Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

 
2. 
Umumiy najas taxlili
 
3. 
Koprogramma 
 
4. 
Oshkozon ajralmasini tekshirish
 
5. 
Qon bioximiyaviy taxlili: fermentlar (ALT, AST, LDG, alfa 
amilaza....), umumiy oksil, mochevina, bilirubin va uning frakstiyalari
 
6. 
IFA (Xelikobakteri pilori, gepatit V va S ni aniqlash
 
 
 
Umumiy najas taxili va uning diagnostik ahamiyati 
Najas - ichakdagi murakkab biokimyoviy jarayonlar va 
parchalanishning yakuniy mahsulotlarining so’rilishi natijasida hosil bo’luvchi 
yakuniy mahsulot. Najas tahlili tashxis qo’yishga imqoniyat beradigan, 
kasallik va davolashning kechishini nazorat qilishga, patologik jarayonlarni 
birlamchi ravishda aniqlashga yordam beradigan muhim tashhisot sohasi 
hisoblanadi. Ichak ajralmasi tekshiruvi ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari 
bilan og’rigan bemorlarni tekshiruvda muhim bo’lib, ovqat hazm qilish 
a’zolaridagi ba’zi patologik jarayonlar haqida fikr yuritishga hamda, ma’lum 
bir darajada, fermentativ faoliyat holatini baholashga imqoniyat beradi.
MATERIAL YIG’ISh QOIDALARI. 
Najasning umumiy tahlili (makroskopik, kimyoviy va mikroskopik 
tekshiruvlar)ni o’tkazish uchun tekshirilayotgan insonning dastlabki 
tayyorgarligi belgilangan miqdordagi oqsil, yog’ va uglevodlar tarkibiga ega 
taomni 3-4 defekastiya (najas kelishi) davomida iste’mol qilishidan iborat. 
Bemorni yashirin qon ketishiga tekshiruv uchun tayyorlash maqsadida 
parhezdan baliq, go’sht, yashil sabzavotlar barcha turi, pamidor, tuxum, 
tarkibida temir bo’lgan dori vositalari (ya’ni qonga nisbatan soxta-musbat 
javobga sabab bo’luvchi katalizatorlar) istisno etiladi. 
Najas maxsus mo’ljallangan idishga mustaqil defekastiya (ich kelishi) 
dan so’ng yig’iladi. 
Mumkin emas:
tekshiruv uchun materialni ho’qnadan so’ng yig’ish, 
peristaltikaga ta’sir qiluvchi dori vositalari qabo’l qilinishi (beladonna, 
pilokarpin va boshqalar), 
kastor yoki vazelin yog’i qabo’l qilinganidan so’ng, 
najas rangiga ta’sir qiluvchi shag’amchalar, dori vositalari (temir, vismut, 


oltingugurt nordon bariysi) kiritilganidan so’ng. 
najas tarkibida siydik bo’lmasligi lozim. 
Najas klinik-tashhisot laboratoriyasiga tezlikda yoki defekastiyadan 
so’ng 10-12 soat ichida, sovutgichda +3 - +5
o
S harorat sharoitida saqlangan 
holatda etkazilishi lozim.
Laboratoriyada najasning kimyoviy tahlili, makroskopik va mikroskopik 
tekshiruvi o’tkaziladi. 
Najas tekshiruvi. Najas tekshiruvi fizik xususiyatlarni aniqlash, 
mikroskopik va kimyoviy tekshiruvni o’z ichiga oladi.
Fizik xususiyatlar. Najasning fizik xususiyatlarini baholash me’da-ichak 
asbobi funkstional holati haqida fikr yuritish uchun zarur bo’lgan mezon 
hisoblanadi. 
Najas miqdori sog’lom insonda kuniga 120-200 g ni tashkil etadi. Miqdorning 
o’zgarishi oziq rejimiga (taom tarkibida oqsillar ko’p bo’lishida najas miqdori 
kamayadi, o’simlik tarkibli taomda najas miqdori ortadi), shu bilan birga taom 
hazm bo’lishiga bog’liq. Shu tufayli ovqat hazm bo’lishining buzilishi bilan 
kechadigan holatlarda (axiliya, me’da osti bezining shikastlanishi, enterit, 
spru, Girshprung kasalligi va boshqalar) najasning kunlik ajralishini ortishi 
kuzatiladi. Najas massalarining miqdori ich qotishida, spastik kolitlarda 
kamayadi. 
Me’yoriy najasning shakli stilindrik, qalinligi 2-4 sm, qonsistenstiyasi zichroq 
(tarkibida 70-80% suv mavjud). Bu kabi najas shakllangan najas deyiladi. 
Shakllanmagan, yoki bo’tqasimon najas suvning so’rilishini kamayishiga olib 
keluvchi yo’g’on ichakning kuchaygan peristaltikasida kuzatiladi. Zich 
yumaloq qumaloqlar ko’rinishidagi qo’y najasi shakli spastik ich qotishida 
kuzatiladi. Tasmasimon, qalamsimon shakldagi najas to’g’ri ichakdagi biror-
bir to’siq (o’sma, bavosil tugunlari, poliplar, sfinkterning qisqarishi) ning 
natijasi bo’lishi mumkin.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling