Ma’ruza-1 mavzu


Gazsimon karbyurizatorda sementitlash


Download 1.5 Mb.
bet17/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1369448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza

Gazsimon karbyurizatorda sementitlash. Bu usulda karbyurizator sifatida ko‘p uglerodli gazlardan, masalan, uglerod (II)-oksid CO, to‘yingan uglevodorodlar CnH2n+2 va to‘yinmagan uglevodorodlarCnH2n dan foydalaniladi. CO da sementitlash usulini birinchi bo‘lib mashhur rus metallurgi P.P.Anosov tatbiq etgan edi.
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash uchun detallar pechning germetik berkiladigan kamerasiga joylanadi va 920 – 950 0C gacha qizdirilib, ularning ustidan atom holidagi uglerod ajratib chiqaradigan gaz, masalan, CO, CH4 yoki C2H6 o‘tkaziladi.
Bu usulning qattiq karbyurizatorda sementitlashga qaraganda ko‘pgina afzalliklari bor: a) detallar tez qiziydi, natijada, ularni tutib turish vaqti ancha qisqaradi; b) pech kamerasiga kiritiladigan gaz miqdorini va tarkibini tartibga solish qulay va oson bo‘ladi; v) katta asbob-uskunalar, chunonchi, ko‘mir maydalagich, qorishtirgich, sementitlash yashiklariga ehtiyoj bo‘lmaganligidan, ishlab chiqarish maydoni qisqaradi; g) jarayonni to‘la mexanizaTsiyalashtirish imkoniyati tug‘iladi; d) ishchi kuchi ancha qisqaradi; ye) sementitlangan detallarnn pechdan olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri toblash mumkin bo‘ladi; j) sementitlash arzon tushadi va hokazo.
Sementitlangan detallarni termik ishlash. Sementitlashdan ko‘zlangan maqsad detallarning sirtqi qatlamini qattiq va yeyilishga chihamli qilishdan iborat. Ammo sementitlashning o‘zi bilangina detalning sirtqi qatlamini zarur darajagacha qattiq va yeyilishga chihamli qilib bo‘lmaydi, detal sementitlanganda uning sirtqi qatlami uglerodga to‘yinadi, xolos. Shuning uchun sementitlangan detal albatta termik ishlanishi, ya’ni toblanishi va past temperaturada bo‘shatilishi kerak.
Sementitlangan detalning vazifasiga ko‘ra, termik ishlashning quyidagi usullaridan biri qo‘llaniladi; bir yo‘la toblab, so‘ngra past temperaturada bo‘shatish; ikki yo‘la toblab, so‘ngra past temperaturada bo‘shatish; sementitlangandan keyin toblab, so‘ngra past temperaturada bo‘shatish kabi usullar amalga oshiriladi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling