Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

o’tkaziladi) 
Buyum oynachasiga najas emulsiyasi tomchisi va 30% li sirka kislotasi 
tomchisi tomiziladi, aralashtiriladi, yopqich oynacha bilan yopiladi. Preparat 
yog’ kislotalari tuzlarining ignalari va qo’shilmalari (sovunlar) tashhisoti 
uchun mo’ljallangan. Agar nativ preparatda ignalar va qo’shilmalar 
qizdirilganda tomchilarga (yog’ kislotalari) aylanmasa, III preparat spirtli idish 
olovi ustida qaynashgacha ushlanadi va katta yiriklashtirish ostida 
mikroskopda ko’riladi. Qaynatishdan so’ng tomchilarning hosil bo’lishi 
najasda yog’ kislotalari tuzlari (sovunlar) borligiga ko’rsatadi.

IV preparat (vrach laborant nazorati ostida yirik laboratoriyalarda tekshiruv 
o’tkaziladi) 
Ushbu preparat neytral yog’ tomchilarini yog’ kislotalari tomchilaridan 
differenstiastiya qilishga mo’ljallangan. Bu preparat nativ preparatda yog’ 
tomchilari aniqlanganda tayyorlanadi. Buyum oynachasiga najas emulsiyasi 
tomchisi va 0,5% li metilen ko’kining suvli eritmasi tomiziladi, aralashtiriladi 
va yopqich oynacha bilan yopiladi. Yog’ kislotalari tomchilari metilen ko’ki 
bilan to’q ko’k, ko’k, havo rangga bo’yaladi, neytral yog’ tomchilari esa 
rangsizligicha qoladi. 
 


V preparat (vrach laborant nazorati ostida yirik laboratoriyalarda tekshiruv 
o’tkaziladi) 
Bu preparat shilliq, shilliq-qon, yiringli massalar, yoki to’qimalar bo’laklari 
borligida tayyorlanadi. Ajratilgan to’qima bo’laklari va shilliq buyum 
oynachasiga joylashtiriladi va yopqich oynacha bilan yopiladi. Ushbu preparat 
leykostitlar (neytrofillar, eozinofillar), eritrostitlar, stilindrik epiteliy, yomon 
sifatli hosilalar elementlari, sodda hayvonlar vegetativ shakllari va boshqalarni 
aniqlash uchun mo’ljallangan.
 
KOPROLOGIK TAShHISOT. 
Me’yoriy najas. 
Mikroskopik tekshiruvda nativ preparatda tirik va o’lik bakteriyalar 
hamda iste’mol qilingan taomning differenstiastiya qilinmaydigan 
qoldiqlaridan iborat najas detritining ko’p miqdordagi mayda donachali 
massasi fonida ba’zi ko’ruv maydonlarida yakka holdagi, yo’naluvchanlikka 
ega bo’lmagan (sarkolemmalar) mushak tolalari va oz miqdordagi yog’ 
kislotalari tuzlari (sovunlar) uchraydi. 
 
Me’dada ovqat hazm bo’lishining etishmovchiligi. 
 
Me’dadan taomning tez evakuastiyasi va gipoxlorgidriya mikroskopik 
tekshiruvda mikroskopning ko’ruv maydonlarida kichik va katta 
yiriklashtirishda alohida yotgan ko’ndalang va bo’ylama yo’naluvchanlikka 
ega va yo’naluvchanliksiz bo’lgan mushak tolalari, o’rtacha miqdordagi hazm 
bo’lgan kletchatka va ba’zi ko’ruv maydonlaridagi yakka-yakka kalstiy oksalat 
kristallari aniqlanishi bilan tashhislanadi. Mikroskopning kichik 
yiriklashtirishida Lyugol eritmasi bo’lgan preparatda hazm bo’lishning turli 
davrlaridagi, oz miqdordagi hujayra tashqarisi va hujayra ichi kraxmalini 
aniqlash mumkin. 
Axiliya (axlorgidriya) - mikroskopik tekshiruvda, mikroskopning kichik 
yiriklashtirishida keskin notekis qirralarga ega, sarkolemma bilan qoplangan 
(bo’ylama va ko’ndalang yo’naluvchanlikka ega) va ko’proq plastlar 
ko’rinishida joylashgan ko’p miqdordagi mushak tolalari (kreatoreya), 
biriktiruvchi to’qima, hazm bo’lgan kletchatkaning plastlari va hujayralari
hamda kalstiy oksalat kristallari aniqlanadi
Me’da osti bezi etishmovchiligi. 
Me’da osti bezining shikastlanishida (o’tkir pankreatit, nekroz, 
mukovisstidoz) najas massalari, agar ular shakllangan bo’lsa, yaltiroq yog’li 
karash bilan qoplangan, suyuq najaslarda yog’ najas yuzasida ko’rinadi. Bu 
parchalanmagan neytral yog’ (triglisteridlar) bo’lib, uning najasda mavjudligi 
pankreatik hazm bo’lish buzilishining ko’rsatkichi hisoblanadi. Metilen ko’ki 
bo’lgan preparatda neytral yog’ tomchilari preparatning ko’k fonida 
rangsizligicha qoladi. Sariqlik bo’lgan bemor najasidagi mikroskopik 
tekshiruvda aniqlangan neytral yog’ me’da osti bezi rak kasalligi belgisi 


hisoblanadi. 
O’t ajralishining buzilishi (axoliya). 
 
Axoliya - jigar va jigar osti sariqliklariga xos. Najas rangsiz. Ichak 
bo’ylab ximusning tez evakuastiyasida bemorning najas massalari bo’tqasimon 
yoki suyuq qonsistenstiyada bo’ladi. Mikroskopik tekshiruvda ko’p 
miqdordagi tomchi ko’rinishidagi yoki igna ko’rinishidagi yog’ kislotalari 
(steatoreya) aniqlanadi. Nativ preparat spirtli moslama alangasi ustida 
qizdirilganda ignalar tomchiga aylanadi). 
Ingichka ichakda turli etiologiyadagi so’rilishning buzilishi ko’p yoki oz 
darajada ifodalangan steatoreya bilan xarakterlanadi. Najas odatda rangpar 
bo’yalgan, shakllanmagan, bo’tqasimon yoki suyuq. Mikroskopiyada ich 
ketishida ko’p miqdordagi neytral yog’ tomchilari yoki yog’ kislotalari 
tomchilari, bo’tqasimon najaslarda esa amorf qo’shilmalar va ignalar 
aniqlanadi.
Yo’g’on ichakdagi patologik jarayonlar. 
Bijg’ish jarayonlari. Odatda rastionda uglevodlar miqdorining ko’payib 
ketishi yo’g’on ichakdagi kuchaygan bijg’ish jarayonini rivojlanishining 
asosiy sababi hisoblanadi. Mikroskopik tekshiruv nativ preparatda ko’p 
miqdordagi hazm bo’lgan kletchatka hamda hujayra ichi va hujayra tashqarisi 
kraxmalini aniqlashga imqon beradi . Lyugol eritmasi bo’lgan preparatda turli 
hazm bo’lish bosqichlaridagi hujayra ichi va hujayra tashqarisi kraxmali 
aniqlanadi. Najas reakstiyasi nordon tarafga o’zgaradi (rN 6,0-6,5). Najas 
massalari shaklini yo’qotadi, bo’tqasimon, ko’piksimon bo’lib qoladi.
Chirish jarayonlari yo’g’on ichakka ingichka ichakdan ko’p miqdordagi hazm 
bo’lmagan yoki etarlicha hazm bo’lmagan go’shtning yoki yallig’lanish 
ekssudatining tushishida rivojlanadi. Tripelfosfat kristallari keskin ishqoriy 
muhit (rN 8,0-9,0) ni bildirib, bu yo’g’on ichakdagi kuchli chirish jarayonlari 
bilan bog’liq. 
Chirish disbakteriozi, chirish koliti. Najas massalari shaklining buzilishi 
(suyuq, suvli najas), keskin ishqoriy reakstiya, hazm bo’lmagan yoki qisman 
hazm bo’lgan mushak tolalari, hujayra elementlari bilan ekssudat va 
shilliqning paydo bo’lishi chirish disbakteriozi va chirish kolitining 
rivojlanishini ko’rsatadi. Najasning suvli ko’rinishi yo’g’on ichakda suv 
so’rilishini epiteliyning chuqur shikastlanishi tufayli buzilishining bevosita 
belgisi hisoblanadi. 
Yo’g’on ichakdan sekinlashgan evakuastiya (qabziyat, spastik kolit).
Qabziyat va spastik kolit mikroskopiyada ko’p miqdordagi detrit va 
hazm bo’lmagan kletchatka bilan xarakterlanadi. Shakllangan najas yuzasida 
tarkibida distrofik o’zgargan hujayra elementlari (leykostitlar va stilindrik 
epiteliy) mavjud shilliq borligi yo’g’on va/yoki to’g’ri ichak shilliq qavati 
yallig’lanish jarayoniga dalolat beradi. Fragmentlashgan najas yuzasidagi 


shilliq gomogen bo’lishi mumkin bo’lib, tarkibida hujayra elementlari 
bo’lmaydi . 
BIOXIMIYaVIY TAXLILLAR 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling