Ma’ruza 1 Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi


Download 365.27 Kb.
bet11/36
Sana30.04.2023
Hajmi365.27 Kb.
#1410827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
Iqtisod

5. Zamonaviy menejment
Bu ta’limot namoyondalari amerikalik G.Saymon, CH. Bernad, P. Duruker, E. Deyl. XX asrning 60-80 yillari g‘arb boshqaruv taraqqiyotining zamonaviy bosqichi deb qaraldi. Bu davrda to‘rtta yondashuv yuzaga chiqdi, bular tizimli, vaziyatli, funksional va miqdoriy yondashuvlar. Bu yondashuvlar bir-biriga qarama-qarshi emas, balki bir-birini to‘ldirib turadi va taraqqiy topadi.
1.Tizimli yondashuv. 50-60 yillarning oxirida menejmentning nazariyasi va amaliyotida keng taraqqiy topdi. Boshqaruvda tizimli nazariyaning qo‘llanilishi rahbarlarga tashkilotlarni bir butun hisoblab, ularni tashkil qiladigan qismlarini o‘zaro bog‘langan deb qarash imkoniyatini yaratadi.
Tizim-bu qandaydir butunlik, bir-biri bilan bog‘liq qismlardan tashkil topgan. Tashkilot, korxona tizim hisoblanadi. Biologik organizm kabi tashkilotda ham uning barcha qismlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan.
Boshqaruvdagi muhim tushuncha-tizimdir. Tashkilotlarda uning kichik tizimi bo‘linmadir. Kichik tizim-bu ishlab chiqarish va ijtimoiy qo‘shilmalardan iborat. Tashkilot-bu ochiq tizim, ya’ni tashqi muhit bilan bog‘langan bo‘ladi. Tashkilotning faoliyati ko‘proq tashqi muhitga bog‘liqdir. Bu yondashuvga ko‘ra tashkilotni boshqarishda asosan uning ichki tarkibidagi ya’ni iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy muhitga e’tibor berilishi kerak.
Vaziyatli yondashuv. 1960 yillarda nazariy va amaliy menejmentga tizimli yondashuv kirib keladi. Tizimlar nazariyasi tashkilotga qanday elementlarning kirishini aniqlaydi, ammo ushbu elementlarning qaysi biri muhimroq, qaysi biri uncha muhim emasligiga e’tibor berilmaydi.
YAxlit tizimning qaysi bir qismi o‘ta muhim degan savolga vaziyatli yondashuv javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Funksional yondashuv. Bu yondashuvlarning eng taraqqiyot etgan payti bu 50-70 yillarga to‘g‘ri keladi. Funksional yondashuvlarning paydo bo‘lishiga sabab korxonalarning faoliyatiga rahbarlik qilish ishlari muhim darajada o‘sganligidir. Bu jarayon to‘xtovsiz bir-biri bilan bog‘liq harakatlarni bildiradi. Boshqaruvda tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. SHu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi vazifalarni bajaradi: rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, qaror qabul qilish va rag‘batlantirish.
Miqdoriy yondashuv. Bu yondashuv boshqaruv mehnatini takomillashtirish uchun yuzaga chiqqan. 60-80 yillarda g‘arb menejmentida tahlilning son va statistika usullari taraqqiy topgan. Boshqarish jarayonida matematika, statistika, kibernetika, muhandislik fanlari, sotsiologiya, ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlar keng qo‘llanila boshlanadi. Kompyuterlarning barcha sohalarida qo‘llanilishi boshqaruv mehnatini engillashtiradi.
Hozirgi zamon menejmentining xususiyati moddiy resurslarning etishmayotgan sharoitida korxona va firmalarning xo‘jalik yuritishini ratsional tashkil qilishga, kam mablag‘ sarflangan holda yuqori natijalarga erishish, korxonalarning va firmalarning yangi bozor sharoitiga moslashishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning egiluvchan bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
YUqorida ko‘rsatilgan holatdan kelib chiqadiki, mahsulotni realizatsiya qilish va ishlab chiqarishning talablarini, maqsulotni sotish jarayonining bir qancha qiyinchiliklari oshganligi, iste’molchining roli texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ishlab chiqarishda oshganligini hisobga olib doimiy ravishda menejmentni takomillashtirish lozim.
Ishlab chiqarish faoliyatining o‘zgargarishi boshqarish tizimining ham o‘zgarishiga olib keladi, bu esa korxonaning tashkiliy tarkibiga ta’sir qiladi va boshqaruv vazifalarining javobgarlik darajasi, shakli va o‘zaro aloqalariga ta’sir qiladi.
Hozirgi zamon menejment nazariyasi va amaliyoti ikki nuqtai nazarda alohida ahamiyatga ega;

  • birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining

bozor munosabatlariga o‘tishi, korxonani boshqarish shakli va uslublarini o‘rganishni talab qiladi. Korxona-xo‘jalikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamizdagi korxona va birlashmalarda bunday tajribani amalda qo‘llash-eng dolzarb vazifa hisoblanadi.

  • ikkinchidan, Respublikamizdagi korxona va birlashmalarning

keng tarzda jahon bozoriga kirib borayotgan menejmentni amalda qo‘llab o‘rganishni talab qiladi.
Hozirgi sharoitida O‘zbekistonda iqtisodiyotni boshqarishni isloh qilishning birdan bir ustivor yo‘nalishi menejmentni amalda korxona, birlashma va boshqa xo‘jalik tashkilotlarda qo‘llash uchun uslubiy asosolar ishlab chiqish vazifasi hisoblanadi. Bu esa Evropadagi sanoat va boshqa firmalarning tajribalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning sharoitimizga o‘tkazish emas, bu yangi echimlarni kashf etish uchun ijodiy yondashishlar zarur. Bozor munosabatlariga o‘tish to‘g‘risida quruq gaplarning o‘rniga, aniq va ravshan o‘tish yo‘llarini, uslubi va shakllarini o‘rganish to‘g‘risida ishlar olib borilishi kerak.
Vatanimizning iqtisodini isloh qilishni amalga oshirish uchun va uning korxonalarda menejmentni qo‘llash ma’lum darajada kuch-quvvat, aql-farosat va mehnat talab qiladi.
Korxonalarni boshqarish xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa tegishli ekanliklari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turi, zamonaviy elektron-hisoblash texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasi, tashqi iqtisodiy faoliyatga kirish darajasiga bog‘liqdir.

Download 365.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling