Ma’ruza 1 Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi


Tarmoq iqtisodiyoti fani o‘rganuvchi masalalar


Download 365.27 Kb.
bet8/36
Sana30.04.2023
Hajmi365.27 Kb.
#1410827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Iqtisod

Tarmoq iqtisodiyoti fani o‘rganuvchi masalalar.

YUqoridagi mikroiqt-tning vazifalaridan kelib chiqqan xolda temir yo‘l transporti iqtisodiyoti fani quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi:

  1. Temir yo‘l transportini davlat iqtisodiyotidagi o‘rni va axamiyati;

  2. Temir yo‘l transportida boshqaruv tamoyillarini va ishni bashoratlashni takomillashtirish;

  3. YUk va yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan talabni aniqlash va uni bashorat qilish uslublarini takomillashtirish;

  4. Temir yul transportida texnik rivojlanishtirishni o‘rganib chiqish;

  5. Temir yul transportida tadbirkorlik faoliyatini joriy qilish;

  6. Iqtisodiy qonunlarni temir yo‘l transportida qo‘llannilishini o‘rganish.

  7. Qo‘yilgan kapital mablag‘larni va investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlash;

  8. Temir yul transportida narhlarni shakllantirishni va narh siyosatini takomillashtirish.

Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi
1. Menejment nazariyasining paydo bo‘lishi va
taraqqiyoti
Qadimdan ulug‘ arboblar jamiyatdagi boshqaruv masalalariga katta e’tibor bergan. Platon boshqaruvini odamlarning umumiy oaqatlanish fani deb qaragan, chunki u boshqaruvni jamiyatga hayot bog‘ishlovchi muhim shart deb hisoblagan. Aristotel quldorlarning qullarni boshqaruv san’atiga o‘qish zarurligini aytgan.
Boshqarish nazariyasining dastlabki ko‘rinishlari Yuliy Sezer, Aleksandr Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asrda Amir Temur hukmronligi davridan shakllana boshlagan. U paytlarda boshqaruvchilar harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida bo‘ysunuvchilarning boshqaruv organlari tomonidan beriladigan har qanday buyruq va formonlariga itoat etish usullarini qo‘llaganlar.
Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligiga uning qo‘l ostidagilarini “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalistik tuzumning boshlang‘ich davrida mulk egasi o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. Lekin keyingi paytlarda texnika va texnologiyalarning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. SHu tufayli boshqaruvdagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashni talab qildi. Bu esa boshqaruv to‘g‘risidagi ta’limotni vujudga keltirdi.
XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarimida to‘rt boshqaruv ta’limi taraqqiy topdi:
1. Ilmiy menejment ta’limi (1885-1920 yillar) F. Teylor, G. Emerson va boshqalar;
2. Ma’muriy menejment ta’limi (1920-1950 yillar) A. Fayol, M. Veber va boshqalar;
3. “Insoniy munosabatlar” ta’limi (1950 yildan to hozirgacha) E. Meyo, R. Laykert va boshqalar;
4.Zamonaviy menejment (1950 yildan to hozirgacha) G. Saymon, P. Duruker, E. Deyl va boshqalar.

Download 365.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling