Ma`ruza №1 Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish. Reja: 1


Download 104.3 Kb.
bet2/9
Sana12.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1191301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

Xom ashyo zaxiralari. Xom ashyo zaxiralarini ikki guruhga bo'lishmumkin. Ular balansdagi va nobalansdagi zaxiralardir. Balansdagi zaxiralar hozirda fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishga jalb qilingan xom ashyolar. Nobalans zaxiralar hozirda fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishga jalb qilinmagan, ya’ni texnologik ishlab chiqarish natijasida etarli iqtisodiy samarasiz hisoblanadi. Ammo texnika taraqqiyoti natijasigina bu xom ashyodan foydalanish imkoniyatini yaratishi mumkin. Tabiiy boyliklardan foydalanish asosan uni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqishga, mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanishqa, qisqasi, iqtidorli olimlar machaqqatli mehnatlari tufayligina echimini topadigan muammolarga bog'liq.
O'zbekiston hududida kimyo sanoati uchun hadsiz xom ashyo zaxiralari mavjud. Bulardan neft, oltin, mis, kumush birikmalari, fosforit, kaolin, qips, ohaktoch, oltingugurt, marmar va boshqa er osti boyliklarini aytish mumkin. Ulami qayta ishlash uchun ham sanoat korxonalari xizmat qilib turibdi va yangidan-yanqi korxonalar vujudqa kelmoqda. Bu xom ashyolardan oqilona foydalanish respublika kuchquwatini mustahkamlash va el-yurt farovonligini oshirish demakdir. Buning uchun esa kam chiqindili, iqtisodiy samarador va intensiv texnologiyalami ishlab chiqish va amalda joriy etish muhim mohiyat kasb etadi. Chunki ishlab chigariladigan mahsulot tannarxining asosiy qismini xom ashyo qazib olish va qayta ishlash tashkil etadi. Bunda asosiy mahsulot ishlab chiqarish bilan bir qatorda korxona chiqindilaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit himoyasi muhim o'rin tutadi. Xom ashyoni boyitish uni qayta ishlash jarayonlarini yengillatadi va ishlab chiqarish quwatini oshiradi.
Xom ashyoni boyitish, ya’ni undagi foydali moddalar konsentratsiyasini (miqdorini) oshirish, avvalo korxonalarga tashish Sarfini kamaytiradi. Bundan tashqari, kambag‘al rudalardan foydalanish imkonini yaratadi, texnologik jarayonni intensivlaydi va mahsulot sifatini oshirishga olib keladi. Boyitish usuilari turlicha bo'lib, ular xom ashyoning fizik va kimyoviy xossalari, ya’ni qattiqligi, eruvchanligi, erish harorati va boshqalarga bog'liq bo'ladi.
Boyitish usullari quyidagicha bo'lishi mumkin:

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling