- nazariy jihatdan uzatilaѐtgan xabarlarni halaqitbardosh kodlardan
foydalanib uzatish va saqlash natijasida xatosiz qayta tiklash imkoniyatining
borligi raqamli signallarga xosdir.
Yuqoridagi afzalliklarni amalga oshirish diskret
signallar va elementar
zanjirlar haqidagi asosiy ma‟lumotlarga ega bo„lish darajasiga bog„liq.
Qarshiliklar
Rezistorlarning ishlashi materiallardan o„tayotgan elektr tokiga qarshilik
qilish hususiyatiga asoslangan. Rezistorlar vazifasiga ko„ra umumiy, presizion,
yuqori
chastotali, yuqori megaomli, yuqori voltli va maxsus,
ishlatilish
xususiyatlariga ko„ra esa, temperatura va namlikka bardoshli, vibrasiyaga va
zarbga
chidamli, yuqori darajada ishonchli bo„lishi mumkin. Rezistorlar
qarshilikning o„zgarish xarakteriga ko„ra o„zgarmas yoki o„zgaruvchan, shu
jumladan, sozlanuvchi bo„ladi (1.1–rasm).
1.1 –rasm.
Rezistorlarning elektr
sxemalarda
shartli belgilanishi:
o„zgarmas (a),
o„zgaruvchan (b),
sozlanuvchi (v), temistor (g) va varistor (d).
O„zgarmas rezistorlar radioelektron apparat (REA)larni yig„ishda, sozlashda
va ishlatishda o„z qarshiligini o„zgartirmaydi, o„zgaruvchi va sozlanuvchi
qarshilikli rezistorlarda esa mos ravishda maxsus moslama (burama yoki
chervyakli o„qqa mahkamlangan kontakt surilgich)lari bo„ladi.
Integral
mikrosxema (IMS)lar rezistorlarini yasashda uning geometrik o„lchamlarining
kichikligi sababli mo„ljallangan qarshilikni olish imkoniyati bo„lmaydi. Shuning
uchun mexanik usullar bilan yoki lazer nuri yordamida geometrik o„lchamlarini
qisqartirib, rezistor qarshiligi talab etilgan nominalga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: