Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana10.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1188258
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)

Me’yorda 1 mkl siydik cho’kmasida 20 tadan ortiq leykostit ko’p bo’lmaydi, bu 
Nechiporenko usuli bilan 2 ml siydikda 2000 leykostitni tashkil etadi. Siydik cho’kmasini 
chamalab o’rganilganda siydikning ertalabki porstiyasida mikroskopning 400x 
kattalashtirishda bir ko’ruv maydonida leykostitlar soni erkaklarda – 0-2, ayollarda 0-3 ni 
tashkil qiladi. 
Цilindrlar 
Цilindrlar – oqsil yoki xujayradan hosil bo’lgan stilindrik shakldagi, turli kattalikdagi 
hosilalar, siydik cho’kmasi siydik hosil qiluvchi tizim kasalliklarida tekshirilganda 
aniqlanadi. Nordon siydikda ular ko’proq saqlanadi, ishqoriyda esa tez parchalanadi.
Oqsil stilindrlar distal kanalchalarni tor qismida, nordon muhitda (rN 4,5-5,3) siydikda 
albumin, Tamm-Xorsfall oqsillari, immunoglobulinlari bo’lganda hosil bo’ladi.
Patologik stilindrlar hosil bo’lishiga buyrakda qon aylanishini kamayishi, birlamchi 
siydikda plazma oqsillari, elektrolitlar, N
+

miqdorlarining oshishi, intoksikastiya, o’t 
kislotalarini paydo bo’lishi, buyrak epiteliy hujayralarining zararlanishi, kanalchalar 
siqilishi va dilatastiyasi sabab bo’ladi.
Gialin stilindrlar – yarim 
tiniq, nozik, uchlari yumaloqlashgan gomogen tarkibli, turli 
shaklda (kalta yoki uzun, keng yoki tor, egilgan) bo’lib, preparatni yorqin yoritilganda 


yomon ko’rinadi. Soғlom odam va bolalar siydigida gialin stilindrlarni faqat kamerada 
tekshirilganda aniqlash mumkin. Siydikni Nechiporenko usuli bilan tekshirilganda 
me’yorda 1 ml siydikda 20tagacha gialin stilindrlar, Addis-Kakovskiy usuli buyicha esa 
kuniga 20 000tagacha bo’ladi.
Gialin stilindrlar buyrakning barcha organik kasalliklarida siydikda doimo uchraydi, 
ularning miqdori jarayon oғirligiga boғliq bo’lmaydi. Ularning yuzasida kristallar, 
leykostitlar, eritrostitlar, buyrak epiteliysi, donador oqsil massalari, bakteriyalar to’planishi 
mumkin. Gemorragik glomerulonefritda stilindrlar qo’nғir rangga, infekstion gepatitda esa 
sariq bilirubinni yashil biliverdinga oksidlanishi natijasida bilirubin ularni sariq, sarғimtir – 
yashil va yashil rangga bo’yaydi. 
Donador stilindrlar – tiniq bo’lmagan, mayda yoki daғal donador tarkibli, sariq rangda yoki 
deyarli rangsiz. Daғal donador stilindrlar buyrak epiteliy xujayralari parchalanishidan hosil 
bo’lsa), mayda donadorlar – neytrofillar parchalanishida yoki kanalchalarda fizik – 
kimyoviy sharoitlarni o’zgarishida oqsil koagulyastiyasida hosil bo’ladi. Ular 
glomerulonefrit, pielonefrit buyrak sili, o’smasi, diabetik nefropatiya, infekstion gepatitda, 
bilirubin bilan sariqqa yoki skarlatina, tizimli qizil bo’richa, osteomielit va boshqalarda 
biliverdin bilan yashil rangga bo’yalgan holda aniqlanadi. 
Mumsimon stilindrlar keskin chegaralangan qonturlarga ega, uchlari kesilgan, stilindrlar 
bo’ylab yoriqlar bo’lib, deyarli doim ko’p yoki kam intensivlikda sariq rangga bo’yaladi.), 
lekin rangsiz siydikda rangsiz bo’lib qoladi. Ularning tarkibi gomogen, zich yirik donador 
bo’lishi mumkin. Ular ko’proq gialin va donador, shuningdek, hujayra stilindrlaridan hosil 
bo’ladi.
Epitelial stilindrlar buyrak epiteliy hujayralaridan tashkil topadi, doimo ko’p yoki kam 
intensivlikda siydik pigmentlari bilan bo’yaladi va shu hujayralar fonida joylashadi. O’tkir 
buyrak etishmovchiligida, tubulyar nekrozda, o’tkir va surunkali glomerulonefritda siydikda 
aniqlanadi. 
Yoғli stilindrlar buyrak epiteliy hujayralarining yoғli distrofiyasida buyrak kanalchalarida 
yoғ hujayralaridan paydo bo’ladi. Yoғga aylangan buyrak epiteliysi fonida joylashadi, 
ba’zan bu preparatlarda xolesterin kristallari va yoғ kislotalar ignalari topilishi mumkin. Bu 
stilindrlar yoғ tomchilari hisobiga nurni yutadi va mikroskopning kichik kattalashtirishida 
yoғga aylangan buyrak epiteliysi kabi qora tuyuladi. Surunkali glomerulonefritda, 
pielonefritda, asoratlangan nefrotik sindromda, lipoid va lipoid-amiloid nefrozda hamda 
diabetik nefropatiyada kuzatiladi. Lipoidlar polyarizastion mikroskopda ikki tomonlama 
nurni sindiradi, mikroskopning qora maydonida to’rt oq segmentlardan hosil bo’lgan qora 
krestlar ko’rinishida ifodalanadi. Neytral yoғ bu effektga ega emas. 
Leykostitar stilindrlar kulrang bo’lib, leykostitlardan tashkil topadi va ular fonida 
joylashadi. O’tkir pielonefritda, surunkali pielonefrit hurujida, buyrak absstessida 
kanalchalarda hosil bo’ladi. 
 Eritrostitar stilindrlar – pushti – sariq va qizғish – jigar rangda bo’lib, buyrak 
kanalchalarida buyrak gematuriyasida hosil bo’ladi (buyrak infarktida buyrak 
parenximasiga qon quyilganda, emboliya, o’tkir diffuz glomerulonefritda), eritrostitlardan 
tashkil topadi va ular fonida joylashadi
Цilindrik hosilalar amorf tuzlardan (soxta yoki tuzli stilindrlar) iborat bo’lib, nativ preparat 
qizdirilganda yoki preparatga 10%li ishqor (urat stilindrlar) yoki 30 % sirka kislotasi 
(amorf fosfatli stilindr) tomizilganda erib ketadi. Tuzli stilindrlar kalstiy oksalat 
kristallaridan, siydik kislotasi va boshqalardan, ularning qandaydir asos, odatda organik 
asosda, shilliqdagi kristallizastiyasi natijasida hosil bo’ladi

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling