Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

Klinik ahamiyati. Me’yorda aralash taom iste’mol qiladigan, deyarli 
sog’lom insonlarda najas reakstiyasi neytral yoki kuchsiz ishqoriy (rN 6,8-7,6) 
bo’ladi va yo’g’on ichak bakterial florasining me’yoriy hayot faoliyati bilan 
bog’liq. 
Nordon reakstiya (rN 5,5-6,7) najasda yog’ kislotalarining bo’lishi bilan 
bog’liq (ximusning tezlashgan evakuastiyasi yoki ingichka ichakdagi 
yallig’lanish jarayoni natijasida so’rilishning buzilishi). 
Keskin nordon reakstiya (rN 5,5 dan past) bijg’ish dispepsiyasiga xos 
bo’lib, bunda bijg’ish florasi (me’yoriy va patologik) ning faollashuvi 
natijasida is gazi va a’zoiq kislotalar paydo bo’ladi. 
Ishqoriy reakstiya (rN 8,0-8,5) taom oqsillarining (me’dada va ingichka 
ichakda hazm bo’lmagan) va yallig’lanish ekssudatining chirish florasining 
faollashuvi va yo’g’on ichakda ammiak hamda boshqa ishqoriy tarkibiy 
qismlarining hosil bo’lishi natijasida chirishida kuzatiladi. 
Keskin ishqoriy reakstiya (rN 8,5 dan yukori) chirish dispepsiyasida 
(kolitda) kuzatiladi.  
NAJASNING MIKROSKOPIK TEKShIRUVI. 
Mikroskopik tekshiruvlar natijalari ichakning hazm kilish kobiliyati, shilliq 
qavat (asosan yo’g’on ichak shilliq qavati) holati, gelmintlar va ichak sodda 
hayvonlari borligi haqida fikrga ega bo’lishga yordam beradi.
Idish va uskuna. 
Farfor idishchalar. 
Shisha tayoqchalar. 
Petri kosachalari. 
Quygichlar. 
Buyum oynachalari. 
Yopqich oynachalari. 
Probirkalar. 
Shtativlar. 
Yondiruvchi moslama (gorelka). 
Turli og’irlik toshchalari bo’lgan tarozi. 
Mikroskop. 
 
Reaktivlar. 
Sudan eritmasi III. Sudan ko’kuni farfor idishchada spirt bilan astoydil 
aralashtiriladi. So’ngra asta-sekin sirka kislotasi qo’shiladi. Reaktiv rangi 
yorqin-qizil. Cho’kmani yo’qotish uchun reaktiv qayta filtrlanadi. 
Lyugol eritmasi: 1 g yod, 2 g kaliy yod, 50 ml distillangan suv. Yod kaliy yod 
eritmasida ko’p bo’lmagan miqdordagi suv bilan eritiladi, so’ngra kolgan suv 
miqdori qo’shiladi.
0,5% li metilen ko’ki eritmasi. 
30% li sirka kislotasi eritmasi. 


Preparatlarni mikroskopiyaga tayyorlash. 
I preparat 
Najas emulsiyasi tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va yopqich oynacha 
bilan yopiladi. Ushbu preparatda mikroskopik tekshiruvda najas detrit fonida 
oqsilli taomning hazm bo’lmagan qoldiqlari aniqlanadi: biriktiruvchi to’qima, 
yo’naluvchanlikli va yo’naluvchanliksiz mushak tolalari; hazm bo’lmagan 
uglevodli taom qoldiqlari: hazm bo’lgan kletchatka; parchalanmagan va 
parchalanmagan yog’ qoldiqlari: tomchilar, ignalar, qo’shilmalar; kalstiy 
oksalat kristallari. Bu preparatda, unga tushgan taqdirda, yana shilliq, va uning 
tarkibidagi leykostitlar (neytrofillar, eozinofillar), stilindrik epiteliy, 
eritrostitlar, shu bilan birga gelmintlar tuxumlari, sodda hayvonlar stistalari va 
ularning vegetativ shakllarini aniqlash mumkin.
 
II preparat 
Buyum oynachasiga najas emulsiyasi tomchisi tomiziladi va unga shuncha 
miqdordagi Lyugol eritmasi aralashtiriladi va yopqich oynachasi bilan 
yopiladi. Ushbu preparat parchalanmagan (qora, to’q ko’k) yoki qisman 
parchalangan (ko’k yoki havo rang - amilodekstrin; pushti, qizilsimon yoki 
siyoh rang - eritrodekstrin) hujayra ichi yoki hujayra tashqarisi kraxmali, 
me’yoriy va patologik yodofil florani aniqlashga mo’ljallangan bo’lib, bunda 
kraxmal qora va jigar rangga bo’yaladi. 
Eslatma. Lyugol eritmasi har oyda tayyorlanadi (1 g yod, 2 g kaliy yod va 50 
ml suv), chunki eritma uzoq saqlanganda yod parchalanadi. 
 
 III preparat (vrach laborant nazorati ostida yirik laboratoriyalarda tekshiruv 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling