoslangan immunologik tekshirish metodlari keng qoʻllaniladi.


Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling