Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
Epiteliy
Siydik cho’kmasida epiteliyning 4ta asosiy turi uchraydi: ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy, ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy, o’tuvchi epiteliy, erkaklar siydigida esa yana stilindrik epiteliy. Ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy erkaklar va ayollar uretrasining distal qismida va qinda bo’ladi. Bu epiteliy so’rilish faoliyati kerak bo’lmagan nam yuzalar uchun xarakterli. Nativ preparatda ular tarqoq yoki kichik plastlar bilan joylashadi. Hujayralar yumaloq shaklda, diametri eritrostitlar diametridan 6-8 marta katta, rangsiz, stitoplazmasi gomogen yoki nozik donador. Stitoplazma fonida katta bo’lmagan, hujayraning kam qismini egallovchi yadro ko’rinadi. O’tuvchi epiteliy buyrak jomchalari, siydik yo’llari, siydik pufagi, siydik chiqarish kanalining yuqori qismida joylashgan. Bu ko’p qavatli epiteliy. U o’zida ko’p qavatli yassi va stilindrik epiteliyning morfologik belgilarini birlashtiradi. Bu to’qimaning bazal qavati stilindrik shakldagi hujayralardan tashkil topgan, bu qavatdan yuqorida joylashgan hujayralar ko’p qirrali (poliedral) bo’ladi. O’tuvchi epiteliyning ajralgan hujayralari morfologiyasiga siydikda qolish davomiyligi, siydik rNi, solishtirma oғirligi ta’sir qiladi. O’tuvchi epiteliyning ajralgan hujayralari o’lchami (leykostitdan 3-8 marta katta) va shakli (poligonal, yumaloq, stilindrik) bo’yicha polimorf, ularning stitoplazmasi odatda ko’proq daғal donador oqsilli, vakuol, kamroq yoғli, siydik pigmentlari bilan sarғimtir yoki sariq rangga bo’yalgan va distrofiya holatida bo’ladi. Ba’zan bu hujayralarda yadrolar ko’rinadi. Yuza qavat hujayralarda 1-2-3-4ta yadrolarni topish mumkin. O’tuvchi epiteliyning bir – ikki xujayralari soғlom odamlar siydik cho’kmasida uchrashi mumkin. Ko’p miqdorda o’tuvchi epiteliy intoksikastiyada, isitmalovchi bemorlar siydigida, operastiyadan keyin, narkozni, dori vositalarni ko’tara olmaslik, turli etiologiyali sariqlikda, siydik pufagi rakida aniqlanadi. NAMOYISh KILINADIGAN NARSALAR. Ma’ruza paytida umumiy qon tahlili va siydik tahlili olish tartibi, uning axamiyati xakida tayyorlangan multimediya namoyish kilindi. AUDITORIYaGA SAVOLLAR. Umumiy qon tahlilida kaysi parametrlar tekshiriladi Umumiy qon tahlilining diagnostik axamiyati Leykoformulaning diagnostik axamiyati Umumiy siydik tahlili yigish tartibi kanday Umumiy qon va siydik tahlili utkazilishinig zamonaviy usullari xakida nimalarni bilasiz XULOSA. Ma’ruza oxirida utilgan mavzu buyicha kiska xulosa kilinib, umumklinik tekshirish usullari, ularning diagnostik axamiyati to’ғrisida ma’lumot beriladi. ADABIYoTLAR: Asosiy klinika laboratoriya tekshiruvlariga doir kullanma» Amanda Kuper 2000 y Menshikova V.V. «Laboratornыe metodы issledovaniya v klinike» Moskva 1987 y Abramov M.G. «Gematologicheskiy atlas» Moskva 1996 y Klinicheskaya gematologiya Pod red. A.N. Bogdanova. Sankt- peterburg 2008 g Osnovы klinicheskoy gematologii. Pod.red. V.G.Radchenko. Sankt-Peterburg 2003g Spravochnik po gematologii. Pod.red. A.F.Romanovoy. Rostov-na-Donu 2000g Internet ma’lumotlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling