Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
2. Umumiy najas taxlili 3. Koprogramma 4. Oshkozon ajralmasini tekshirish 5. Qon bioximiyaviy taxlili: fermentlar (ALT, AST, LDG, alfa amilaza....), umumiy oksil, mochevina, bilirubin va uning frakstiyalari 6. IFA (Xelikobakteri pilori, gepatit V va S ni aniqlash Umumiy najas taxili va uning diagnostik ahamiyati Najas - ichakdagi murakkab biokimyoviy jarayonlar va parchalanishning yakuniy mahsulotlarining so’rilishi natijasida hosil bo’luvchi yakuniy mahsulot. Najas tahlili tashxis qo’yishga imqoniyat beradigan, kasallik va davolashning kechishini nazorat qilishga, patologik jarayonlarni birlamchi ravishda aniqlashga yordam beradigan muhim tashhisot sohasi hisoblanadi. Ichak ajralmasi tekshiruvi ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni tekshiruvda muhim bo’lib, ovqat hazm qilish a’zolaridagi ba’zi patologik jarayonlar haqida fikr yuritishga hamda, ma’lum bir darajada, fermentativ faoliyat holatini baholashga imqoniyat beradi. MATERIAL YIG’ISh QOIDALARI. Najasning umumiy tahlili (makroskopik, kimyoviy va mikroskopik tekshiruvlar)ni o’tkazish uchun tekshirilayotgan insonning dastlabki tayyorgarligi belgilangan miqdordagi oqsil, yog’ va uglevodlar tarkibiga ega taomni 3-4 defekastiya (najas kelishi) davomida iste’mol qilishidan iborat. Bemorni yashirin qon ketishiga tekshiruv uchun tayyorlash maqsadida parhezdan baliq, go’sht, yashil sabzavotlar barcha turi, pamidor, tuxum, tarkibida temir bo’lgan dori vositalari (ya’ni qonga nisbatan soxta-musbat javobga sabab bo’luvchi katalizatorlar) istisno etiladi. Najas maxsus mo’ljallangan idishga mustaqil defekastiya (ich kelishi) dan so’ng yig’iladi. Mumkin emas: tekshiruv uchun materialni ho’qnadan so’ng yig’ish, peristaltikaga ta’sir qiluvchi dori vositalari qabo’l qilinishi (beladonna, pilokarpin va boshqalar), kastor yoki vazelin yog’i qabo’l qilinganidan so’ng, najas rangiga ta’sir qiluvchi shag’amchalar, dori vositalari (temir, vismut, oltingugurt nordon bariysi) kiritilganidan so’ng. najas tarkibida siydik bo’lmasligi lozim. Najas klinik-tashhisot laboratoriyasiga tezlikda yoki defekastiyadan so’ng 10-12 soat ichida, sovutgichda +3 - +5 o S harorat sharoitida saqlangan holatda etkazilishi lozim. Laboratoriyada najasning kimyoviy tahlili, makroskopik va mikroskopik tekshiruvi o’tkaziladi. Najas tekshiruvi. Najas tekshiruvi fizik xususiyatlarni aniqlash, mikroskopik va kimyoviy tekshiruvni o’z ichiga oladi. Fizik xususiyatlar. Najasning fizik xususiyatlarini baholash me’da-ichak asbobi funkstional holati haqida fikr yuritish uchun zarur bo’lgan mezon hisoblanadi. Najas miqdori sog’lom insonda kuniga 120-200 g ni tashkil etadi. Miqdorning o’zgarishi oziq rejimiga (taom tarkibida oqsillar ko’p bo’lishida najas miqdori kamayadi, o’simlik tarkibli taomda najas miqdori ortadi), shu bilan birga taom hazm bo’lishiga bog’liq. Shu tufayli ovqat hazm bo’lishining buzilishi bilan kechadigan holatlarda (axiliya, me’da osti bezining shikastlanishi, enterit, spru, Girshprung kasalligi va boshqalar) najasning kunlik ajralishini ortishi kuzatiladi. Najas massalarining miqdori ich qotishida, spastik kolitlarda kamayadi. Me’yoriy najasning shakli stilindrik, qalinligi 2-4 sm, qonsistenstiyasi zichroq (tarkibida 70-80% suv mavjud). Bu kabi najas shakllangan najas deyiladi. Shakllanmagan, yoki bo’tqasimon najas suvning so’rilishini kamayishiga olib keluvchi yo’g’on ichakning kuchaygan peristaltikasida kuzatiladi. Zich yumaloq qumaloqlar ko’rinishidagi qo’y najasi shakli spastik ich qotishida kuzatiladi. Tasmasimon, qalamsimon shakldagi najas to’g’ri ichakdagi biror- bir to’siq (o’sma, bavosil tugunlari, poliplar, sfinkterning qisqarishi) ning natijasi bo’lishi mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling