Ma`ruza №1 Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish. Reja: 1


NH3 (gaz)+HSl (gaz)+NHjSl


Download 104.3 Kb.
bet8/9
Sana12.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1191301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

NH3 (gaz)+HSl (gaz)+NHjSl (qattiq modda). Odatda, kondensatsiyalangan sistemalarda mexanik sistemaga qaraganda zarrachalar o'lchami kichik bo'ladi. Gaz tozalashning asosiy usuilari:
1) mexanik (quruq) — tortish kuchi yoki markazdan qoChma kuch ta’sirida cho'ktirish.
2) Namli tozalash — gazlami suyuqlik qatlamidan o'tkazish.
3) Gazlami filtrlash.
4) Gazlami elektr maydonida tozalash.
Mexanik tozalash (quruq) — cho'ktiruvchi kameralarda, chanq cho'ktiruvchi (karman) cho'ntaklarda, siklon va siklonlar batareyasida amalga oshiriladi. Namli tozalash gaz va bulg'ovchilar nam bo'lsa zarar qilmaydigan hollarda amalga oshiriladi. Bu usul statik apparatlar (skrubberlar)da, dinamik apparatlar (dezintegratorlar)da, namlangan yuzali, ko'pikli, inersiya zarbali apparatlarda amalga oshiriladi. Gazlami filtrlashda matoli, keramika va boshqa filtr materiallar ishlatiladi. Ko'proq matoli filtrlar ishlatilib, ularda paxta tolali, jun, poliamid, polietilen, poliakrilnitril, politetraftor etilen, ftorplast, shisha tola va kremnezemtola materiallar ishlatiladi. Gazlami yuqori dispers va radiaktiv aerozollardan juda nozik tozalashda esa ultranozik polimer tolalardan-FP (Petryanov filtri), to'siqli filtrlardan foydalaniladi. Bu tolalar perxlorvinil, poliarilat, sellyuloza efirlaridan iborat bo'lib, yuqori mexanik, termik va kimyoviy mustahkamlikka ega. G'ovak qattiq to'siqli filtrlar — gazlami yuqori aniqlikda tozalaydi. Ular keramik, metall keramik, plastmassa materiallardan yoki mayda yacheykali metall tur va to'lqinsimon qilib tayyorlanadi. Mayda zarrachalar to'ldirilgan to'siqli filtrlar — to'siq sifatida shlak, koks, kvars qum, toshlar va boshqalar ishlatiladi. Gazni elektrli tozalash — bu sistema ko'p afzalliklarga ega, ya’ni katta harorat oraliqida quruq va ho'l (namli) tozalash imkonini beradi. Kam eneigiya sarilanib, to'la va yuqori tozalash darajasiga ega. Elektrofiltrlarda elektrodlar o'rtasida 35-70 kvolt kuchlanish yordamida elektrostatik maydon hosil qilinadi.
b) Bug' va gaz holidagi birikmalami tozalash. Bug' va gaz holidagi birikmalar absorbsiya, adsorbsiya, katalitik va termik usullar bilan tozalanadi. Absorbsiya usuli zararli bog'lovchilaming selektiv eruvchanligiga (fizik absorbsiya) yoki ulaming suyuq yutuvchilar — Absorbsiya usuli gazlardan azot oksidi, oltingugurt, serovodorod, uglerod oksidi, kislota bug'lari va turli organik birikmalam i ajratib qolish uchun qo'llanadi. Yutuvchi sifatida ko'pincha suv, ammiakli suv va ishqorlar, kalsiy va magniy oksidlari, etanolamin va boshqalar ishlatiladi. Absorbsiya jarayoni, odatda, erituvchilami regeneratsiya (qayta tiklash) uchun desorbsiya bilan qo'shib olib boriladi. Desorbsiya ko'pincha bosimni tushirish va haroratni ko'tarish bilan olib boriladi.
Adsorbsiya usuli — katta yuzali qattiq moddalar zarrachalari qo'llashga asoslangan. Bunda ham absorbsiyaga o'xshash fizik va kimyoviy adsorbsiya jarayoni yuz beradi. Sorbent sifatida aktivlangan ko'mir, silikagel, alyumogel, tabiiy va sun’iy seolit (molekulyar elak) qo'llanadi. Regeneratsiya usuli — zararli bulg'ovchilar kimyoviy ta’sirlanib ekologik zararsiz moddalarga yoki gazdan oson ajraladigan moddalarga aylanishiga asoslangan. Bu usul gazlami uglerod oksidi, azot oksid, serovodorod, oltingugurt dioksiddan tozalash va toksik organik birikmalami past haroratda oksidlash uchun qo'llanadi. Termik (haroratli) usul — jarayonga qaytish zarur yoki mumkin bo'lmagan zararli bulg'ovchilami yoqib yuborishga asoslangan. Bu usul gazlami spirtlar, efirlar, ketonlar, alifatik va aromatik uglevodorodlar, organik kislotalar va boshqalardan tozalashda qo'llaniladi. Zararsizlash termik (haroratli) yo'l bilan yondirishga asoslangan. Yonuvchi moddalar konsentratsiyasi yonish darajasiga etsa o'zi yondiriladi, etmasa yonuvchi gaz qo'shib yondiriladi.
v.
Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling