Qon oqish (ketish) vaqtini aniqlash
Bir necha usullar mavjud. Nomsiz barmoq (yoki quloq
yumshog’i) igna bilan teshiladi va sekundamer yoqiladi.Har 30 sek.
da filtr qog’oz yaraga tegizilmay turib qon artiladi.Toki qon tomchisi
paydo bo’lmay qolguncha(Dyuke usuli).
ESLATMA:Dyuke usulida qon oqish vaqti 4 mindan
oshmaydi.Yaqqol rivojlangan trombostitopeniya va
trombostitopatiyalarda vaqt oshadi.Lekin 60 % bemorlarda bu
patologiyadan qon okish vaqti o’zgarmasligi mumkin.
Trombostitlar sonini aniklash
Hozirgi paytda trombostitlarni sanashning 3 ta usuli bor
1)Geryaeva kamerasida
sanash
2)Qon surtmalarida sanash
3)Elektron avtomatik sanash
Qon surtmalarida sanash-1000 ta eritrostitga trombostitlar soni
sanalib ,1 l qonda hisoblanadi.
Geryaeva kamerasida sanash-tekshiriladigan qon ammoniy
oksalat eritmasiga 200 marta suyultiriladi. Eritrostitlar to’liq
gemoliz bo’lishi uchun 30 min qo’yiladi. So’ng Goryaev kamerasi
to’ldirilib 25 ta katta kvadratdagi trombostitlar sanaladi. Sanalgan
miqdor 2*10
6
ga ko’paytirib olinadi
Sog’lom odamda trombostitlar miqdori 180-320*10
9
/l ni
tashkil qiladi.Trombostitlar miqdorining 150*10
9
/l dan kamayganligi
trombostitopeniya deyiladi.
Trombostitlarning kamayishi 3 ta sababga bog’liq bo’lishi
mumkin
Suyak ko’migida kam hosil bo’lishi
Organizmda ehtiyojining oshishi
Ko’p miqdorda parchalanishi
Do'stlaringiz bilan baham: