Ma’ruza № 1
Mavzu: Kirish. Raqamli qurilmalarga oid asboblar va standartlar. Integral mikrosxemalar. Bul algebrasining asosiy aksioma va qonunlari. Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari. Elektron kalit sxemalari. Biplyar va MDYa tranzistorlar asosidayi raqamli IMS larning negiz elementlari.
Reja:
Raqamli qurilmalarga oid asboblar va standartlar.
Integral mikrosxemalar
Bul algebrasining asosiy aksioma va qonunlari.
Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari
Elektron kalit sxemalari. Biplyar va MDYa tranzistorlar asosidayi raqamli IMS larning negiz elementlari.
Tayanch so‘z va iboralar: Ikkilik arifmetika (qo‘shish, ayrish), uchta asosiy negizi: fizik, texnologik va sxemotexnik, Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, integral mikrosxemalar (IMS) va ularning klassifikatsiyasi, IMS seriyalari
Fanining maqsadi va vazifalari: “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanining maqsadi talabalarga turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirishni ishlab chiqish hamda algoritmlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat.
Fanning vazifasi esa talabalarni turli hil mahlumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o‘rgatishdan iboratdur.
Fanni o‘qitishda zamonaiy axborot va pedagogik texnologiyalar: Talabalarning “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanini o‘zlashtirishlari uchun, o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan hamda yangi pedagogik, informatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
O‘quv fanini talab darajasida o‘zlashtirish uchun uni o‘qitish jarayonida o‘qitishning interfaol usullaridan; kichik guruhlarlarda ishlash, aqliy xujum, muammoli o‘qitish hamda turli innovatsion metodlardan foydalanib talabalarning erkin va mustaqil ishlashini samarali tashkil etish maqsadida ularni qo‘yilgan o‘quv vazifalarini mustaqil bajarishni tashkil etish maqsadida axborot taxnologiyalari hamda axborot tahlim muhitidan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Fanni o‘zlashtirishda darslik internet va internet tarmoqlari, o‘quv va o‘quv qo‘llanmalar, mahruza matnlari, videomahruzalar, tarqatma materiallar, elektron mahruzalar, elektron qo‘llanmalardan foydalaniladi. [1]
Do'stlaringiz bilan baham: |