Qarshilikning temperatura koeffisiyenti (QTK). Bu parametr rezistor
qarshiligining atrof – muhit temperaturasi 1
0
C ga o„zgargandagi nisbiy
o„zgarishini ko„rsatadi va 1/
0
C larda ifodalanadi:
QTK =
R /(R
0
Δt)
bu yerda: ΔR – rezistor qarshiligi (Om) ning (
0
S) temperatura diapazonida
absolyut o„zgarishi; R
0
– rezistorning normal temperaturadagi qarshiligi (Om); t –
rezistorning chegaraviy ishlatish temperaturasi (0C).
O‘zgaruvchan rezistorlar. Radioeshittirish va televizion apparatlarda ovoz
balandligini, tembrni, ravshanlikni, kontrastlikni, qatorlar va kadrlar chastotasini,
televizion tasvir o„lchamlarini rostlagich sifatida va boshqa maqsadlarda umumiy
ishlarga mo„ljallangan o„zgaruvchan rezistorlardan foydalaniladi. Bundan tashqari
bu rezistorlar ishlab chiqarish, tibbiyot va boshqa maxsus apparatlarda o„tayotgan
tok yoki olinadigan kuchlanishga bog„liq bo„lgan parametrlarni rostlash uchun
xizmat qiladi. Barcha hollarda ular apparatlarni ishlatishda zarur bo„lgan
rostlagich elementlar rolini bajarganligi sababli, ulardan foydalanishda qulay
bo„lishlik, qarshilikning u yoki bu qonun (chiziqli, logarifmik, eksponensial)
bo„yicha bir tekis o„zgarishi, ishonchli bo„lishi va tuzatish ishlarida tez
almashtiriladigan bo„lishi talab etiladi. Umumiy ishlarga mo„ljallangan rostlovchi
o„zgaruvchan rezistorlardan tashqari, ko„plab ishlab chiqarilgan radioapparatlarni
sozlash va rostlash uchun moslanuvchi kichik o„lchamli rezistorl ar qo„llaniladi. Bu
rezistorlar, odatda, radioapparat qobig„ining ichiga o„rnatiladi va induktivlik
sozlanib va rostlangandan so„ng rezistorlar o„qlarining holati nitroemal yordamida
belgilab (cheklab) qo„yiladi. Shu yo„l bilan mexanik va boshqa ta‟sirlar ostida
qarshilik o„zgarishining oldi olinadi.
Simli
rezistorlar.
Simli
rezistorlar
temperaturaga
nisbatan
yuqori
barqarorlikka va termochidamlilikka ega. Bu rezistorlarning asosiy kamchiligi –
qarshiliklari diapazonining cheklanganligi (bir necha yuz kOm l argacha) va bahosi
nisbatan yuqoriligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |