Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
Me’yorda 1 mkl siydik cho’kmasida 20 tadan ortiq leykostit ko’p bo’lmaydi, bu
Nechiporenko usuli bilan 2 ml siydikda 2000 leykostitni tashkil etadi. Siydik cho’kmasini chamalab o’rganilganda siydikning ertalabki porstiyasida mikroskopning 400x kattalashtirishda bir ko’ruv maydonida leykostitlar soni erkaklarda – 0-2, ayollarda 0-3 ni tashkil qiladi. Цilindrlar Цilindrlar – oqsil yoki xujayradan hosil bo’lgan stilindrik shakldagi, turli kattalikdagi hosilalar, siydik cho’kmasi siydik hosil qiluvchi tizim kasalliklarida tekshirilganda aniqlanadi. Nordon siydikda ular ko’proq saqlanadi, ishqoriyda esa tez parchalanadi. Oqsil stilindrlar distal kanalchalarni tor qismida, nordon muhitda (rN 4,5-5,3) siydikda albumin, Tamm-Xorsfall oqsillari, immunoglobulinlari bo’lganda hosil bo’ladi. Patologik stilindrlar hosil bo’lishiga buyrakda qon aylanishini kamayishi, birlamchi siydikda plazma oqsillari, elektrolitlar, N + , miqdorlarining oshishi, intoksikastiya, o’t kislotalarini paydo bo’lishi, buyrak epiteliy hujayralarining zararlanishi, kanalchalar siqilishi va dilatastiyasi sabab bo’ladi. Gialin stilindrlar – yarim tiniq, nozik, uchlari yumaloqlashgan gomogen tarkibli, turli shaklda (kalta yoki uzun, keng yoki tor, egilgan) bo’lib, preparatni yorqin yoritilganda yomon ko’rinadi. Soғlom odam va bolalar siydigida gialin stilindrlarni faqat kamerada tekshirilganda aniqlash mumkin. Siydikni Nechiporenko usuli bilan tekshirilganda me’yorda 1 ml siydikda 20tagacha gialin stilindrlar, Addis-Kakovskiy usuli buyicha esa kuniga 20 000tagacha bo’ladi. Gialin stilindrlar buyrakning barcha organik kasalliklarida siydikda doimo uchraydi, ularning miqdori jarayon oғirligiga boғliq bo’lmaydi. Ularning yuzasida kristallar, leykostitlar, eritrostitlar, buyrak epiteliysi, donador oqsil massalari, bakteriyalar to’planishi mumkin. Gemorragik glomerulonefritda stilindrlar qo’nғir rangga, infekstion gepatitda esa sariq bilirubinni yashil biliverdinga oksidlanishi natijasida bilirubin ularni sariq, sarғimtir – yashil va yashil rangga bo’yaydi. Donador stilindrlar – tiniq bo’lmagan, mayda yoki daғal donador tarkibli, sariq rangda yoki deyarli rangsiz. Daғal donador stilindrlar buyrak epiteliy xujayralari parchalanishidan hosil bo’lsa), mayda donadorlar – neytrofillar parchalanishida yoki kanalchalarda fizik – kimyoviy sharoitlarni o’zgarishida oqsil koagulyastiyasida hosil bo’ladi. Ular glomerulonefrit, pielonefrit buyrak sili, o’smasi, diabetik nefropatiya, infekstion gepatitda, bilirubin bilan sariqqa yoki skarlatina, tizimli qizil bo’richa, osteomielit va boshqalarda biliverdin bilan yashil rangga bo’yalgan holda aniqlanadi. Mumsimon stilindrlar keskin chegaralangan qonturlarga ega, uchlari kesilgan, stilindrlar bo’ylab yoriqlar bo’lib, deyarli doim ko’p yoki kam intensivlikda sariq rangga bo’yaladi.), lekin rangsiz siydikda rangsiz bo’lib qoladi. Ularning tarkibi gomogen, zich yirik donador bo’lishi mumkin. Ular ko’proq gialin va donador, shuningdek, hujayra stilindrlaridan hosil bo’ladi. Epitelial stilindrlar buyrak epiteliy hujayralaridan tashkil topadi, doimo ko’p yoki kam intensivlikda siydik pigmentlari bilan bo’yaladi va shu hujayralar fonida joylashadi. O’tkir buyrak etishmovchiligida, tubulyar nekrozda, o’tkir va surunkali glomerulonefritda siydikda aniqlanadi. Yoғli stilindrlar buyrak epiteliy hujayralarining yoғli distrofiyasida buyrak kanalchalarida yoғ hujayralaridan paydo bo’ladi. Yoғga aylangan buyrak epiteliysi fonida joylashadi, ba’zan bu preparatlarda xolesterin kristallari va yoғ kislotalar ignalari topilishi mumkin. Bu stilindrlar yoғ tomchilari hisobiga nurni yutadi va mikroskopning kichik kattalashtirishida yoғga aylangan buyrak epiteliysi kabi qora tuyuladi. Surunkali glomerulonefritda, pielonefritda, asoratlangan nefrotik sindromda, lipoid va lipoid-amiloid nefrozda hamda diabetik nefropatiyada kuzatiladi. Lipoidlar polyarizastion mikroskopda ikki tomonlama nurni sindiradi, mikroskopning qora maydonida to’rt oq segmentlardan hosil bo’lgan qora krestlar ko’rinishida ifodalanadi. Neytral yoғ bu effektga ega emas. Leykostitar stilindrlar kulrang bo’lib, leykostitlardan tashkil topadi va ular fonida joylashadi. O’tkir pielonefritda, surunkali pielonefrit hurujida, buyrak absstessida kanalchalarda hosil bo’ladi. Eritrostitar stilindrlar – pushti – sariq va qizғish – jigar rangda bo’lib, buyrak kanalchalarida buyrak gematuriyasida hosil bo’ladi (buyrak infarktida buyrak parenximasiga qon quyilganda, emboliya, o’tkir diffuz glomerulonefritda), eritrostitlardan tashkil topadi va ular fonida joylashadi Цilindrik hosilalar amorf tuzlardan (soxta yoki tuzli stilindrlar) iborat bo’lib, nativ preparat qizdirilganda yoki preparatga 10%li ishqor (urat stilindrlar) yoki 30 % sirka kislotasi (amorf fosfatli stilindr) tomizilganda erib ketadi. Tuzli stilindrlar kalstiy oksalat kristallaridan, siydik kislotasi va boshqalardan, ularning qandaydir asos, odatda organik asosda, shilliqdagi kristallizastiyasi natijasida hosil bo’ladi Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling