Ma’ruza-1 mavzu
Legirlangan po‘latlarni termik ishlash
Download 1.5 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA-11 MAVZU
- Sementitlash.
Legirlangan po‘latlarni termik ishlash
Uglerodli po‘latlar muhim mashinasozlik va asbobsozlik korxonalarining talablariga, ko‘p hollarga javob bera olmaydi. Bunday hollarda legirlangan po‘latlar ishlatiladi. Po‘lat tarkibiga kiritilgan ligerlovchi elementlar uning barcha xossalarini o‘zgartiradi. Jumladan termik ishlash jarayonida ham muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Legirlangan po‘latlarni termik ishlashni o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Bu xususiyat ularning tarkibidagi turli xil ligerlovchi elementlarning borligidadir. Legirlovchi elementlar po‘latning issiqlik o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va kritik nuqtalar vaziyatini o‘zgartiradi. Shu sababli ularni termik ishlashda qizdirish temperaturasi, qizdirish tezligi tutib turish vaqti, sovutish tezligi va sovutish usullari jihatidan ham po‘latlarni termik ishlash usullaridan farq qiladi. Legirlangan po‘latlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lganligi uchun termik ishlashda, ular sekin qizdiriladi, zarur temperaturada uzoq tutib turiladi va sekin sovutiladi. Sovutuvchi muhit sifatida moyli vannalar tanlanadi. MA’RUZA-11 MAVZU: Po‘latlarga kimyoviy-tеrmik ishlоv bеrish Reja: 1. Po‘lat yuzasini uglеrоdga bоyitish Po‘lat yuzasini azоt bilan bоyitish 3.Tеrmik ishlоv bеrish jihоzlari Po‘latlarni kimyoviy termik ishlash Kimyoviy-termik ishlash. Detal sirtqi qatlamining kimyoviy tarkibi, strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida unga ishlov berish jarayoni kimyoviy-termik ishlash deb ataladi. Detal sirtqi qatlamining kimyoviy tarkibi tashqi kimyoviy aktiv muhit bilan detal materiali orasida boradigan kimyoviy reaksiya hisobiga o‘zgartiriladi. Buning uchun detal kimyoviy aktiv muhitda ma’lum temperaturagacha qizdiriladi, natijada muhit atomlari detalning sirtqi qatlamiga, aniqrog‘i, sirtqi qatlamidagi kristall panjara ichiga diffuziyalanadi. Masalan, kam uglerodli po‘latdan tayyorlangan detal uglerod (II)-oksid CO da As3 kritik nuqtadan yuqoriroq temperaturagacha qizdirilsa, detalning sirtqi qatlami uglerodga to‘yinadi, natijada detalning ma’lum qalinlikdagi sirtqi qatlami ko‘p uglerodli po‘lat bo‘lib qoladi va uning mexanikaviy xossalari, chunonchi, qattiqligi va yeyilishga chihamliligi kuchayadi. Kimyoviy termik ishlov berish jarayonlari po‘lat sirtqi qatlamining tarkibi, strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida unga bir yo‘la ham kimyoviy, ham termik ta’sir o‘tkazishdan iborat. Kimyoviy termik ishlov berish diffuziyalanishga, ya’ni po‘lat detalni turli kimyoviy elementlarga boy muhitda qizdirganda shu kimyoviy element atomlarining temir kristall panjarasiga singishiga asoslangan. Kimyoviy-termik ishlov berishning sementitlash, nitrotsementitlash, sianlash, borlash, diffuzion metallash va boshqa usullari bor. Sementitlash. Po‘lat detallarning sirtqi qatlamini uglerodga to‘yintirish jarayon sementitlash, boshqacha qilib aytganda, uglerodlash deb ataladi. Sementitlash jarayoni qadimdan ma’lum. XIX asrning o‘rtalarigacha po‘lat temirga uglerodni diffuziyalash yo‘li bilan olinib kelar edi. Kam (0,08 dan 0,35 % gacha) uglerodli po‘latdan yasalgan detallargina sementitlanadi. Bunday detalning sirtqi qatlami uglerodga to‘yintirilganidan uning shu qatlami toblangandan keyin qattiq va yeyilishga chihamli bo‘ladi, ichki qismi esa qovushoqligicha qoladi. Po‘latni sementitlash uchun uglerodga boy muhitdan foydalaniladi. Bunday muhit karbyurizator deb ataladi. Qanday holatdagi karbyurizator ishlatilishiga qarab, sementitlashning uch xil usuli: qattiq, suyuq va gazsimon karbyurizatorlarda sementitlash usullari mavjud. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling