Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
2. Oqsil Plazma oqsillaridan ko’pchiligining molekulalari haddan tashqari yirik bo’lib,buyrak koptokchalari membranasidan o’ta olmaydi. Shu membrana orqali o’ta oladigan mayda molekulalar me’yorda qayta so’rilib ketadi. Me’yoriy siydikda faqat oqsil izlari (24 soat davomida 0,15 g dan kam) bo’lishi mumkin, shunga ko’ra oqsilni tekshiruv uchun qo’yiladigan standart sinamalar bunday miqdorlarni aniqlab bera olmaydi. Proteinuriya, ya’ni siydikda me’yordan ko’proq miqdorda oqsil bo’lishi, buyrak kasalliklaridan darak beradigan muhim ko’rsatkichdir. Siydik bilan oqsil ekskrestiyasining kuchayishi, proteinuriya, buyraklarning deyarli barcha patologiyasida uchraydi. Glyukoza Qonda va organizm hujayralarida glyukoza miqdori gomeostazning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. U ichak, jigar, buyrak, oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi, yoғ to’qimasi va boshqa a’zolarni ma’lum darajada ushlab turadi. Siydikda glyukozaning fiziologik miqdori juda past, soғlom odamlarda 0,06 dan 0,083 mmol/l gacha tashkil etadi. Siydikda glyukozaning bunday past qonstentrastiyasi ko’pgina usullarning sezgirlik poғonasidan past deb hisoblanadi. Bu siydik bilan glyukoza faqatgina patologik holatlarda ajralib chiqadi deb hisoblashga asos bo’ladi. Shu bilan birga, siydikda glyukozaning miqdori fiziologik darajadan past bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi - bakterial infekstiya - bakteriuriyaning ko’rsatkichidir. Patologik glyukozuriya – siydik bilan glyukozaning ko’p miqdorda ajralishi (bir litr siydikda glyukoza miqdori 0,3 - 0,5 g/l dan bir necha grammgacha), biror bir patologiya bilan kechadi. Qandli diabetni erta aniqlash maqsadida o’tkazilgan aholining yalpi tekshiruvlari shuni ko’rsatdiki, kasallikning boshlanғich bosqichlari biror - bir yaqqol ifodalangan simptomlarsiz kechadi. Turli baholashlar buyicha qandli diabet 30%dan to 50%gacha bo’lgan holatlarda aniqlanmasdan qoladi. Metabolik sindrom va qandli diabet uchun xos bo’lgan simptomlar paydo bo’lgan odamlarda chuqur tekshiruvlar o’tkazilishi kerak. Alimentar glyukoza bilan zo’riqishdan keyingi glyukozuriya aniqlanganlarning taxminan uchdan bir qismi qandli diabet bilan oғriganligi tasdiqlangan. Shuning uchun soғliqni saqlash tizimi rivojlangan barcha mamlakatlarda siydikda qand miqdorini aniqlash muhim diagnostik testlardan biri hisoblanadi. Bu tahlil klinik – diagnostik laboratoriyalarda siydikni tekshiruvda majburiy hisoblanadi. Qon Siydikda qon eritrostit (gematuriya sindromi) yoki eritrostitlar parchalanish mahsulotlari (gemoglobinuriya, siderinuriya sindromlari) bo’lishi bilan aniqlanishi mumkin. Gematuriya. Mutlaq soғlom odamlarda ham siydikda bitta –ikkita eritrostitlar bo’lishi mumkin. Amaliy soғlom odamlarda kuniga 1 milliongacha eritrostitlar ajraladi, bu 1 mkl siydikda bir dona eritrostitga to’ғri keladi. Mikrogematuriya – siydik rangi o’zgarmagan, siydik cho’kmasi mikroskopiyasining chamalovchi usul bilan (ko’rish maydonida 5dan ko’p eritrostitlar) va samarali – miqdoriy usulda (1 ml siydikda 1000 eritrostit yoki kuniga 1000000 eritrostit) eritrostitlar aniqlanishi. Makrogematuriya siydik bo’yalishi bilan namoyon bo’lib, siydik rangi eritrostitlar miqdoriga qarab pushti, qizғish, qizil, “go’sht seli” ranglarida bo’lishi mumkin. Mikro-va makrogematuriya orasidagi chegara 1 l siydikda taxminan 0,5 ml qon (1 mkl siydikda 2500 eritrostit) bo’lishi hisoblanadi. Ba’zi dori vositalari potenstial nefrotoksik effektga ega (aminoglikozidlar, antibiotiklar, analgetiklar, stiklosporin A, stitostatik preparatlar, urotropin, sulfanilamidlar). Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling