Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
SIYDIK ChO’KMASINI TEKShIRUV
Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari kasalliklari uzoq vaqt hech qanday belgilarsiz kechadi. Siydik tahlili kasallikning kardinal belgilari hisoblangan leykostituriya, gematuriya va proteinuriyani aniqlash maqsadida o’tkazilib, buning uchun klinik va morfologik tahlil zarurdir. Siydik umumiy tahlili majmuasiga buyrak va siydik chiqaruvchi yo’llar kasalliklari bilan oғrigan bemorlarda va boshqa somatik kasalliklarda o’tkaziladigan cho’kma shaklli hamda kristall elementlarning morfologik tekshiruv kiradi. Siydik cho’kmasini tekshiruv chamalovchi va miqdoriy usullar bilan o’tkaziladi. Chamalash usuli siydikda kasallik belgilari borligi haqida ma’lumot beradi. Miqdoriy usullar esa patologik o’zgarishlarni ifodalanganligini baholashga qaratiladi va siydikning ertalabki porstiyasida o’tkaziladi Siydik cho’kmasini tayyorlash : 1. Цentrifuga probirkasiga aralashtirilgan siydikdan 10-12 ml solinadi; 2. 10-15 daqiqa davomida 1500-2000 ta aylanish/daqiqa tezlikda stentrifugalanadi. 3. Cho’kma ustidagi siydik tezlik bilan to’kib tashlanadi. (probirka aғdariladi); 4. Cho’kma pipetka bilan aralashtiriladi 5. Cho’kma tomchisi buyum oynachasi ustiga tomiziladi va ustidan qoplaғich oyna bilan yopiladi. Mikroskopik tekshiruv Preparat kichik kattalashtarish (okulyar 10x yoki binokulyar 7x yoki 10x, ob’ektivlar 8x yoki 10x, 20x), so’ng - yirik kattalashtirishda (okulyar 10x yoki binokulyar okulyarlari bilan, 7x yoki 10x va 40x ob’ektivi bilan) ko’riladi. Shaklli elementlar (eritrostitlar, leykostitlar) bir necha ko’rish maydonida mikroskopning yirik kattalashtirganda sanaladi. Javob ko’rish maydonidagi hujayralar soniga qarab beriladi (masalan, 10-15 ko’rish maydonida), agar hujayralar kam bo’lsa - 0 - 2 ko’rish maydonida. Agar hujayra elementlari ko’p va ko’rish maydonida ularni sanab bo’lmasa, unday holda blankda leykostitlar (eritrostitlar) ko’rish maydonini quyuq qoplagan deb belgilanadi. Цilindrlar kabi shaklli elementlarni kam joylashganida tekshiruvni mikroskopning kichik kattalashtirishida o’tkaziladi va preparatdagi ularning soni ko’rsatiladi. (preparatda 2 stilindr). Agar stilindrlar ko’p bo’lsa, ularning soni ko’rish maydonida, ya’ni mikroskopning yirik kattalashtirishida belgilanadi. Epitelial hujayralar (ko’p qavatli yassi, o’tuvchi, buyrak epiteliysi), kristallar kabi elementlar uchun mikroskopning kichik kattalashtirishidan foydalanib, “ko’p”, “nisbatan ko’p”, “kam” miqdorda baho berish qo’llaniladi. Muhim: Preparatni hamma cho’kmani buyum oynasiga quygan va qoplaғich oynasi yopmagan holda tayyorlash mumkin emas, chunki preparat ko’p qavatli, turli qalinlikda bo’ladi, bu esa hujayra elementlarini son va sifatini (morfologiyasi) baholashda xatolikka olib keladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling