Eozinofillar-
organizmning parazitar, allergik, infekstion va onkologik kasalliklarida ximoya
reakstiyalariga ishtirok etadi. Eozinofillar pereferik qonda 8-12 kun yashaydi. Odam organizmida
eozinofillar tashki muxit bilan qontaktda buladigan organlarda yigilish xususiyatiga ega ( oshkozon
– ichak trakti, upka, teri, urogenital soxalar). Bu tukimalarda ularning mikdori pereferik qondagidan
kura 100-300 marta kup buladi. Allergik kasalliklarda eozinofillar tukimalarda yigilib, semiz
xujayralar va bazofillardan gistamin ishlab chikarilishini tormozlaydi. Yalliglanish kasalliklarining
boshlangich davrida eozinofillar kamayadi, qonda eozinofillarning kupayishi sogayishdan dalolat
beradi. Lekin infekstion kasallikarda yalliglanish jarayoni tugugandan keyin xam qonda eozinofillar
kupayadi, bu immun reakstiyaning chala tugaganligidan, qonda allergik komponentlar borligidan
dalolat beradi. Kasallikning aktiv fazasida eozinofillarning kamayishi bemor axvoli ogirligidan
xabar beradi.
Klinik axamiyati:
Eozinofillar soning oshishi (eozinofiliya):
Allergik kasalliklarda
Parazitar invaziyalarda
Gemoblastozlarda
Biriktiruvchi tukima kasalliklarida
Upka kasalliklarida
Eozinofillar mikdori kamayishi (eozinopeniya i aneozinofiliya):
Infekstion yalliglanish kasalliklarining boshlangich davrida
Adrenokortikoidlar mikdori oshishi
Yiringli septik xolatlarda
Bazofillar
Leykostitlarning eng kam mikdorini tashkil etadi. Ular qonda bir kancha funkstiyalarni bajaradi.
Sezuvchanlikning uta sekin tipi bilan kechadigan allergik yalliglanishlar jarayoniga ishtirok etadi.
Uzida saklaydigan aktiv moddali yordamida tomir sillik mushaklari spazmini chakiradi,
trombostitlar agregastiyasini faollashtirishda ishtirok etadi.
Bazofillarning yashash muddati 8-12 bo’lib, pereferik qonda bir neche soatgacha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |