Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leykostitlar
Siydik cho’kmasi elementlari Eritrostitlar. Eritrostitlar siydik cho’kmasida o’zgargan va o’zgarmagan bo’ladi. O’zgarmagan eritrostitlar – yadrosiz, sarғish - yashil rangli, markazi chuqurlashgan disk ko’rinishidagi xujayralar. O’zgarmagan eritrostitlar kuchsiz nordon reakstiyali (rN 6,5) neytral (rN - 7,0) yoki kuchsiz ishqoriy (rN- 7,5) va ishqoriy (rN 8,0) siydikda topiladi. O’zgargan eritrostitlar gemoglobin saqlamaydi, ular rangsiz, bir yoki ikki qonturli halqalar ko’rinishida, uzoq vaqt nordon rN 4,5 - 5,0 siydikda bo’lganda aniqlanadi (2.2 rasm). Yalliғlanish jarayoni bilan zararlangan buyrak filtridan o’tgan eritrostitlar (dismorf eritrostitlar) odatda renal gematuriyadan dalolat beradi. O’zgargan eritrostitlarga ғadir – budir chekkalarga ega qovjiragan eritrostitlar kirib, ular yuqori solishtirma oғirlik (1,030-1,040)ka ega qonstentrlangan siydikda uchraydi, yana ularga 9-10 ko’rsatkichli rN va past solishtirma oғirlikda uchraydigan keskin katta o’lchamdagi eritrostitlar va 5,0-5,5 ko’rsatkichli rNdagi keskin nordon siydikda uzoq bo’lishi tufayli gemoglobini yo’qotilgan eritrostitlar kiradi. Ushbu eritrostitlar siydik blankining xuddi o’sha ustuniga yoziladi, lekin hech qanday diagnostik ahamiyatga ega emas Leykostitlar Leykostitlar – rangsiz yumaloq shakldagi, o’zgarmagan eritrostitdan 1,5 - 2,0 marta katta xujayralar. Siydikda odatda neytrofillar bo’ladi rNi 5-7ga teng va solishtirma oғirligi 1,015 -1.030 g/ml bo’lganda, bu kulrang, mayda donador, yumaloq, diametri buyicha eritrostitdan 1.5 marta katta xujayralardir. Siydikning past solishtirma oғirligi (1.002 -1,008 g/ml) va ishqoriy yoki keskin ishqoriy reakstiyasida (rN 8,0 - 9,0) neytrofillar o’lchamlari kattalashadi, shishadi, stitoplazmasida mikroskop katta kattalashtirishida segmentlangan yadrolari ko’rinadi va neytrofil granulalarining broun harakati kuzatilishi mumkin. Bakteriyalar saqlagan siydikda uzoq vaqt bo’lganda neytrofillar parchalanadi. Eozinofillar o’lchamlari neytrofillar kabi, lekin ulardan stitoplazmasida bir xil o’lchamdagi xarakterli donadorlilik bo’lishi, sferik shakli, sarғimtir – yashil rangi, nurni keskin sindirishi bilan farqlanadi. Hujayra o’lchami va stitoplazmasida eozinofil donadorlikni joylashish zichligi siydikning rNi va solishtirma oғirligiga boғliqdir. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling