Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

 
Siydik cho’kmasi elementlari 
Eritrostitlar. Eritrostitlar siydik cho’kmasida o’zgargan va o’zgarmagan bo’ladi
O’zgarmagan eritrostitlar – yadrosiz, sarғish - yashil rangli, markazi chuqurlashgan disk 
ko’rinishidagi xujayralar. O’zgarmagan eritrostitlar kuchsiz nordon reakstiyali (rN 6,5) 
neytral (rN - 7,0) yoki kuchsiz ishqoriy (rN- 7,5) va ishqoriy (rN 8,0) siydikda topiladi. 
O’zgargan eritrostitlar gemoglobin saqlamaydi, ular rangsiz, bir yoki ikki qonturli halqalar 
ko’rinishida, uzoq vaqt nordon rN 4,5 - 5,0 siydikda bo’lganda aniqlanadi (2.2 rasm). 
Yalliғlanish jarayoni bilan zararlangan buyrak filtridan o’tgan eritrostitlar (dismorf 
eritrostitlar) odatda renal gematuriyadan dalolat beradi.
O’zgargan eritrostitlarga ғadir – budir chekkalarga ega qovjiragan eritrostitlar kirib, ular 
yuqori solishtirma oғirlik (1,030-1,040)ka ega qonstentrlangan siydikda uchraydi, yana 
ularga 9-10 ko’rsatkichli rN va past solishtirma oғirlikda uchraydigan keskin katta 
o’lchamdagi eritrostitlar va 5,0-5,5 ko’rsatkichli rNdagi keskin nordon siydikda uzoq 
bo’lishi tufayli gemoglobini yo’qotilgan eritrostitlar kiradi. Ushbu eritrostitlar siydik 
blankining xuddi o’sha ustuniga yoziladi, lekin hech qanday diagnostik ahamiyatga ega 
emas 
Leykostitlar 
Leykostitlar – rangsiz yumaloq shakldagi, o’zgarmagan eritrostitdan 1,5 - 2,0 marta katta 
xujayralar. Siydikda odatda neytrofillar bo’ladi rNi 5-7ga teng va solishtirma oғirligi 1,015 
-1.030 g/ml bo’lganda, bu kulrang, mayda donador, yumaloq, diametri buyicha eritrostitdan 
1.5 marta katta xujayralardir. Siydikning past solishtirma oғirligi (1.002 -1,008 g/ml) va 
ishqoriy yoki keskin ishqoriy reakstiyasida (rN 8,0 - 9,0) neytrofillar o’lchamlari 
kattalashadi, shishadi, stitoplazmasida mikroskop katta kattalashtirishida segmentlangan 
yadrolari ko’rinadi va neytrofil granulalarining broun harakati kuzatilishi mumkin. 
Bakteriyalar saqlagan siydikda uzoq vaqt bo’lganda neytrofillar parchalanadi. 
Eozinofillar o’lchamlari neytrofillar kabi, lekin ulardan stitoplazmasida bir xil o’lchamdagi 
xarakterli donadorlilik bo’lishi, sferik shakli, sarғimtir – yashil rangi, nurni keskin sindirishi 
bilan farqlanadi. Hujayra o’lchami va stitoplazmasida eozinofil donadorlikni joylashish 
zichligi siydikning rNi va solishtirma oғirligiga boғliqdir.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling