chastotali bo„lib, o„lchami va massasi elektrolitik va oksid –yarimo„tkazgichlilikka
qaraganda katta. Shuning uchun hozirgi
zamon ishlab chiqarishida, asosan,
keramik
pardali,
elektrolitik
va
oksid–yarimo„tkazgichli
kondensatorlar
tayyorlanadi.
Kondensatorlarning asosiy parametrlari
Barcha turdagi kondensatorlarning asosiy parametrlari – nominal sig„im,
aniqlik sinfi, sig„imning temperatura koeffisenti, nominal ishchi kuchlanish,
izolyasiya
qarshiligi,
chastota
xar akteristikalari,
o„zgaruvchan va yarim
o„zgaruvchan
kondensatorlar uchun esa, bundan tashqari sig„imning aylanish
burchagiga ko„ra o„zgarish qonuni va uning diapazonidan iborat.
Kondensatorning sig„imi (S) umumiy holda quyidagi ifodadan aniqlanadi:
C=Q*U
bu yerda: Q – qoplamalarda yig„ilgan elektr zaryadi (Kl); U – qoplamalardagi
kuchlanish (V).
Kondensatorlarning ko„pchilik guruhini
asosiy aniqlik darajasi uchun
nominal sig„imlar qatori mavjud: I sinf (±5%) – Ye24 qatori; II sinf (±10%) –
Ye12 qatori; III sinf (±20%) – Ye6 qatori (harfdan keyingi raqam sig„im
qiymatlari gradasiyasi (zichligi) sonini ko„rsatadi. Bu qiymatlar 10
n
ga
ko„paytirilishi mumkin, bu yerda
n – butun musbat yoki manfiy son.
Elektrolitik kondensatorlarning nominal sig‘imlari 0,5; 1; 2; 5; 10; 20; 30;
50; 100; 200; 300; 500; 1000; 2000; 5000 qatoridan tanlanadi. To„g„ri burchakli
qobiqlardagi qog„oz va yupqa pardali dielektrikli kondensatorlarning nominal
sig„imi (0,1 mkF va undan yuqori) quyidagi qiymatlar qatoriga ega: 0,1; 0,25; 0,5 ;
1; 2; 4; 6; 8; 10; 20; 40; 60; 80; 200; 400; 600; 800; 1000.
Blokirovka qiluvchi va ajratuvchi kondensatorlarni, odatda, I va II sinflar
bo„yicha konturga oidlarini – 1,0 (±2%), 0,5 (±1%) va hatto yuqori daraja (±0,5%)
bo„yicha tanlanadi, filtrlovchilari esa –50†+80% bo„lgan parametr tarqoqligiga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: