Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

SIYDIK ChO’KMASINI TEKShIRUV 
Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari kasalliklari uzoq vaqt hech qanday belgilarsiz 
kechadi. Siydik tahlili kasallikning kardinal belgilari hisoblangan leykostituriya, gematuriya 
va proteinuriyani aniqlash maqsadida o’tkazilib, buning uchun klinik va morfologik tahlil 
zarurdir. Siydik umumiy tahlili majmuasiga buyrak va siydik chiqaruvchi yo’llar 
kasalliklari bilan oғrigan bemorlarda va boshqa somatik kasalliklarda o’tkaziladigan 
cho’kma shaklli hamda kristall elementlarning morfologik tekshiruv kiradi.
Siydik cho’kmasini tekshiruv chamalovchi va miqdoriy usullar bilan o’tkaziladi. 
Chamalash usuli siydikda kasallik belgilari borligi haqida ma’lumot beradi. Miqdoriy 
usullar esa patologik o’zgarishlarni ifodalanganligini baholashga qaratiladi va siydikning 
ertalabki porstiyasida o’tkaziladi 
 
Siydik cho’kmasini tayyorlash : 
1. 
Цentrifuga probirkasiga aralashtirilgan siydikdan 10-12 ml solinadi; 
2. 
10-15 
daqiqa 
davomida 
1500-2000 
ta 
aylanish/daqiqa 
tezlikda 
stentrifugalanadi. 
3. 
Cho’kma ustidagi siydik tezlik bilan to’kib tashlanadi. (probirka aғdariladi); 
4. 
Cho’kma pipetka bilan aralashtiriladi 
5. 
Cho’kma tomchisi buyum oynachasi ustiga tomiziladi va ustidan qoplaғich 
oyna bilan yopiladi. 
 
Mikroskopik tekshiruv 
Preparat kichik kattalashtarish (okulyar 10x yoki binokulyar 7x yoki 10x, ob’ektivlar 8x
yoki 10x, 20x), so’ng - yirik kattalashtirishda (okulyar 10x yoki binokulyar okulyarlari 
bilan, 7x yoki 10x va 40x ob’ektivi bilan) ko’riladi. Shaklli elementlar (eritrostitlar, 
leykostitlar) bir necha ko’rish maydonida mikroskopning yirik kattalashtirganda sanaladi. 
Javob ko’rish maydonidagi hujayralar soniga qarab beriladi (masalan, 10-15 ko’rish 
maydonida), agar hujayralar kam bo’lsa - 0 - 2 ko’rish maydonida.  
Agar hujayra elementlari ko’p va ko’rish maydonida ularni sanab bo’lmasa, unday holda 
blankda leykostitlar (eritrostitlar) ko’rish maydonini quyuq qoplagan deb belgilanadi.
Цilindrlar kabi shaklli elementlarni kam joylashganida tekshiruvni mikroskopning kichik 
kattalashtirishida o’tkaziladi va preparatdagi ularning soni ko’rsatiladi. (preparatda 2 
stilindr).
Agar stilindrlar ko’p bo’lsa, ularning soni ko’rish maydonida, ya’ni mikroskopning yirik 
kattalashtirishida belgilanadi. Epitelial hujayralar (ko’p qavatli yassi, o’tuvchi, buyrak 
epiteliysi), kristallar kabi elementlar uchun mikroskopning kichik kattalashtirishidan 
foydalanib, “ko’p”, “nisbatan ko’p”, “kam” miqdorda baho berish qo’llaniladi. 
 Muhim: 
Preparatni hamma cho’kmani buyum oynasiga quygan va qoplaғich oynasi yopmagan 
holda tayyorlash mumkin emas, chunki preparat ko’p qavatli, turli qalinlikda bo’ladi, bu esa 
hujayra elementlarini son va sifatini (morfologiyasi) baholashda xatolikka olib keladi 


hamda optikani ifloslantiradi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling