Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

Epiteliy 
Siydik cho’kmasida epiteliyning 4ta asosiy turi uchraydi: ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi 
epiteliy, ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy, o’tuvchi epiteliy, erkaklar siydigida 
esa yana stilindrik epiteliy. 
Ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy erkaklar va ayollar uretrasining distal 
qismida va qinda bo’ladi. Bu epiteliy so’rilish faoliyati kerak bo’lmagan nam yuzalar uchun 


xarakterli. Nativ preparatda ular tarqoq yoki kichik plastlar bilan joylashadi. Hujayralar 
yumaloq shaklda, diametri eritrostitlar diametridan 6-8 marta katta, rangsiz, stitoplazmasi 
gomogen yoki nozik donador. Stitoplazma fonida katta bo’lmagan, hujayraning kam 
qismini egallovchi yadro ko’rinadi. 
O’tuvchi epiteliy buyrak jomchalari, siydik yo’llari, siydik pufagi, siydik chiqarish 
kanalining yuqori qismida joylashgan. Bu ko’p qavatli epiteliy. U o’zida ko’p qavatli yassi 
va stilindrik epiteliyning morfologik belgilarini birlashtiradi. Bu to’qimaning bazal qavati 
stilindrik shakldagi hujayralardan tashkil topgan, bu qavatdan yuqorida joylashgan 
hujayralar ko’p qirrali (poliedral) bo’ladi. O’tuvchi epiteliyning ajralgan hujayralari 
morfologiyasiga siydikda qolish davomiyligi, siydik rNi, solishtirma oғirligi ta’sir qiladi. 
O’tuvchi epiteliyning ajralgan hujayralari o’lchami (leykostitdan 3-8 marta katta) va shakli 
(poligonal, yumaloq, stilindrik) bo’yicha polimorf, ularning stitoplazmasi odatda ko’proq 
daғal donador oqsilli, vakuol, kamroq yoғli, siydik pigmentlari bilan sarғimtir yoki sariq 
rangga bo’yalgan va distrofiya holatida bo’ladi. Ba’zan bu hujayralarda yadrolar ko’rinadi. 
Yuza qavat hujayralarda 1-2-3-4ta yadrolarni topish mumkin. 
O’tuvchi epiteliyning bir – ikki xujayralari soғlom odamlar siydik cho’kmasida uchrashi 
mumkin. Ko’p miqdorda o’tuvchi epiteliy intoksikastiyada, isitmalovchi bemorlar 
siydigida, operastiyadan keyin, narkozni, dori vositalarni ko’tara olmaslik, turli etiologiyali 
sariqlikda, siydik pufagi rakida aniqlanadi.
NAMOYISh KILINADIGAN NARSALAR. Ma’ruza paytida umumiy qon 
tahlili va siydik tahlili olish tartibi, uning axamiyati xakida tayyorlangan 
multimediya namoyish kilindi. 
AUDITORIYaGA SAVOLLAR.

Umumiy qon tahlilida kaysi parametrlar tekshiriladi 

Umumiy qon tahlilining diagnostik axamiyati 

Leykoformulaning diagnostik axamiyati 

Umumiy siydik tahlili yigish tartibi kanday 

Umumiy qon va siydik tahlili utkazilishinig zamonaviy usullari xakida 
nimalarni bilasiz 
XULOSA. Ma’ruza oxirida utilgan mavzu buyicha kiska xulosa kilinib, 
umumklinik tekshirish usullari, ularning diagnostik axamiyati to’ғrisida 
ma’lumot beriladi. 
ADABIYoTLAR: 
Asosiy klinika laboratoriya tekshiruvlariga doir kullanma» Amanda Kuper 
2000 y 
Menshikova V.V. «Laboratornыe metodы issledovaniya v klinike» Moskva 
1987 y 
Abramov M.G. «Gematologicheskiy atlas» Moskva 1996 y 
Klinicheskaya gematologiya Pod red. A.N. Bogdanova. Sankt- peterburg 
2008 g 
Osnovы klinicheskoy gematologii. Pod.red. V.G.Radchenko. Sankt-Peterburg 
2003g 
Spravochnik po gematologii. Pod.red. A.F.Romanovoy. Rostov-na-Donu 
2000g
Internet ma’lumotlari 


Ma’ruza № 2 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling