Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
Me’yoriy najas rangi jigar rang bo’lib, uning tarkibida sterkobilin
mavjudligiga bog’liq. Iste’mol qilingan taom tarkibi najas rangiga ta’sir qiladi: sutli parhez oqishroq rang beradi, go’shtli taom esa to’qroq rang beradi. Shovil, shpinat tarkibida bo’lgan o’simlik pigmentlari (xlorofill) najasga yashilsimon rang beradi; qizil lavlagi, korag’at (kora smorodina) najasni qora yoki qizil rangga bo’yaydi; ba’zi qabo’l qilingan dorivor vositalar, masalan, vismut najasni qoraga, purgen esa qizilga bo’yaydi. Ko’krak yoshidagi bolalarning me’yoriy najasni sariq yoki tilla rangi uning tarkibidagi bilirubin bilan bog’liq. Ushbu yoshda ichakda bilirubinni sterkobilinga tiklaydigan floraning yo’qligi tufayli sterkobilin hosil bo’lmaydi. Bilirubinni biliverdingacha oksidlanishida najas yashil rangga bo’yaladi. Najas rangi turli xil patologik jarayonlarda o’zgaradi: kul rang yoki oq - «tuproqsimon» (axolik) najas o’t yo’llari obturastiyasida kuzatiladi. najasning o’zgarmagan bilirubinning borligi bilan bog’liq yorqin-sariq rangi o’tkir enteritlarda va ba’zida antibiotiklar qabo’l qilinganida kuzatiladi. Antibiotiklar qabo’l qilinishida najasning bu rangi bilirubinni sterkobilinga aylanishida ishtirok etuvchi ichak florasi hayot faoliyatini susayishi bilan tushuntiriladi. najasning qizil rangi uning tarkibida o’zgarmagan qonning bo’lishi bilan bog’liq va ichakning pastki bo’limlaridan qon ketishida kuzatiladi (o’sma kasalligi, bavosil, yara va boshqalar). najasning qora («qora saqichsimon») rangi me’da yoki ingichka ichakdan qon ketishi bilan bog’liq va gemoglobin temirining oltingugurt temiriga aylanishi bilan bog’liq. ba’zi yuqumli kasalliklarda, masalan, vaboda najas guruch qaynatmasi ko’rinishida, qorin tifida esa no’xat sho’rvasi ko’rinishida bo’ladi. Najas hidi oqsillar parchalanishi mahsulotlarining mavjudligi bilan bog’liq va uning tarkibida indol hamda skatol borligi bilan tushuntiriladi. Shu tufayli taomda oqsillar ko’p bo’lganida, o’simlik tarkibli taomga nisbatan najas hidi o’tkirroq bo’ladi. Najasning sassiq hidi chirish jarayonlarida (chiruvchi dispepsiya, o’smaning parchalanishi va boshqalar) kuzatiladi. Najasning nordonroq hidi yog’, sirka, valeriana kislotalarining bo’lishi bilan bog’liq va ichakda bijg’ish jarayonlari ustun bo’lganida kuzatiladi. Ochlikda ajraladigan najas deyarli hidga ega emas. Najas tahlillarining javoblarida uning hidi faqat odatiy hiddan keskin farq qilganidagina qayd etiladi. Najasda hazm bo’lmagan taomning qoldiqlari aralashmasi me’da va pankreatik hazm bo’lishning etishmovchiligida hamda taomni yomon chaynash hollarida aniqlanadi. Me’yoriy najasdagi shilliq ingichka, yaqqol ko’rinmaydigan yaltiroq karasht ko’rinishida bo’lishi mumkin. Yallig’lanish jarayonlarida najas ingichka tizma va zich, tasmasimon shakldagi hosilalar ko’rinishida kuzatiladi. Ushbu holatlarda shillih qon aralash bo’lishi mumkin. Me’yoriy najasda qon aniqlanmaydi. Qon ketishida u qon tomchilari, shilliq- qon ajralmalari va qon quyqalari ko’rinishida bo’lishi mumkin. Gijjalar va gijjalar a’zolari ba’zida gijja invaziyasida makroskopik ravishda aniqlanishi mumkin. Najas reakstiyasi (rN) ni aniqlash. Materiallar: rN ni 1,0 dan 10,0 gacha o’lchash uchun universal lakmus qog’ozi Tekshiruv texnikasi. Avval lakmus qog’ozini distillangan suvda ho’llanadi. Ho’llangan lakmus qog’ozini najasning bir necha joyiga tekkiziladi. Natija 2-3 daqiqadan so’ng qog’oz rangini nazorat o’lchovi (shkala) ning turli rang ko’rsatkichlari bilan solishtirgan holda baholanadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling