Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY SIYDIK TAHLILI
Trombostitlar mikdorini aniklash. Qon surtmasida 1000 ta eritrostitga nisbatan trombostitlar sanalada - bu Fonio usuli. Buning uchun Panchenko kapillyarining «75» belgisiga 14% magniy sulfat olinib, probirkaga puflanadi va kapillyarning «K» belgisigacha qon olinib, eritma ustiga puflanadi. Ikkalasi yaxshilab aralashtiriladi va bir necha yupka surtmalar ch'ayyorlanadi, kuritilib, fikstastiya kilib, buyaladi. Bu usulda trombostitlar binafsha, eritrostitlar esa pushti rangga buyaladi. Mikroskop ostida 1 kurish maydonida 200 gacha eritrostit kuriladi va bunda yurmbostitlarning mikdorini sanash keyin. Buning uchun kurish maydonni kichiklashtirish kerak, ya’ni kora kogozdan derazacha - rombsimon kesiladi va okulyarga urnatiladi. Bunda kurish maydonida 50 gacha eritrosti g kurinadi, shularning orasida uchragap grombostitlar sanaladi. Shunday kilib 1000 ta eritrostit sanalib shular orasidagi tormbostitlar mikdori aniklanadi, kuyidagi formula orkali: A-1000 ta eritrostit orasida sanalgan trombostitlar mikdori. V-qondagi eritrostitlar mikdori 1000-maxsus son. A x V X = _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 1000 UMUMIY SIYDIK TAHLILI Siydikni tekshiruv nafaqat buyraklardagi, siydik ajratish tizimidagi patologik jarayon xarakteri va ifodalanganligi haqidagina emas, balki boshqa organlar holati haqida ham ma’lumot beradi. Siydik umumiy tahlili o’z ichiga oladi: 1. siydik umumiy xususiyatlarini tekshiruv; 2. kimyoviy tekshiruv 3. mikroskopik tekshiruv. Siydikni yiғish. Tekshiruv uchun siydik toza, quruq idishga, jinsiy a’zolar tahoratidan keyin yiғiladi. Siydikning bir necha millilitri unitazga uretra deskvamirlangan hujayralarni yo’qotish uchun to’kiladi. Tekshiruv uchun birinchi ertalabki siydik porstiyasi olinadi. Tekshiruv siydik ajratilgandan keyin 1-1.5 soat ichida o’tkaziladi. Ajratilgan siydik miqdori bemorning yoshi, ovqatlanish xarakteri, suyuqlik ichish rejimi va siydik hosil qiluvchi tizim holatiga boғliq. (tabl. 2.1) Tabl.2.1 Yoshi 24 soat ichida siydik miqdori ml da Yoshi 24 soat ichida siydik miqdori ml da Yangi tuғilgan 0-60 Kattalar: 10 kun 106-320 Erkaklar 1000-2000 1-5 yosh 600-900 Ayollar 1000-1600 5-10 yosh 700-1200 10-14 yosh 1000-1500 Kunlik diurezni 2 litrdan ortib ketishi poliuriya deb ataladi. Kamayishi (500mldan kam) – oliguriya. Umuman siydik ajralmasligi anuriya deb nomlanadi. S i y d i k r a n g i: Siydikning me’yoriy rangi kattalarda va katta yoshdagi bolalarda uning qonstentrlanganligiga boғliq bo’ladi va to’q sariq rangdan to somondek sariq ranggacha o’zgaradi. Qonstentrlangan va nordon siydik to’qroq bo’yaladi va kam miqdorda ajralib, yuqori nisbiy zichlikka ega bo’ladi - giperxromuriya. Och bo’yalgan siydik past nisbiy zichlikka, kam nordon yoki neytral reakstiyaga ega bo’lib, ko’p miqdorda ajraladi (fiziologik poliuriya) - gipoxromuriya. Rangga nisbiy zichlik ta’sir qiladi – yuqori nisbiy zichlikda siydik to’q rangga bo’yaladi. Turli almashinuv mahsulotlari qo’shilmalari yoki dori vositalari siydik rangini o’zgartirishi mumkin. Fiziologik gipoxromuriya poliuriyada, ko’p miqdorda suv ichganda, siydik haydovchi vositalar qabul qilganda kuzatiladi. Fiziologik giperxromuriya kam suyuqlik ichganda, ko’p terlaganda bo’lishi mumkin. Oliguriyada giperxromuriya shishlar paydo bo’lganligi, transsudat va ekssudatlar, dispeptik buzilishlarda, isitmalashda, dimlangan buyrakda kuzatilishi mumkin. Keskin giperxromuriya gemolitik holatlarda bo’ladi. Qon va qon pigmentlari tushganda siydik qizil rangda bo’lishi mumkin. «Pivo» rangidagi siydik parenximatoz sariqlikda kuzatilishi mumkin. Sutdek oq siydik buyrakni yoғli distrofiyasida, nefrotik sindromda, shuningdek, yiringli siydikda, fosfaturiyada bo’lishi mumkin. T i n i q l i g i: Me’yoriy siydik tiniq va faqatgina turganda biroz xiralashishi mumkin. Siydik tiniqligi to’liq va noto’liq bo’lishi mumkin. Tiniq, kam loyqalangan va keskin loyqalangan siydik farqlanadi. Siydikning loyqalanishi tuzlar, shilliq ajralishi, ko’p miqdorda shaklli elementlar, bakteriya, yoғlarni bo’lishi bilan boғliq. Loyqadan stentrifugalash bilan xalos bo’lish mumkin. Tuzli loyqalanishni ishqorlar va kislotalar qo’shib yo’qotish mumkin. Bakterial loyqalanishda siydik maxsus filtrlar yordamida filtrlanadi, yoғli loyqalanishda esa efir, xloroform qo’shiladi. Loyqalanish xarakteri cho’kmani mikroskopik tekshirganda aniqlanadi. N i s b i y z i ch l i g i: 1,000 dan 1,050 gacha bo’lingan urometr bilan aniqlanadi. Tekshirilayotgan siydik stilindrga quyiladi (stilindr diametri urometr diametridan 1-2 sm ga katta bo’lishi kerak). Ko’pik hosil bo’lishini odini olish uchun siydik asta – sekin stilindr devorlari bo’ylab quyiladi. Quruq urometr siydikka sekin tushiriladi. Urometr tebranishlari to’xtagandan keyin pastki menisk bo’yicha ko’rsatkich aniqlanadi. Nisbiy zichlik 1 l siydikda eritilgan moddalar miqdoriga boғliq. Oddiy ovqatlanishda nisbiy zichlik sutka davomida keng miqyosda o’zgarishi mumkin. Katta odamda siydik ertalabki porstiyasida nisbiy zichlik 1,015-1,025 oraliғida bo’lishi mumkin. -yangi tuғilganlarda 1,018gacha, -5 kunlikdan ikki yoshgacha – 1,002-1,004, -2-3 yoshda 1,010-1,017, -4-5 yosh 1,012-1,020, -10 yoshdan 1,011-1,025 ga teng. Nisbiy zichlikning kamayishi ko’p suyuqlik ichganda, siydik haydovchi vositalar qabul qilganda kuzatiladi. Keskin kamayishi – qandsiz diabet (1,001- 1,004), surunkali buyrak kasalliklari, o’tkir buyrak etishmovchiligi, amiloidoz, polikistozda kuzatiladi. Nisbiy zichlikning oshishi quruq ovqatlar eganda, isitmalash, ko’p terlaganda, qandli diabet, nefrotik sindrom, shishlar, transsudatlar, ekssudatlar hosil bo’lganda kuzatilish mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling