Ma’ruza 1 Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi
Download 365.27 Kb.
|
Iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insoniy munosabatlar” ta’limi
3. Ma’muriy menejment
Ilmiy menejmentning Evropa yo‘nalishidagi ta’limning XIX asrning 20 yillaridagi arbobi A. Fayol hisoblanadi. U tadbirkor, olim, tashkilotchi 20 yil davomida yirik tog‘-kon metallurgiya kombinatida direktor bo‘lib ishlagan. A. Fayol ilmiy boshqaruvning bir qator muhim yo‘nalishlarining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. U hamma sanoat kompaniyasiga rahbarlik qilish ish majmuasini oltita asosiy guruhga taqsimladi va har bir vazifani bajarishga ketadigan vaqt sarfini aniqladi: 1. Boshqaruv apparatining ma’muriy faoliyati. Bunga quyidagi vazifalar kiradi: rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, vaqt sarfini tartibga solish-umumiy 40 %; 2. Tijorat faoliyati: sotib olish, sotish, almashish- ish vaqtining 15%; 3. Texnik ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish, saqlay berish, tekshirib ko‘rish, nazorat qilish-ish vaqtining 10%; 4. Moliyaviy faoliyat-moliyaviy nazorat olib borish, shu jumladan samaradorlik kapital kiritish sohasida-ish vaqtining 10%; 5. Himoya qilish bilan bog‘liq faoliyat-texnika xafsizligi-ish vaqtining 10%. 6. Nazorat vazifasi, yoki ishlab chiqarishdagi holatini hisob- kitob qilish-ish vaqtining 15%. Bular A. Fayolning birinchi qoidasi. A. Fayol tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv nazariyaisi haqidagi ikkinchi muhim qoida, bu yirik korxonada ishlovchilardan tashkilotchilik (ma’muriy), texnik qobiliyatlar va bilimlarning isbotidir. Jadval 1 Qobiliyat va bilimlarni maqbullik nisbati qoidasi
Jadvalda ko‘rsatilgan uch turdagi qobiliyat barcha darajadagi ishlovchilarga tegishli, ammo har xil nisbatda. Masalan, direktorning asosiy vazifasi ma’muriyatchilik va ijtimoiy masala, texnik qobiliyat uncha katta emas faqat 15%. Ammo quyi bo‘g‘in boshqaruvi ishlovchilarida ishlab chiqarish vazifasi etakchi hisoblanadi-85%. Ishchilarda texnik qobiliyatlar yana yuqori-85% dan yuqori bo‘lishi kerak. YUqorida ko‘rsatilgan A. Fayol tizimi to‘g‘ri chiziqli shakl boshqaruvi prinsipida qurilgan. Bu prinsipni u katta xarbiy birlashmalar tajribasiga suyanib yaratadi. A. Fayol boshqaruv idoralarining samarali ish yuritish tizimini ilmiy asosda ishlab chiqdi. U ketma-ket keladigan, 14-ta prinsipdan tashkil topgan tizimini keltiradi, ular menejmentning tashkiliy, ijtimoiy-psixologik vazifalarni belgilaydi. YUqorida keltirilgan F. Fayol, F. Teylor, G.Emersonlardan tashqari juda ko‘p kishilar menejmentning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Lekin mehnat unumdorligi biroz oshgan bilan, ishchilarning mehnati ma’lum darajada og‘irlashdi. Natijada qarama-qarshi elementlar boshqaruvchi-ishchi munosabatlarida kuchaydi. “Insoniy munosabatlar” ta’limi Menejment kamchiliklariga ilmiy ta’sir etish uchun “inson munosabatlar” ta’limi paydo bo‘lishdan boshlanadi. Uning asoschisi amerikalik psixolog E. Meyo(1880-1949) hisoblanadi. E. Meyoning xulosasi bo‘yicha ishlab chiqarish va boshqaruvda hamma muammolar ichki munosabatlari nuqtai-nazaridan qarab chiqilishi kerak. Ishchi uchun uning ishlab chiqarishdagi ijtimoiy va psixologik holatiga qaraganda ishchining o‘zi, ishlab chiqarish jarayoni juda oz ahamiyatga ega. E. Meyoning fikricha menejmentning asosiy vazifasi o‘zining xizmatiga faoliyatidagi ijtimoiy-psixologik sabablarini ishlovchilarning «Guruh a’zolarining birlashish va harakat qilish» qobiliyatini qo‘shishdan iborat. Rahbarlar ishchilarning mehnat jarayonidagi hulqiga e’tibor berishi kerakligini ko‘rsatadi. Ish bilan qoniqish sababi faqat yuqori maosh olishda emas ekan. Samarali ishning sababi-jamoadagi muhit, o‘zaro ichki munosabatlar ekan. E. Meyoning hamkasbi Rotlisberger, yordamchilari sotsiolog R. Laykert, CH. Bella va boshqalar uch fan: ijtimoiy, psixologik va menejment sohalarida inson munosabatlari nuqtai-nazari bo‘yicha izlanishga, uni tashkilotda keng ishlatish imkoniyatlarini o‘rgandilar. Inson munosabatlari ta’limi doirasida «iqtisodiyot odami», «ijtimoiy odam» degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Birinchisi o‘zining mehnatini sotgani uchun katta oylik oladi, ikkinchisi esa o‘z ishida ruhiy qoniqish olishga harakat qiladi. Ularning fikricha eng asosiysi insonning ijtimoiy mohiyatidir. Bu ta’limot xx asrning 30-50 yillariga to‘g‘ri keladi va kapitalistik menejment taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. Ikki ta’limot-ilmiy menejment va inson munosabatlariga asosan, boshqaruv ilmini paydo qildi. Agar ilmiy mnejment umumiy boshqaruv asoslarini ishlab chiqqan bo‘lsa (menejmentning tarkibiy vazifasi tomonini), unda inson munosabatlari boshqaruvning –ijtimoiy-psixologik tomonini yaratadi. Bu ta’limotning muvafaqiyatlari: menejmentning ishchiga diqqat-e’tiborni, ularning talablariga, ishchi va xizmatchilarni muhim ishlab chiqarish masalalarini echishga jalb qilish va boshqalar. G‘arb menejmentida XX asrning 30 yillarida axloqiy fanlar ta’limi paydo bo‘lgan, 50-60 yillarda esa juda ham taraqqiy etgan. Bu ta’limning nuqtai nazarida, inson ongini o‘rganish emas, balki insonning axloqini o‘rganish zarur. Ahloq-rag‘batlanirishga tez javob qaytarishdir. Ijobiy rag‘batlantirishning takrorlanishi ijobiy ta’sirlanishni mustahkamlaydi, ya’ni turg‘un ahloqni yuzaga keltiradi. Menejment va ishlovchilar orasidagi munosabatlar bu-ishlovchini rag‘batlantirish natijasida u yaxshi (moddiy va ma’naviy) mukofot olib, unga javoban samarali mehnat qiladi. Ahloq ta’limi fani inson munosabatlari ta’limidan ancha o‘zib ketadi, bu ta’lim asoschilarining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari-ishlab chiqarish samaradorligini inson resurslarini oshirish hisobiga erishishdir. Ushbu ta’lim nazariyasining nomidan-inson resurslari nazariyasi kelib chiqadi. Ta’limot asoschilari CH. Bernard, R. Laykert, Fredrik Gersberg, Duglas Mak Gregori, A. Maslou. Amerikalik olim Duglas Mak Gregori (1906-1964) ikki jildlik «X» va «U» nazariyasi kitobini yaratdi. «X» nazariyasida boshqaruvga an’anaviy yondoshuvni ma’muriy buyruqbozlik jarayonini aks ettiradi. Oddiy odamga mehnat qilish yoqimsiz, uni har qanday yo‘l bilan aylanib o‘tishga harakat qiladi. Oddiy odam nazoratda bo‘lishni hoxlaydi, javobgarlikdan qochadi. Oddiy odam katta ambitsiyalarga ega emas. Mak Gregorning fikricha «X» boshqaruv nazariyasiga qarama-qarshi bo‘lib «U» nazariyasi turishi kerak. «U» nazariyasining boshlang‘ich qoidasi quyidagilardan iborat: Mehnat natijasida jismoniy va aqliy kuchlar sarflanadi. Maqsadga erishishda mehnat qilishga majburlash, qurqitish, jazolashdan boshqa vositalar ham bor. Inson faoliyat jarayonida o‘zini-o‘zi boshqaradi va nazorat qiladi. Oddiy inson zarur sharoitlardagina faqat o‘ziga javobgarlikni oladi, balki o‘z qobiliyatini namoish qilish uchun ham imkon yaratadi. «U» nazariyasining negizida ishlovchini odam sifatida ma’naviy sezish qobiliyati yotadi. Menejmentning «U» nazariyasi sifat jihatidan boshqa maqsadni ko‘zlaydi, uning vazifasi-insonning aqliy qobiliyat taraqiyoti sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Bu kabi sharoitlarda insonning samarali mehnati uchun kafolat mavjuddir. Menejment evolyusiyasini uchta davrga bo‘lish mumkin: 40-60 yillar, 60-80 yillar, 80-90 yillar. XX asrning ikkinchi yarimini menejment evolyusiyasi deyish mumkin. 60-80 yillar, 80-90 yillarni zamonaviy menejment davri deyiladi. Download 365.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling