Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
Klinik ahamiyati. Me’yorda aralash taom iste’mol qiladigan, deyarli
sog’lom insonlarda najas reakstiyasi neytral yoki kuchsiz ishqoriy (rN 6,8-7,6) bo’ladi va yo’g’on ichak bakterial florasining me’yoriy hayot faoliyati bilan bog’liq. Nordon reakstiya (rN 5,5-6,7) najasda yog’ kislotalarining bo’lishi bilan bog’liq (ximusning tezlashgan evakuastiyasi yoki ingichka ichakdagi yallig’lanish jarayoni natijasida so’rilishning buzilishi). Keskin nordon reakstiya (rN 5,5 dan past) bijg’ish dispepsiyasiga xos bo’lib, bunda bijg’ish florasi (me’yoriy va patologik) ning faollashuvi natijasida is gazi va a’zoiq kislotalar paydo bo’ladi. Ishqoriy reakstiya (rN 8,0-8,5) taom oqsillarining (me’dada va ingichka ichakda hazm bo’lmagan) va yallig’lanish ekssudatining chirish florasining faollashuvi va yo’g’on ichakda ammiak hamda boshqa ishqoriy tarkibiy qismlarining hosil bo’lishi natijasida chirishida kuzatiladi. Keskin ishqoriy reakstiya (rN 8,5 dan yukori) chirish dispepsiyasida (kolitda) kuzatiladi. NAJASNING MIKROSKOPIK TEKShIRUVI. Mikroskopik tekshiruvlar natijalari ichakning hazm kilish kobiliyati, shilliq qavat (asosan yo’g’on ichak shilliq qavati) holati, gelmintlar va ichak sodda hayvonlari borligi haqida fikrga ega bo’lishga yordam beradi. Idish va uskuna. Farfor idishchalar. Shisha tayoqchalar. Petri kosachalari. Quygichlar. Buyum oynachalari. Yopqich oynachalari. Probirkalar. Shtativlar. Yondiruvchi moslama (gorelka). Turli og’irlik toshchalari bo’lgan tarozi. Mikroskop. Reaktivlar. Sudan eritmasi III. Sudan ko’kuni farfor idishchada spirt bilan astoydil aralashtiriladi. So’ngra asta-sekin sirka kislotasi qo’shiladi. Reaktiv rangi yorqin-qizil. Cho’kmani yo’qotish uchun reaktiv qayta filtrlanadi. Lyugol eritmasi: 1 g yod, 2 g kaliy yod, 50 ml distillangan suv. Yod kaliy yod eritmasida ko’p bo’lmagan miqdordagi suv bilan eritiladi, so’ngra kolgan suv miqdori qo’shiladi. 0,5% li metilen ko’ki eritmasi. 30% li sirka kislotasi eritmasi. Preparatlarni mikroskopiyaga tayyorlash. I preparat Najas emulsiyasi tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va yopqich oynacha bilan yopiladi. Ushbu preparatda mikroskopik tekshiruvda najas detrit fonida oqsilli taomning hazm bo’lmagan qoldiqlari aniqlanadi: biriktiruvchi to’qima, yo’naluvchanlikli va yo’naluvchanliksiz mushak tolalari; hazm bo’lmagan uglevodli taom qoldiqlari: hazm bo’lgan kletchatka; parchalanmagan va parchalanmagan yog’ qoldiqlari: tomchilar, ignalar, qo’shilmalar; kalstiy oksalat kristallari. Bu preparatda, unga tushgan taqdirda, yana shilliq, va uning tarkibidagi leykostitlar (neytrofillar, eozinofillar), stilindrik epiteliy, eritrostitlar, shu bilan birga gelmintlar tuxumlari, sodda hayvonlar stistalari va ularning vegetativ shakllarini aniqlash mumkin. II preparat Buyum oynachasiga najas emulsiyasi tomchisi tomiziladi va unga shuncha miqdordagi Lyugol eritmasi aralashtiriladi va yopqich oynachasi bilan yopiladi. Ushbu preparat parchalanmagan (qora, to’q ko’k) yoki qisman parchalangan (ko’k yoki havo rang - amilodekstrin; pushti, qizilsimon yoki siyoh rang - eritrodekstrin) hujayra ichi yoki hujayra tashqarisi kraxmali, me’yoriy va patologik yodofil florani aniqlashga mo’ljallangan bo’lib, bunda kraxmal qora va jigar rangga bo’yaladi. Eslatma. Lyugol eritmasi har oyda tayyorlanadi (1 g yod, 2 g kaliy yod va 50 ml suv), chunki eritma uzoq saqlanganda yod parchalanadi. III preparat (vrach laborant nazorati ostida yirik laboratoriyalarda tekshiruv Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling