Ma’ruza-1 mavzu
Po‘latlarni termik ishlashda sodir bo‘ladigan strukturaviy o‘zgarishlar
Download 1,5 Mb.
|
Ma\'ruza
Po‘latlarni termik ishlashda sodir bo‘ladigan strukturaviy o‘zgarishlar.
Po‘latlarni termik ishlov berishdan asosiy maqsad uni austenit strukturasiga o‘tkazishdir. Austenitning hosil bo‘lishi tipik kristallanish jarayoni bo‘lib, -temir - temirga aylanishini va - temirda uglerodning erishini ta’minlaydi. Bir jinsli austenit olish uchun temperaturani yanada oshirish yoki ushbu temperaturada ma’lum vaqt po‘latni tutib turish kerak. Po‘latni qizdirganda austenit donalarining o‘sishi natijasida uning mustahkamligi pasayib borib zarbiy qovushqoqligi kamayadi va darzlar paydo bo‘ladi. Demak, po‘latning donalari qancha mayda bo‘lsa, uning xossalari shuncha o‘zgaradi. 10-rasm. Fe - Fe3C sistemasidagi po‘latga oid bo‘lgan holat diagrammasi. Uglerodli po‘latda donadorlikning o‘sishiga temperatura, qizdirish muddati undagi uglerod miqdori va po‘latlarni suyuqlantirishdagi oksidsizlantirish usullari ta’sir qiladi. Termik ishlov berishda qotishmalarni qizdirish temperaturalari temir-uglerod holat diagrammasidan foydalanib belgilanadi. Shuning uchun bu diagrammaning po‘latlarga oid qismi bilan tanishib chiqamiz. Diagrammadan (32-rasm) ko‘rinib turibdiki 727 0C dan pastda po‘latlar perlit va ferrit donalaridan iborat, po‘latdagi uglerod miqdori 0,8 % ga yetganda perlit donalaridan iborat bo‘ladi. Uglerod miqdori oshishi bilan ular perlit va sementit donalariga ajraladi. 727 0C dan temperatura osha borishi bilan yana bu donalar birlasha borib austenit donalariga aylanadi. Austenit donalarining o‘sishini oldini olish uchun legirlovchi elementlardan: xrom, vol‘fram, vanadiy, molibden va titan qo‘shiladi. Bu bilan po‘latdagi mayda donalar saqlanib qoladi va sifati ham yaxshilanadi. Po‘latni sovuta boshlaganda undagi donalar parchalana boshlaydi, ya’ni beqarorlashadi. Agar po‘lat asta sekin sovutilsa evtektoiddan oldingi po‘latlarda ferrit donalari, evtektoiddan keyingi po‘latlarda ikkilamchi sementit ajralib chiqadi. Austenit perlitga aylana boshlaydi. Agar austenit tez sovutilsa yangi mayda donli ferrit-sementitli aralashma paydo bo‘ladi. Sovutish tezligi qancha katta bo‘lsa aralashma shuncha mayda donli va yengil bo‘ladi. Download 1,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling