Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

 
2. Oqsil 
Plazma oqsillaridan ko’pchiligining molekulalari haddan tashqari yirik bo’lib,buyrak 
koptokchalari membranasidan o’ta olmaydi. Shu membrana orqali o’ta oladigan mayda 
molekulalar me’yorda qayta so’rilib ketadi. Me’yoriy siydikda faqat oqsil izlari (24 soat 
davomida 0,15 g dan kam) bo’lishi mumkin, shunga ko’ra oqsilni tekshiruv uchun 
qo’yiladigan standart sinamalar bunday miqdorlarni aniqlab bera olmaydi. Proteinuriya, 
ya’ni siydikda me’yordan ko’proq miqdorda oqsil bo’lishi, buyrak kasalliklaridan darak 
beradigan muhim ko’rsatkichdir. 
Siydik bilan oqsil ekskrestiyasining kuchayishi, proteinuriya, buyraklarning deyarli barcha 
patologiyasida uchraydi. 
 Glyukoza 
Qonda va organizm hujayralarida glyukoza miqdori gomeostazning asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi. U ichak, jigar, buyrak, oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi, yoғ to’qimasi va 
boshqa a’zolarni ma’lum darajada ushlab turadi.
Siydikda glyukozaning fiziologik miqdori juda past, soғlom odamlarda 0,06 
dan 0,083 mmol/l gacha tashkil etadi. Siydikda glyukozaning bunday past 
qonstentrastiyasi ko’pgina usullarning sezgirlik poғonasidan past deb hisoblanadi. Bu 
siydik bilan glyukoza faqatgina patologik holatlarda ajralib chiqadi deb hisoblashga 
asos bo’ladi. Shu bilan birga, siydikda glyukozaning miqdori fiziologik darajadan past 
bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi - bakterial infekstiya - bakteriuriyaning 
ko’rsatkichidir. 
Patologik glyukozuriya – siydik bilan glyukozaning ko’p miqdorda ajralishi (bir litr 
siydikda glyukoza miqdori 0,3 - 0,5 g/l dan bir necha grammgacha), biror bir 
patologiya bilan kechadi.
Qandli diabetni erta aniqlash maqsadida o’tkazilgan aholining yalpi tekshiruvlari shuni 
ko’rsatdiki, kasallikning boshlanғich bosqichlari biror - bir yaqqol ifodalangan 
simptomlarsiz kechadi. Turli baholashlar buyicha qandli diabet 30%dan to 50%gacha 
bo’lgan holatlarda aniqlanmasdan qoladi. 
Metabolik sindrom va qandli diabet uchun xos bo’lgan simptomlar paydo bo’lgan 
odamlarda chuqur tekshiruvlar o’tkazilishi kerak. Alimentar glyukoza bilan zo’riqishdan 
keyingi glyukozuriya aniqlanganlarning taxminan uchdan bir qismi qandli diabet bilan 
oғriganligi tasdiqlangan.
Shuning uchun soғliqni saqlash tizimi rivojlangan barcha mamlakatlarda siydikda qand 
miqdorini aniqlash muhim diagnostik testlardan biri hisoblanadi. Bu tahlil klinik – 
diagnostik laboratoriyalarda siydikni tekshiruvda majburiy hisoblanadi. 
Qon 
Siydikda qon eritrostit (gematuriya sindromi) yoki eritrostitlar parchalanish mahsulotlari
(gemoglobinuriya, siderinuriya sindromlari) bo’lishi bilan aniqlanishi mumkin.
Gematuriya. 
Mutlaq soғlom odamlarda ham siydikda bitta –ikkita eritrostitlar bo’lishi mumkin. 
Amaliy soғlom odamlarda kuniga 1 milliongacha eritrostitlar ajraladi, bu 1 mkl siydikda 
bir dona eritrostitga to’ғri keladi. 


 Mikrogematuriya – siydik rangi o’zgarmagan, siydik cho’kmasi mikroskopiyasining 
chamalovchi usul bilan (ko’rish maydonida 5dan ko’p eritrostitlar) va samarali – miqdoriy 
usulda (1 ml siydikda 1000 eritrostit yoki kuniga 1000000 eritrostit) eritrostitlar 
aniqlanishi. 
Makrogematuriya siydik bo’yalishi bilan namoyon bo’lib, siydik rangi 
eritrostitlar miqdoriga qarab pushti, qizғish, qizil, “go’sht seli” ranglarida 
bo’lishi mumkin. Mikro-va makrogematuriya orasidagi chegara 1 l siydikda 
taxminan 0,5 ml qon (1 mkl siydikda 2500 eritrostit) bo’lishi hisoblanadi. 
Ba’zi dori vositalari potenstial nefrotoksik effektga ega (aminoglikozidlar, 
antibiotiklar, analgetiklar, stiklosporin A, stitostatik preparatlar, urotropin, sulfanilamidlar).  

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling