Ma’ruza №1 Mavzu: Kirish. Raqamli qurilmalarga oid asboblar va standartlar. Integral mikrosxemalar. Bul algebrasining asosiy aksioma va qonunlari. Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari. Elektron kalit sxemalari


IMS ni loyihalashning asosiy jihatlari


Download 379.99 Kb.
bet7/8
Sana04.04.2023
Hajmi379.99 Kb.
#1324326
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mar 1

IMS ni loyihalashning asosiy jihatlari.
IMS ni loyihalash jarayonida asosiy elementlarning parametrlari aniqlanib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararli sig’im va oquvchanlik toklarining oldini olish choralari ko’rib chiqiladi. IMS loyihalashda bir yo’la bir necha element hosil qilinishi sababli ularning texnologiyaviy parametrlari birgalikda hisobga olinishi kerak, ya’ni ularning geometrik o’lchamlari, diffuziya jarayonlarining harorati, elementlarning kristallda joylashish topologiyasi o’zaro bog’liq holda loyihalanishi lozim.
IMS loyihalashning o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Hozirda IMS lar EHM larda loyihalanadi. Buning afzalligi shundaki, bunda maket-prototip tayyorlash zarurati bo’lmaydi. Deyarli barcha texnologiyaviy jarayonlarni dasturlash imkoniyati mavjud. Boshqacha qilib aytganda, berilgan
xarakteristikalarga ega bo’lgan IMS ni yaratish va uning parametrlarini nazorat qilishni modellashtirish mumkin.
2. IMS da deyarli hamma elementlar o’rnida aktiv elementlar ishlatiladi. Masalan, diod o’rnida bipolyar tranzistorning p-n o’tishlaridan biri ishlatilishi mumkin.
3. IMS loyihalash jarayonida issiqlik turg’unligini, kam quvvat sarfini ta’minlash imkoniyatlari mavjud.
4. Hozirgi kunda IMS lar yaratish, ularning parametrlarini nazorat qilish hamda tarkibiy va elektr sxemalarini modellashtirishning katta dasturiy bazasi yaratilgan bo’lib, bu yanada murakkabroq va mukammalroq IMS lar yaratish imkonini beradi.
IMS ni yaratish texnologyasining asosiy bosqichlari.
Yarim o’tkazgichli IMS ni ishlab chiqarish loyiha natijalari asosida aniqlangan parametrlarga ega bo’lgan elementlarni yaratishdan iborat bo’lgan quyidagi fizik – kimyoviy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
1. Yarim o’tkazgich namunani IMS yasash uchun tayyorlash jarayonlari;
2. Fotolitografiya jarayoni;
3. Diffuziya;
4. Epitaksiya;
5. Termik oksidlash;
6. Ion legirlash;
7. Metallash va boshqa yakunlovchi bosqichlar;
Quyida keltirilgan tizimda IMS ni ishlab chiqarish jarayonlari uni loyihalashdan to ishlatishga yaroqli tayyor mahsulot olishga qadar bo’lgan ketma-ketlikda aks ettirilgan.
Quyida keltirilgan rasmda IMS ishlab chiqarishning asosiy texnologiyaviy bosqichlari keltirilgan

Matematik mantiqning asosiy qismlaridan biri - mantiq algebrasi hisoblash mashinalarining asosi hisoblanadi. Mantiq algebrasi fikrlar bilan ish ko‘radi. Fikr deganda haqiqiy yoki yolg‘onligi nuqtai nazaridan bildirilgan har qanday tasdiq tushuniladi. Fikrning haqiqiyligi yoki yolg‘onligidan boshqa alomatlari (yaxshi, yomon, nodir va h.k) ehtiborga olinmaydi.


Mantiq algebrasida fikrlarning haqiqiyligi 1 bilan, yolg‘onligi 0 bilan tenglashtirish qabul qilingan. Fikrlarning bu ikkili tabiatiga mosligini hisobga olib, ularni mantiqiy o‘zgaruvchilar deb atashadi. Fikrlar yoki mantiqiy o‘zgaruvchilar oddiy bo‘ladi va lotin alifbosining kichik harflari - x, y, z, x1, x2, a, b, . . . bilan belgilanadi.
Oddiy fikrlardan mantiqiy o‘zgaruvchilarning ikkili funksiyalari hisoblanuvchi murakkab fikrlar tuziladi. Murakkab fikrlar katta harflar A, B, C, D, E, F, ... bilan belgilanadi va ko‘pincha mantiq algebrasining funksiyasi (MAF) deb ataladi.
Mantiq algebrasi elementar mantiqiy funksiyalar yordamida mantiq algebrasi funksiyalarini ifodalash va o‘zgartirish bilan shug‘ullanadi. MAF larini ifodalash va o‘zgartirish masalalari hisoblash mashinalarini loyihalashda keng qo‘llaniladi.
Elementar mantiqiy funksiyalar qatoriga avvalo bitta o‘zgaruvchi x ning elementar funksiyalarini kiritish mumkin. Bu funksiyalar haqiqiylik jadvali deb ataluvchi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Umuman, haqiqiylik jadvali argumentlarning (mantiqiy o‘zgaruvchilarning) mumkin bo‘lgan to‘plamlaridan har biriga mos funksiya qiymatini akslantiradi.
1.1-jadval

Funksiya

x argumentli funksiya qiymati

Funksiya belgisi

Funksiya
nomi

0

1

f0

0

0

0

doimo yolg‘on

f1

0

1

x

o‘zgaruvchi

f2

1

0

x

inkor

f3

1

1

1

doimo haqiqiy

Download 379.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling