Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
o’tkaziladi)
Buyum oynachasiga najas emulsiyasi tomchisi va 30% li sirka kislotasi tomchisi tomiziladi, aralashtiriladi, yopqich oynacha bilan yopiladi. Preparat yog’ kislotalari tuzlarining ignalari va qo’shilmalari (sovunlar) tashhisoti uchun mo’ljallangan. Agar nativ preparatda ignalar va qo’shilmalar qizdirilganda tomchilarga (yog’ kislotalari) aylanmasa, III preparat spirtli idish olovi ustida qaynashgacha ushlanadi va katta yiriklashtirish ostida mikroskopda ko’riladi. Qaynatishdan so’ng tomchilarning hosil bo’lishi najasda yog’ kislotalari tuzlari (sovunlar) borligiga ko’rsatadi. IV preparat (vrach laborant nazorati ostida yirik laboratoriyalarda tekshiruv o’tkaziladi) Ushbu preparat neytral yog’ tomchilarini yog’ kislotalari tomchilaridan differenstiastiya qilishga mo’ljallangan. Bu preparat nativ preparatda yog’ tomchilari aniqlanganda tayyorlanadi. Buyum oynachasiga najas emulsiyasi tomchisi va 0,5% li metilen ko’kining suvli eritmasi tomiziladi, aralashtiriladi va yopqich oynacha bilan yopiladi. Yog’ kislotalari tomchilari metilen ko’ki bilan to’q ko’k, ko’k, havo rangga bo’yaladi, neytral yog’ tomchilari esa rangsizligicha qoladi. V preparat (vrach laborant nazorati ostida yirik laboratoriyalarda tekshiruv o’tkaziladi) Bu preparat shilliq, shilliq-qon, yiringli massalar, yoki to’qimalar bo’laklari borligida tayyorlanadi. Ajratilgan to’qima bo’laklari va shilliq buyum oynachasiga joylashtiriladi va yopqich oynacha bilan yopiladi. Ushbu preparat leykostitlar (neytrofillar, eozinofillar), eritrostitlar, stilindrik epiteliy, yomon sifatli hosilalar elementlari, sodda hayvonlar vegetativ shakllari va boshqalarni aniqlash uchun mo’ljallangan. KOPROLOGIK TAShHISOT. Me’yoriy najas. Mikroskopik tekshiruvda nativ preparatda tirik va o’lik bakteriyalar hamda iste’mol qilingan taomning differenstiastiya qilinmaydigan qoldiqlaridan iborat najas detritining ko’p miqdordagi mayda donachali massasi fonida ba’zi ko’ruv maydonlarida yakka holdagi, yo’naluvchanlikka ega bo’lmagan (sarkolemmalar) mushak tolalari va oz miqdordagi yog’ kislotalari tuzlari (sovunlar) uchraydi. Me’dada ovqat hazm bo’lishining etishmovchiligi. Me’dadan taomning tez evakuastiyasi va gipoxlorgidriya mikroskopik tekshiruvda mikroskopning ko’ruv maydonlarida kichik va katta yiriklashtirishda alohida yotgan ko’ndalang va bo’ylama yo’naluvchanlikka ega va yo’naluvchanliksiz bo’lgan mushak tolalari, o’rtacha miqdordagi hazm bo’lgan kletchatka va ba’zi ko’ruv maydonlaridagi yakka-yakka kalstiy oksalat kristallari aniqlanishi bilan tashhislanadi. Mikroskopning kichik yiriklashtirishida Lyugol eritmasi bo’lgan preparatda hazm bo’lishning turli davrlaridagi, oz miqdordagi hujayra tashqarisi va hujayra ichi kraxmalini aniqlash mumkin. Axiliya (axlorgidriya) - mikroskopik tekshiruvda, mikroskopning kichik yiriklashtirishida keskin notekis qirralarga ega, sarkolemma bilan qoplangan (bo’ylama va ko’ndalang yo’naluvchanlikka ega) va ko’proq plastlar ko’rinishida joylashgan ko’p miqdordagi mushak tolalari (kreatoreya), biriktiruvchi to’qima, hazm bo’lgan kletchatkaning plastlari va hujayralari hamda kalstiy oksalat kristallari aniqlanadi Me’da osti bezi etishmovchiligi. Me’da osti bezining shikastlanishida (o’tkir pankreatit, nekroz, mukovisstidoz) najas massalari, agar ular shakllangan bo’lsa, yaltiroq yog’li karash bilan qoplangan, suyuq najaslarda yog’ najas yuzasida ko’rinadi. Bu parchalanmagan neytral yog’ (triglisteridlar) bo’lib, uning najasda mavjudligi pankreatik hazm bo’lish buzilishining ko’rsatkichi hisoblanadi. Metilen ko’ki bo’lgan preparatda neytral yog’ tomchilari preparatning ko’k fonida rangsizligicha qoladi. Sariqlik bo’lgan bemor najasidagi mikroskopik tekshiruvda aniqlangan neytral yog’ me’da osti bezi rak kasalligi belgisi hisoblanadi. O’t ajralishining buzilishi (axoliya). Axoliya - jigar va jigar osti sariqliklariga xos. Najas rangsiz. Ichak bo’ylab ximusning tez evakuastiyasida bemorning najas massalari bo’tqasimon yoki suyuq qonsistenstiyada bo’ladi. Mikroskopik tekshiruvda ko’p miqdordagi tomchi ko’rinishidagi yoki igna ko’rinishidagi yog’ kislotalari (steatoreya) aniqlanadi. Nativ preparat spirtli moslama alangasi ustida qizdirilganda ignalar tomchiga aylanadi). Ingichka ichakda turli etiologiyadagi so’rilishning buzilishi ko’p yoki oz darajada ifodalangan steatoreya bilan xarakterlanadi. Najas odatda rangpar bo’yalgan, shakllanmagan, bo’tqasimon yoki suyuq. Mikroskopiyada ich ketishida ko’p miqdordagi neytral yog’ tomchilari yoki yog’ kislotalari tomchilari, bo’tqasimon najaslarda esa amorf qo’shilmalar va ignalar aniqlanadi. Yo’g’on ichakdagi patologik jarayonlar. Bijg’ish jarayonlari. Odatda rastionda uglevodlar miqdorining ko’payib ketishi yo’g’on ichakdagi kuchaygan bijg’ish jarayonini rivojlanishining asosiy sababi hisoblanadi. Mikroskopik tekshiruv nativ preparatda ko’p miqdordagi hazm bo’lgan kletchatka hamda hujayra ichi va hujayra tashqarisi kraxmalini aniqlashga imqon beradi . Lyugol eritmasi bo’lgan preparatda turli hazm bo’lish bosqichlaridagi hujayra ichi va hujayra tashqarisi kraxmali aniqlanadi. Najas reakstiyasi nordon tarafga o’zgaradi (rN 6,0-6,5). Najas massalari shaklini yo’qotadi, bo’tqasimon, ko’piksimon bo’lib qoladi. Chirish jarayonlari yo’g’on ichakka ingichka ichakdan ko’p miqdordagi hazm bo’lmagan yoki etarlicha hazm bo’lmagan go’shtning yoki yallig’lanish ekssudatining tushishida rivojlanadi. Tripelfosfat kristallari keskin ishqoriy muhit (rN 8,0-9,0) ni bildirib, bu yo’g’on ichakdagi kuchli chirish jarayonlari bilan bog’liq. Chirish disbakteriozi, chirish koliti. Najas massalari shaklining buzilishi (suyuq, suvli najas), keskin ishqoriy reakstiya, hazm bo’lmagan yoki qisman hazm bo’lgan mushak tolalari, hujayra elementlari bilan ekssudat va shilliqning paydo bo’lishi chirish disbakteriozi va chirish kolitining rivojlanishini ko’rsatadi. Najasning suvli ko’rinishi yo’g’on ichakda suv so’rilishini epiteliyning chuqur shikastlanishi tufayli buzilishining bevosita belgisi hisoblanadi. Yo’g’on ichakdan sekinlashgan evakuastiya (qabziyat, spastik kolit). Qabziyat va spastik kolit mikroskopiyada ko’p miqdordagi detrit va hazm bo’lmagan kletchatka bilan xarakterlanadi. Shakllangan najas yuzasida tarkibida distrofik o’zgargan hujayra elementlari (leykostitlar va stilindrik epiteliy) mavjud shilliq borligi yo’g’on va/yoki to’g’ri ichak shilliq qavati yallig’lanish jarayoniga dalolat beradi. Fragmentlashgan najas yuzasidagi shilliq gomogen bo’lishi mumkin bo’lib, tarkibida hujayra elementlari bo’lmaydi . BIOXIMIYaVIY TAXLILLAR Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling